Iqtisodiyot va biznes


iqtisodiyot fanida jarayonlarni tadqiq qilishning ilmiy-



Yüklə 248,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/25
tarix14.12.2023
ölçüsü248,71 Kb.
#176949
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25
iXYRYYlSTdtiJgDzBEzW03Hw4SenfG3JA89vcBsW

iqtisodiyot fanida jarayonlarni tadqiq qilishning ilmiy-
uslubiy bosqichlari farqlanadi: 
Iqtisodiy tamoyillarni yanada yaxshiroq tushunishga yordam beradigan 
boshqa yondashuvlar:
-
iqtisodiy qonun-tamoyillarni umumlashtirish; 
-
iqtisodiyotdagi boshqa sharoitlarning oʻzgarmaslik tamoyili 
-
grafik ifodalash asosida takomillashtiriladi. 
3. Ishlab chiqarish imkoniyati egri chizigʻi va uning qoʻllanishi 
Ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotning barcha bosqichlarida inson hayotining 
asosini moddiy ne’matlar ishlab chiqarish va xizmatlar koʻrsatish tashkil etadi. 
Ishlab chiqarish jarayonida haqiqatda qoʻllaniluvchi barcha resurslar ishlab 
chiqarish omillari deyiladi. Iqtisodiyotning tizimi va shaklidan qat’iy nazar toʻrtta 
omil: ishchi kuchi, kapital, yer-suv va tadbirkorlik qobiliyatidan iborat. 
Ishlab chiqarish jarayoni
– bu kishilarni oʻzlarining iste’moli uchun zarur 
boʻlgan moddiy va ma’naviy ne’matlarni yaratishga qaratilgan maqsadga muvofiq 
faoliyatidir. Moddiy va ma’naviy ne’matlar yaratish, turli xizmatlar koʻrsatish 
jarayoni kishilar iqtisodiy faoliyatining asosiy tomonidir. 
Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi muhim ahamiyat kasb etib, u turli 
sohalar, boʻlinmalar, yaratilayotgan mahsulotlar va koʻrsatilayotgan xizmatlar 
turlarini ifodalaydi. Eng avvalo, ishlab chiqarishni moddiy ishlab chiqarish va 
nomoddiy ishlab chiqarish sohalariga ajratish lozim


4-rasm. Ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilishi
 
Oʻz navbatida moddiy ishlab chiqarish sohasi 
moddiy ne’matlarni
ishlab 
chiqarish 
(masalan, avtomobil, oziq-ovqat mahsulotlari, kiyim-kechaklar va h.k.) 
va 
moddiy xizmatlar koʻrsatish
(transport, aloqa, savdo, maishiy xizmat va 
boshqalar) dan iborat boʻladi. 
Iqtisodiyot fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday qilib 
foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini toʻlaroq qondirib borish mumkin, 
degan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy resurslardan 
foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud boʻlishi koʻzda tutilib, ulardan 
eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha toʻlaroq qondiradigan miqdorda 
tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan turini tanlab olishga 
harakat qilinadi. 
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat 
a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin boʻlmaydi. Shuning 
uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz 
kechish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur boʻladi. Shunday 
tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning aniqlangan eng 
yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini koʻrsatadi. Jamiyatning 
ishlab chiqarish imkoniyatidan toʻliq foydalanish uchun, iqtisodiy resurslarning 
toʻliq bandligiga erishish va ishlab chiqarishning toʻliq hajmini ta’minlash zarur. 

Yüklə 248,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   25




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin