tomonidan oʻzi uchun turli tovarlarning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal koʻrishi deyiladi. 4.2. Iste’molchilarning xatti-harakatlariga xulq-atvor yondashuvlari Bozor vaziyatining oʻzgarishini iste’molchi nuqtai nazaridan qarab chiqilsa
aynan olingan tovarga talab qanday shakllanadi, uning xulqi nimadan iborat,
iste’molchi tanlovi qanday tartibda amalga oshiriladi kabi savollarga mantiqiy javob
topish mumkin boʻladi.
Iste’molchi hulqi bu ularning turli xil tovar va xizmatlarga talabning shakllanish jarayonidir . Iste’molchi hulqi quyidagi mantiq asosiga quriladi:
1. Iste’molchi imkoniyati cheklangan sharoitda harakat qiladi, shu sababli
uning qarori tovarlarning mavjud muqobil variantlaridan birini tanlashga qaratiladi.
2. Iste’molchi maqsadi – tovarlarni iste’mol qilish natijasida maksimal
qoniqish olishdir.
3. Iste’molchi xulqi oqilona, ya’ni u barcha cheklanishlarni baholaydi va oʻz
maqsadiga yetishishning eng yaxshi variantini tanlaydi.
Iste’molchi xulqini miqdoriy aniqlashda keyingi naflilik nazariyasi va
befarqlik egri chizigʻi usuli yordamida amalga oshiriladi.
Naflilik – sub’ektiv
qoniqish ya’ni tovar (xizmat) ni iste’mol qilishdan koʻriladigan naf. Umumiy tarzda
naflilik tovarning inson ehtiyojini qondira olish qobiliyati deb ta’riflashimiz
mumkin
4
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir miqdordagi taqqoslashni bildiradi. Naflilikni
mutloq
koʻrsatkichlarda
oʻlchashning ahamiyati boʻlmay, iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-
ket joylashuvi bilan izohlash mumkin. Bir toʻplamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan
qay darajada afzalligini koʻrsatib berish mumkin emas.
Naflilik‖ atamasini ilmiy sohaga birinchi boʻlib ingliz filosofi I.Bentam (1748-
1832) kiritgan.
Naflilik va narx oʻrtasidagi bogʻliqlikni ilk bor ingliz iqtisodchi olimi
U.Djevons (1835-1882) koʻrsatib, keyingi naflilik kontseptsiyasini ilgari suradi va
aynan u bozor narxida oʻz oʻrniga ega boʻlishini isbotlaydi. Naflilikni miqdoriy
aniqlash ancha qiyin, chunki u sub’ektiv tushuncha. Ayni vaqtda iqtisodiyot fanida
naflilikni aniqlashda ikkita yondashuv qaror topgan:
1. Kardinalistik yondashuvda naflilik miqdorini mutloq aniq hisoblash talab
qilinadi. Bunda uni aniqlashning sharti birligi ―yutil‖ (inglizcha – utility – naflilik)
dan foydalaniladi.