Kirish
Raqamli inqilob bizning hayotimiz va jamiyatlarimizni misli ko‘rilmagan darajada
o‘zgartirib, 25 yil[1] ichida ulkan imkoniyatlar bilan bir qatorda ayrim muammolarni keltirib
chiqardi. Raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish AQSh, Buyuk Britaniya, Germaniya, Yaponiya
kabi yetakchi mamlakatlar uchun ustuvor yo‘nalishlardan biridir.
So‘nggi yillarda biznes va ijtimoiy soha faoliyatida rivojlanishning yangi to‘lqini
raqamli texnologiyalarning yangi avlodi, ya’ni sun’iy ong, robototexnika, simsiz aloqa
texnologiyalari yordamida ro‘y bermoqda. Yangi texnologiyalar Barqaror rivojlanish
maqsadlarini amalga oshirishga katta hissa qo‘shishi mumkin, ammo biz kutilgan ijobiy
natijalarni ololmasligimiz mumkin. Agar biz raqamli texnologiyalarning to‘liq ijtimoiy va
iqtisodiy potensialiga erishmoqchi bo‘lsak, kutilmagan oqibatlarga yo‘l qo‘ymagan holda
davlatlar o‘rtasidagi hamkorlikni zudlik bilan rivojlantirish zarur. Mamlakatimizda ham ushbu
sohani rivojlantirishga alohida e’tibor qaratila boshlandi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoev
2018-yil 28-dekabrdagi Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2030-yilgacha “Raqamli
O‘zbekiston – 2030” dasturini amalga oshirishni taklif etdi [2].
Dostları ilə paylaş: |