tashqarida turgan nuqtalar, masalan W nuqta, yoydagi istalgan nuqtada ishlab
chiqarish koʻrsatkichidan kattaroq koʻrsatkichni ifoda qilgan boʻlar edi.
Iqtisodiyotda resurslarning toʻla bandligi va
ulardan samarali foydalanishni ta’minlash uchun
har ikkala mahsulotning tanlangan hajmi ishlab
chiqarish imkoniyatlari egri chizigʻi deb
nomlanuvchi ABCDE chizigʻida joylashgan
boʻlishi lozim. Bu chiziqdan chap tomonda
joylashgan har qanday nuqta resurslardan toʻliq
foydalanmaslikni anglatadi. Masalan, chizmadagi
G nuqta iqtisodiyotda 1,6 mln. dona non va 5 ming donaga yaqin tegirmon ishlab
chiqarilayotganini bildiradi. Bu esa, resurslardan foydalanishning muayyan
darajasida, qoʻshimcha resurslarni jalb etmagan holda, quyidagi harakatlarni amalga
oshirish imkoniyati mavjudligini koʻrsatadi:
a) non ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, tegirmon
ishlab chiqarish hajmini 8 ming donagacha yetkazish;
b) tegirmon ishlab chiqarishning mavjud hajmini saqlab qolgan holda, non
ishlab chiqarish hajmini 2,7 mln. donagacha yetkazish;
c) bir vaqtning oʻzida har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish.
Ishlab chiqarish imkoniyatlari egri chizigʻidan tashqarida joylashgan har
qanday nuqtaga (masalan W) resurslarning mavjud hajmi va ishlab chiqarishning
mavjud texnologiyasi darajasida erishib boʻlmaydi.
Jamiyat bu mahsulotlar uygʻunlashuvidan birortasini tanlashi zarur: koʻproq
tegirmon ishlab chiqarish kamroq non ishlab chiqarishni bildiradi va aksincha.
Har qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kechishga
toʻgʻri keladigan boshqa mahsulot miqdori bu mahsulotning muqobil ishlab
chiqarish xarajatlari deb ataladi.
Biz iqtisodiyot resurslarning toʻliq bandligi va ishlab chiqarishning toʻliq
hajmi bilan xususiyatli deb hisobladik. Agar band boʻlmagan resurslar boʻlsa yoki
resurslari samarasiz foydalanilsa (toʻliq foydalanilmasa) iqtisodiyot jadvalda
koʻrsatilgan har bir muqobil variantdagidan kamroq mahsulot ishlab chiqargan va
bu chizmada keltirilgan ishlab chiqarish imkoniyati egri chizigʻining ichida
joylashgan boʻlar edi.
Agar resurslarning miqdori va sifati hamda texnologiya oʻzgarsa iqtisodiyotda
ishlab chiqarishning umumiy hajmi ham (ishlab chiqarish imkoniyati egri
chizigʻining holati) oʻzgaradi. Mavjud resurslarning koʻpayishi har bir variantda
bitta yoki har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmining koʻpayishiga olib keladi.
Dostları ilə paylaş: