1. Qanday piktogrammadan: аylana yoki to’g’ri to’rtburchak foydalanishingizni o’zingiz hal etasiz. 2. Mulohazalar sxema-zanjiri turini: chiziqli, nochiziqli, spiralsimon (dastlabki holatni markazga yoki chetga joylashtirib) bo’lishligini o’zingiz tanlaysiz. 3. Strelka sizning qidiruv yo’nalishingizni belgilaydi:dastlabki holatdan oqibatgacha.
«Baliq skeleti» sxemasi
VII. MAVZU BO’YICHA GLOSSARIY
ADAPTATSIYA ( KO‘NIKISH)-Shaxs yoki guruhning ijtimoiy muhit bilan o‘zaro ta’sir etish, moslashish jarayoni.
AKMEOLOGIYA - Kattalarning o‘z-o‘zini mustaqil rivojlanishi, mustaqil bilim egallashi, kasbni takomillashtirish haqidagi fan.
AKSELERATSIYA – Ijtimoiy – iqtisodiy o‘zgarishlar ta’sirida bolaning intellektual va jismoniy rivojlanishining tezlanishi.
AN’ANALAR - Jamiyat hayoti turli sohalarining, moddiy va ma’naviy faoliyat shakllarining, kishilar o‘rtasidagi aloqalar va munosabatlarning avloddan-avlodga o‘tishi, ajdodlar hayoti, belgilari va xususiyatlarining takrorlanish tarzi.
AUDIROVANIE – Nutqni og‘zaki qabul qilish va tushunish, so‘zlashuv, yozuv, o‘qish bilan bir qatorda nutq faoliyatining bir turi.
AXLOQIY TARBIYA – Talabalarda umuminsoniy, axloqiy tamoyillariga sodiq bo‘lish, jamiyat axloqiy talablari va me’yorlarini hisobga olgan holda o‘z hatti-harakatlarini tanlay olish mahorati, axloqiy tafakkur tizimini shakllantirish.