AFSONA – Fors so‘zidan olingan bo‘lib, fantastika, sehr-jodu hamda hayotiy uydirmalar asos bo‘lgan nasriy hikoyalar.
AQLIY TARBIYA - Talabalarning ongi va tafakkurini bilimlar, ongli ko‘nikmalar hamda malakalar bilan boyitish. Aqliy kuchlar: sezgilar, ruhiy jarayonlar, iqtidorlar, biluvchanlik maqsadlari, dunyoqarash va faoliyat ozodligini shakllantirish.
BILIM – Talabalar tomonidan mustaqil hayotda, faoliyatda, jumladan ishlab chiqarishda ijtimoiy munosabatda zarur bo‘lgan fan asoslarining qonunlari, omillari va tushunchalarini o‘zlashtirish natijalari.
BILISH QOBILIYATI– Fanning tegishli sohalariga oid qobiliyatdir.
VATANPARVARLIK – Kishining o‘zi tug‘ilib o‘sgan, kamol topgan joy, zamin, o‘lkaga bo‘lgan mehr muhabbati, munosabatlarini ifoda etadigan ijtimoiy va ma’naviy – axloqiy xislatlari, fazilatlaridir.
VOSITA– Ma’lum o‘qitish usulini muvaffaqiyatli amalga oshirmoq uchun zarur bo‘lgan yordamchi o‘quv materiallari – asbob, qurol va boshqa shu kabilardan foydalanishdir.
GLOBAL - To‘liq, umumiy, universal.
GNOSTIK FAOLIYAT – Pedagogik faoliyatning natijalarini tekshirish va baholash, uning kechishi va samaradorligini tahlil qilish.
DISKUSSIYA – O‘quv jarayonining tarkibiy qismlaridan biri; muhokama, bahs yuritish.
DOSTON – Qissa, hikoya, sarguzasht, ta’rif va maqtov ma’nolarida ishlatiladigan xalq orasidagi yirik hajmli etnik asar.
JAZOLASH – Bu tarbiyalanuvchining hatti – harakati va faoliyatiga salbiy baho berishdir.
JAMOA – Insonparvarlik va javobgarlik ma’suliyatlariga bog‘liqligi bilan xarakterlanadigan munosabatlar hamda hamkorlikdagi ijtimoiy, ijobiy faoliyatga asoslangan kishilarning umumiyligidir.
JISMONIY TARBIYA– Bolaning jismoniy xususiyatlarini anatomik, fiziologik, asab va boshqa tizimlarini har tomonlama rivojlantirish, sog‘lom hayot kechirishning afzalliklari, shart-sharoitlari asoslari hamda jismoniy madaniyatining odatdagi zarur elementlarini mustahkam tarzda shakllantirish.