Bilim - bu insonning ixtisoslashgan qiziqish sohasini tushunishi yoki olingan tajriba, qiymatlar, mazmunga oid axborotlar va ekspert tushunchalarining jamlanmasi. Oddiy qilib aytganda, bilim bu ‘harak
Bilim - bu insonning ixtisoslashgan qiziqish sohasini tushunishi yoki olingan tajriba, qiymatlar, mazmunga oid axborotlar va ekspert tushunchalarining jamlanmasi. Oddiy qilib aytganda, bilim bu ‘harakatdagi axborot’
Axborot qiymati
Axborotlar qiymatga ega bo'lishi uchun ular ta'sir qilishi kerak.
Ushbu ta'sir axborotlarni yig'ish va qayta ishlash xarajatlaridan kattaroq bo'lishi kerak.
Ta'sirlar va ular oqibqtida erishilgan qiymatlar oson (moddiy) yoki qiyin (nomoddiy) o'lchanishi mumkin.
Moddiy va nomoddiy qiymatlarga misollar:
inventarizatsiya nazoratini yaxshilash;
mijozlarga xizmat ko'rsatishni kengaytirish;
ishlab chiqarishni oshirish;
boshqaruv xarajatlarini kamaytirish;
mijozlarning ko'proq sodiqligi;
jamoatchilik imidjini oshirish
Axborot texnologiyalari iqtisodiy masalalarni hal etishda quyidagi asosiy jarayonlarni o‘z ichiga oladi:
Axborotni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish;
Axborotni tartiblash, tahlil qilish va uzatish;
Ma’lumotlarni kodlashtirish;
Ma’lumotlarni saqlash va izlash;
Iqtisodiy axborotni qayta ishlash;
Axborotni chop etish va axborotdan foydalanish;
Qaror qabul qilish, boshqaruv ta’sirini ishlab chiqish.
Axborot texnologiyalari va innovatsiyalar
Axborot texnologiyalari (information technology, IT) bu elektron maʼlumotlarning barcha shakllarini yaratish, qayta ishlash, saqlash, himoyalash va almashish uchun har qanday kompyuterlar, saqlash, tarmoq va boshqa qurilmalar, infratuzilma hamda jarayonlardan foydalanishdir.
Axborot texnologiyalari innovatsiyalarni rivojlantiradi, holbuki innovatsiyalar biznes muvaffaqiyatiga yo’naltiruvchi omildir.
Bugungi kunda biznes muvaffaqiyatining formulasi oddiy:
‘axborot texnologiyalari yordamida innovatsiyalarni rivojlantiring’.
AKT tushunchasi
Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari (AKT) axborotni uzatish, saqlash, yaratish, taqsimlash yoki almashish uchun foydalaniladigan turli xil texnologik vositalar va resurslar majmui sifatida belgilanadi.
Ushbu texnologik vositalar va resurslarga kompyuterlar, Internet (veb-saytlar, bloglar va elektron pochta), jonli efir texnologiyalari (radio, televidenie va veb-translyatsiya), yozib olingan eshittirish texnologiyalari (podkasting, audio-video pleyerlar va saqlash qurilmalari) va telefoniya (statsionar yoki mobil, sun’iy yo‘ldosh, visio/video-konferentsiya va boshqalar) kiradi.
AKT telekommunikatsiyalar, radioeshittirish vositalari, intellektual binolarni boshqarish tizimlari, audiovizual ishlov berish va uzatish tizimlari va tarmoqqa asoslangan nazorat va monitoring funktsiyalari kabi aloqa jarayonlarini boshqarish uchun ishlatiladigan texnologiya sifatida ham ta’riflanadi.