Iqtisodiyot va menejment


Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi tartibda rasmiylashtirish qabul qilingan1



Yüklə 1,68 Mb.
səhifə9/19
tarix30.01.2023
ölçüsü1,68 Mb.
#81834
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19
Курс иши қўлланма-2022

Adabiyotlar ro‘yxatini quyidagi tartibda rasmiylashtirish qabul qilingan1:


  1. O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va kodekslar.

  2. O‘zbekiston Respublikasi Prezident qarorlari va farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti asarlari va ma’ruzalari.

  4. Asosiy adabiyotlar.

  5. Qo‘shimcha adabiyotlar.

  6. Davriy nashrlar, statistik to‘plamlar va hisobotlar.

  7. Internet saytlari.

Foydalanilgan har bir manbaning muallifi, to‘liq nomi, nashr etilgan joyi va


1 Magistratura to’g’risidagi nizom. O’zbekiston Respublikasi Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirining 2012-yil 29- oktyabrdagi 418-son buyrug’i bilan tasdiqlangan. 5-ilova.
vaqti (qaysi tilda nashr etilgan bo‘lsa, shu tilda), hajmi hamda beti ko‘rsatiladi. Agar kurs ishi lotin alifbosiga asoslangan o‘zbek tilida yozilgan bo‘lsa, foydalanilgan rus tilidagi adabiyotlarni shu tilda kirill alifbosida keltirish to‘g‘ri bo‘ladi.
Kurs ishini rasmiylashtirish. Kurs ishini ilmiy rahbar tomonidan belgilab berilgan grafik asosida talaba shaxsan bajaradi. Talaba tanlangan mavzu yuzasidan qabul qilingan qarorning to‘g‘riligiga, uning topshiriqqa muvofiqligiga, kurs ishini bajarishda ko‘chirmachilik holatining yo‘qligiga javob beradi.
Kurs ishi Davlat Ta’lim Standartlarida talab etilganidek, talaba tomonidan tartibli rasmiylashtirilgan, xatosiz, aniq va tushunarli tilda, qisqartirishlarsiz (umumqabul qilinganlardan tashqari) yozilgan bo‘lishi kerak. Kurs ishi matnida “men” so‘zi o‘rniga “biz” so‘zini qo‘llash tavsiya etiladi. Masalan, “Men tomonimdan olib borilgan izlanishlarimga tayanib, shuni xulosa qilamanki, ...” degan jumlaning o‘rniga “Biz tomonimizdan olib borilgan izlanishlarga asoslanib, shuni xulosa qilishimiz mumkinki, ...” iboralarning ishlatilishi talab etiladi, ya’ni kurs ishi matni ilmiy tilda, rasmiy tusda bo‘lishi kerak.


Yüklə 1,68 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin