Koordinat o’qi chiziladi, chapga strelka (kuchlar)bilan korxona rivojlanishi yoki muayyan biznes loyihasini amalga oshirishga xalaqit beruvchi to’siqlar joylashtiriladi. Ushbu strelkalar kattaligi jihatdan u yoki bu muammoga ta’siri hamda jiddiyligiga mos kelishi lozim bo’ladi. So’ngra qarama-qarshi tomonga ushbu kuchlarni yengib o’tish vositalari strelka ko’rinishida aks ettiriladi. Ular soni grafik o’ng tomonidan natija chiqara oladigan darajada bo’lishi lozim. Umuman olganda, bu aniqlashtirishni va bo’laklarga ajratishni talab etadigan kuchlarni nisbatan baholash hisoblanadi.
Insert jadvalining tuzilishi va uni to'ldirish qoidasi bilan tanishadilar.
Insert jadvali: - ma'lumotlarni sistemalashtirishni (mustaqil o'qish/ ma'ruza eshitish jarayonida olingan), ularni tasdiqlash, aniqlashtirish yoki rad etish; qabul qilinayotgan ma'lumotning tushunarliligini nazorat qilish, avval egallangan ma'lumotni yangisi bilan bog'lash qobiliyatlarini shakllantirishni ta'minlaydi; - o'quv ma'lumotini mustaqil o'rganilganidan so'ng qo'llanadi.
O'qish jarayonida olingan ma'lumotlarni individual hxolda sistemalashtiradilar;
Matnda qo'yilgan belgilar asosida jadval ustunlarini to'ldiradilar:
V - …. xaqidagi bilimlarimga javob beradi;
«-» - …. xaqidagi bilimlarimga zid;
+ - yangi ma'lumotlar
? – tushunarsiz (aniqlashtirish, to'ldirishni talab qiladi) ma'lumot.