Mazkur Ko‘rsatmalarning 3-ilovasidagi adabiyotlar ham kurs ishini bajarishda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatini rasmiylashtirish tartibiga to‘liq rioya qilingan holda keltirilgan.
Agar kurs ishida ilovalar mavjud bo‘lsa, u holda ular foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan keyin, har bir ilovani yangi betning o‘ng yuqori burchagiga “Ilova” so‘zini yozgan holda keltirish tavsiya etiladi. Agar kurs ishida bittadan ko‘p ilova bo‘lsa, ular ketma-ket arab raqamlari bilan belgilanadi. Masalan, “1- ilova”, “2-ilova” va h.z. Kurs ishi matnida bu ilovalarga havolalar bo‘lishi kerak va ular “1-ilovaga qarang”, “2-ilovada keltirilgan” kabi so‘zlar bilan ko‘rsatiladi. Hajm jihatdan katta jadvallar, rasmli illyustratsiyalar, shuningdek, korxona va tashkilotlar, moliya, soliq, organlarining ma’lumotlari kurs ishiga ilova tarzda keltirilishi maqsadga muvofiq.
Kurs ishining rejasi ma’lum ma’noda mundarija vazifasini o‘taydi, shu sababli, agar kurs ishiga ilovalar keltirilgan bo‘lsa, rejadagi “Foydalanilgan adabi- yotlar ro‘yxati” so‘zlaridan keyingi qatoriga “Ilovalar” degan so‘z kiritilishi kerak.
KURS ISHINI HIMOYA QILISH
Kurs ishini himoya qilish jarayoni talaba uchun eng muhim bosqich hisoblanadi. Unda talabaning kurs ishi mavzusi bo‘yicha to‘plagan bilimlari sinaladi. Talaba o‘z ishini yaxshi bilishi, to‘plagan ma’lumotlarining manbalarini aniq ko‘rsata olishi, hisob-kitoblar asosida tahlil uslubiyoti va usullarini tushuntirib berishi, nazariy va amaliy savollarga javob bera olishi lozim.
Yozib tugatilgan kurs ishi kafedra tomonidan belgilangan muddat ichida kafedrada ro‘yxatga olish yo‘li bilan qayd etilgandan so‘ng, tanishib chiqish va taqriz berish uchun kurs ishi rahbariga (yoki pedagog-xodimlarning o‘quv yuklamasi doirasa boshqa o‘qituvchiga) beriladi.
Kurs ishiga yozilgan taqrizda quyidagilar qayd etilishi zarur:
kurs ishi mavzusining dolzarbligi va ko‘rilgan savollarning o‘rinliligi;
ishning nazariy saviyasi va ilmiylik darajasi;
adabiyotlardan to‘plangan materiallarni mustaqil izlanishlar asosida mantiqiy izchillikda bayon qilinganligi;
muallifning ishda keltirilgan raqamli ma’lumotlarni tahlil qilish qobiliyati, xulosalarni bayon qilish saviyasi;
himoyagacha amalga oshirish lozim bo‘lgan tavsiyalar;
kurs ishining himoyaga qo‘yilganligi haqidagi yakuniy xulosa (“himoyaga qo‘yiladi” yoki “himoyaga qo‘yilmaydi” shaklida).