1-MAVZU. ASOSIY IQTISODIY KONSEPSIYALAR. CHEKLANGAN
RESURSLAR SHAROITIDA ISTE’MOLCHI HULQI NAZARIYASI.
1. Cheklangan resurslar va cheksiz ehtiyojlar
Insonlarning
talab-ehtiyojlari
koʻp
va
turlichadir. Biologik tuqtai-nazardan olib qaralganda,
insonlarga
faqatgina havo, suv, oziq-ovqat,
kiyim-
kechak va oddiy boshpana boʻlsa kifoya qiladi. Ammo
biz yashayotgan zamonaviy jamiyatda insonlar oʻz
turmush tarzini va yashash sharoitlarini yaxshilash
uchun koʻproq xizmatlar
va mahsulotlarga ehtiyoj
sezadilar. Endi insonlar daryodan oqib turgan oddiy suvga emas,
balki suv
idishlardagi chiroyli qadoqlangan suv, salqinlantiruvchi ichimliklar va sharbatlarga
ehtiyoj sezadilar. Insonlar oʻrmonlardan maymunjon va yongʻoqlarni terib yemay,
balki xushxoʻr saladlar, mazali taomlar va anvoiy yeguliklarni xohlaydilar. Kiyinish
borasida ham avvalgi ibtidoiy jamiyatdagi kabi eng sodda kiyim-kechaklarni emas,
balki qimmatbaho kiyim-kechaklar, bejirim kostyumlar va paltolarni kiyishni
xohlaymiz, albatta. Avvalgidek
insonlar chaylalarda emas, balki koʻp qavatli
binolarda, xashamdor imoratlarda kun kechirishni istaydilar. Inson ehtiyojini chek-
chegarasi yoʻq.
Insonning baxtiga yer, foydali qazilma boyliklar,
ish qurollari,
texnika, mehnat qilish va boshqaruvchilik salohiyati kabi ishlab chiqrish resurslari
mavjud. Xuddi mana shu resurslar iqtisodiyotda qoʻllanilib, bizga mahsulotlarni
ishlab chiqarishda va koʻpgina iqtisodiy talablarimizni qondirishda yordam beradi.
Lekin
oddiy haqiqat shundan iboratki, bizning iqtisodiy talablarimizni qondirish
uchun bizdagi mavjud resurslar chegaralangan. Shuning uchun biz muqobil tanlov
qilishga majburmiz. Bu haqiqat esa iqtisodiyot iborasini tushunishga yordam beradi
va oʻz oʻrnida, iqtisodiyot atamasi xomashyo va
resurslar insonlarni butun
ehtiyojlarini qondirish uchun yetarli boʻlmaganligidan, iqtisodiy fanlar – kishilar,
institutlar va jamiyat ushbu cheklangan resurslarni qanday optimal (eng yaxshi)
tanlovni amalga oshirishni oʻrgatuvchi ijtimoiy fanlar sifatida amal qiladi.