IoT ekotizimining an’anaviy bozorlardan farqi shundaki, korxonalarda ishlab chiqarish yoki xizmat ko‘rsatish uchun zarur bo‘lgan barcha ishlab chiqarish va biznes-jarayonlarni integratsiyalashgan, yuqori avtomatlashtirilgan jarayonlarning ochiq tizimlariga tatbiq etadigan, xavfsiz holatga ega bo‘lgan tizimlardan iborat.
Bunday ochiq tizimlar bulutli xizmatlari modeli asosida amalga oshiriladi, unda turli bozor ishtirokchilari oxirgi iste’molchiga xizmat ko‘rsatishning yagona platformasiga birlashtiriladi, buning uchun asosiy ishlab chiqarish vositalari xodimlar emas, balki bulutli xizmatlar bo‘lib, ular avtomatik ravishda o‘rnatilgan dasturiy-aniqlanadigan qurilmalarni boshqaradi.
Hozirgi vaqtda Internet of Things (IoT) texnologiyasini sanoatda avtomatlashtirish va boshqarishga ta’sir haqida muhokamalar yanada dolzarbligini kasb etmoqda. Buyumlar Internetiga imkon beradigan texnologiyalar asnosida sanoatda ishlab chiqishda arzonroq va unumdorligi yuqoriroq avtomatlashtirish tizimlariga olib keladi.
IoTga asoslangan texnologiyalar yuqori unumdorli, qimmat bo‘lmagan prosessorlar, mustahkam va arzon datchiklar, analitik dasturiy ta’minot, ko‘rish tizimi, bulutli hisoblashlar va taqsimlangan tizimli arxitekturasini o‘z ichiga oladi. Bu ishlanmalar yanada arzon va yuqori unumdor sanoatda avtomatlashtirish tizimlarini yaratish imkoniyatini kengaytiradi.
2022 yil uchun eng yaxshi strategik texnologiya tendentsiyalari:
‘Gartner’ tahliliga asosan, ushbu 12 texnologiya tendentsiyalari kelgusi 3-5 yil ichida raqamli biznes va innovatsiyalarni rivojlantiruvchi kuch sifatida bo’lishi kutilmoqda.
Muammolar va kamchiliklar…
Ushbu yo‘nalishlardagi yangi o‘zgarishlarni amalga oshirish, kelajakda dunyoni yaxshi tomonga o‘zgartirishda inqilobiy o‘zgarish imkoniyatlaridan samarali yo‘l tutib to‘g‘ri foydalanishni nazarda tutadi.
Biroq, ko‘plab mutaxassislarning fikriga ko‘ra, raqamli iqtisodiyotga o‘tishning muammolari mavjud.
Asosiylardan biri shundaki, davlatlarning iqtisodiy siyosati yangi texnologiyalarga juda sekin moslashadi. Davlatlar, ko‘p hollarda iqtisodiyotni ‘raqamlashtirish’ sharoitida daromadlar tengsizligi, ishsizlik, immigratsiya va tashqi savdoni tartibga solish kabi masalalarda qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.