Iqtisodiyot va pedagogika universiteti ntm


UZLUKSIZ TA’LIM. PEDAGOG KADR TAVSIFNOMASI



Yüklə 201,49 Kb.
səhifə7/17
tarix07.01.2024
ölçüsü201,49 Kb.
#211344
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
1. Umumiy pedagogika Uslubiy ko\'rsatma-23.11.2023

UZLUKSIZ TA’LIM. PEDAGOG KADR TAVSIFNOMASI

Pedagogika fanining paydo bo’lishi va rivojlanishi. Pedagogika nafaqat o'zining o'rganuvchi predmeti, balki tarixiy rivojlanishi bilan ham o'ziga xos fandir.


«Avesto» ta’limoti, «Qur’oni Karim» sabog'i, Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al-Buxoriy (810-970), Abu Iso Muhammad ibn Iso at-Termiziy (824-892) kabi xadis ilmining ulig'lari ta’lim- tarbiya jarayoniga ulkan xissa qo'shib, pedagogjkaning shakllanishiga zamin yaratdilar. Ulaming pedagogik qarashlari tarixning zarhal sahifalaridan munosib o'rin egalladi.
Ilk o‘rta asrlarda Abu Nasir Forobiy (789-950), Abu Ali ibn Sino (980-1037), Abu Rayhon Beruniy (937-1051), Kaykovus (XI asr), Ahmad Yugnakiy (XI asr), Mahmud Qoshg‘ariy (XI asr) kabi allomalar ta’lim - tarbiyaga oid dunyoviy fikrlari bilan shuxrat qo- zondilar.
0‘zbek badiiy tilining asoschisi, buyuk davlat arbobi Mir Alisher Navoiy o'zining tarbiyaviy ahamiyatga molik boigan noyob asarlari, ilmiy tafakkur va falakiyot ilmi sohasida yetuk dunyo- qarash sohibi Mirzo Ulug'bek ma’rifiy qarashlari, Zahiriddin Muhammad Bobur va boshqa adiblar o'zlarining oimas ijodiyoti bilan pedagogika taraqqiyotiga salmoqli hissa qo'shdilar.
Ovro'pa faylasuflari Tertullian (160-222), Avgustin (354-430), Akvinat (1225-1274)laming pedagogik ta’limoti muvaffaqiyat qo- zongan boimasada, rotterdamlik Erazm (1466-1536), Italiyalik Vik- torino de Feltre (1378-1446), farangistonlik Fransua Rable (1494- 1553) va Mishel Monten (1533-1592)laming insonparvarlik g‘oya- lari, ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari muhim ahamiyat kasb etdi.
Didaktikaning asoschisi, chex olimi Yan Amos Komenskiyning ta’lim tamoyillari, shakllari va uslublari to’g’risidagi ilmiy qarashlari, ingliz faylasufi va pedagogi Jon Lokk (1632-1704)ning «jentelmen tarbiyasi» - tadbirkor va ma’rifatli, ishbilarmon va ziyoli, e’tiqodi kuchli shaxs tarbiyasiga oid taiimoti bugungi kunda ham o‘z dolzarbligini yo'qotganicha yo‘q.
Fransuz ma’rifatparvar mutafakkirlari Deni Didro (1713-1784), K. Gelvetsiy (1715-1771), P. Golbax (1723-1789), Jan Jak Russo (1712-1778)laming demokratik va gumanistik qarashlari, shvey- tsariyalik olim Iogann Genrix Pestalotsi (1746-1827)ning o'quvchi- larning ma’naviy tarbiyasi va rivojlantiruvchi taiim nazariyasi pedagogika sohasini kengaytirdi.
Amerikalik olimlar Iogann Fridrix Gerbart (1776-1841), Jon Dyui (1859-1952), Edvard Tomdayk (1874-1949)laming fanga «tarbiyaviy taiim», «dars modeli», «rivojlantiruvchi topshiriqlar tizimi», «eksperimentel pedagogika», «test usuli» kabi tushuncha- larni kiritishlari, noan’anaviy pedagogik taiimotlari, nemis olimi Fridrix Adolf Disterverg (1790-1886)ning tamoyillari muammo- lariga qarashli nazariyasi insonlarni xanuzgacha originalligi bilan hayratga soladi.
Rus milliy pedagogikasining asoschisi Konstantin Dmitriyevich Ushinskiy (1824-1870)ning o'qitishning xalqchilligi nazariyasi, ulug‘ yozuvchi, olim, pedagog va tanqidchi Lev Nikolayevich Tolstoy (1828-1910)ning o‘qitish jarayonidagi hayotiylik tamoyili taiim-tarbiya jarayonida o'ziga xos o'rinni egalladi.
Jadidchilik harakatining yorqin namoyondalari: Munawarqori «Abdurashidxonov, Mahmudxo'ja Behbudiy, Saidahmad Siddiqiy, Abdulla Avloniy, Abdurauf Fitrat, Ishoqxon Ibrat, Muhammad- sharif So‘flzoda kabilar
Bugungi kunga qadar pedagogika sohasida yangi-yangi ta’li- motlar, g‘oyalar kashf qilindi, yuzlab risolalar, asarlar yaratildi, bu sihaga oid «Everest cho‘qqilari zabt etildi, ammo tarbiya jarayonidagi insonni chuqur o‘yga cho‘mdiradigan muammolar hanuzgacha o‘z yechimini to‘laqonli topganicha yo‘q.
Pedagogikaning metodologik asosi yosh avlodni tarbiyalash an’analarini, jamiyatning taraqqiyot bosqichlaridagi o‘qitish va ka- mol toptirish tizimlarini, ulaming qonun-qoidalarini,qomusiy mutafakkirlar, ma’rifatparvar adiblar va pedagoglaming ta’lim-tarbiya, ma’rifatga doir g'oyalarini va ularning rivijlanishini mukammal o‘rganadigan fandir.
Zamonaviy Pedagogika ijtimoiy hayot jabhalarida faoliyat ko‘rsatayotgan shxslami bozor iqtisodiyoti sharoitida raqobatga bardosh bera oladigan, yuksak ongli, mustaqil fikrlay oladigan, xulq-atvori bilan o'zgalarga ibrat bo‘ladigan bilimli, komil inson etib tarbiyalashdek muhim masalalami hal qilishi lozim.
Pedagogika insonshunoslik fani bo’lib, jamiyat va shaxs munosabatlarini tizimlashtiradigan tarbiya va ta’lim muammolarini o‘rganadi.
Unda hozirgi zamon fani va metodologiyasining quyidagi umumiy masalalari yoritiladi:
- fan tarixi va taraqqiygti;
- fan haqidagi asosiy konsepsiyalar;
- hozirgi zamon fanidagi asosiy dolzarb muammolar.
Pedagogikaning rivojiga IX-XVI asrlar (Sharq uyg’onish davri)da yashab ijod etgan Al-Buxoriy, At- Termiziy, Abu Nasir Fo- robiy, Abu Rayhon Beruniy.Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Hojib, Mahmud Qoshg‘ariy, Ahmad Yassaviy, Bohouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulug’bek, Mir-Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi buyuk daholar, XIX asming oxiri XX asr boshlarida Turkistonda jadidchilik harakatining yirik namoyondalaridan Abdurauf Fitrat, Mahmudxo’ja Behbudiy, Munawarqori Abdura- shidxonov, Abdulla Avloniy, Saidahmad Siddiqiylar, Ovro p.i davlatlarining buyuk mutafakkir va pedagog olimlaridan Yan Amos Komenskiy, Jan Jak Russo, I.G. Pestolotsi, Adol’f Disterveg. К D Ushinskiy, A.S. Makarenko, J. Lokk, Jon Dyui, Edvard Torndayk, S.T. Shaskiy, B.Blumlar ulkan hissa qo’shdilar.
Pedagogika fan sifatida shakllanib, takomillashib borib, ta’lim- tarbiyaning maqsad va vazifalari, ulaming mazmuni, usullari hamda tashkil etish shakllari haqidagi fanga aylandi.
Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo‘lida olib borgan harakatlari tarbiya g‘oyalarining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Ijtimoiy tarbiya g‘oyalari asrlar davomida shakllanib kelgan bo‘lib, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida yangi mazmun bilan boyib borgan.
Ijtimoiy tarbiya va uning bosqichlari. Insoniyatning yashash uchun kurashish va turli tabiiy ofatlardan himoyalanish yo‘lida olib borgan harakatlari tarbiya g‘oyalarining shakllanishiga asos bo‘lib xizmat qilgan. Ijtimoiy tarbiya g‘oyalari asrlar davomida shakllanib kelgan bo‘lib, kishilik jamiyati tarixiy taraqqiyotining har bir bosqichida yangi mazmun bilan boyib borgan.
Ibtidoiy jamoa tuzumida odamlarning guruh-guruh bo‘lib hayot kechirishi sababli bolalarga tirikchilik o‘tkazish yo‘lidagi faoliyat (o‘simlik mevalari, ildizlarini terish, hayvonlarni ovlash)ni tashkil etish borasidagi tajribalarni o‘rgatish guruh a’zolari tomonidan birdek amalga oshirilgan. Bilimlar, aksariyat hollarda, mehnat va o‘yin jarayonlarida o‘zlashtirilgan. Mehnat faoliyatini tashkil etish jinsiy xarakterga ega bo‘lganligi bois o‘g‘il va qiz bolalarni tarbiyalashda o‘ziga xos jihatlar ko‘zga tashlangan.
Oila, xususiy mulk va davlatning paydo bo‘lishi ijtimoiy tarbiya mazmunida ham tub o‘zgarishlarning sodir etilishi, quldorlarning paydo bo‘lishi olib keldi. Aynan mana shu davrdan tarbiya jamiyatning ijtimoiy talab va ehtiyojlari asosida yo‘lga qo‘yila boshladi. Erkin fuqarolarni tarbiyaning maqsadi, vazifalari, mazmuni va vositalari borasidagi fikrlar Demokratik, Platon va Aristotellarning asarlarida muhim o‘rin egallagan. Mutafakkirlarning asarlarida ushbu fikrlar mustaqil pedagogik nazariya sifatida emas, balki falsafiy qarashlar yoki jamiyatni tashkil etish loyihasining muhim komponenti tarzida bayon etilgan. Ushbu davrda tabiiy-ijtimoiy fanlar tizimi shakllanishi uchun boshlang‘ich asoslar qo‘yildi.
Quldorlik tuzumida erkin bo‘lmagan kishilar (qullar)ning haq-huquqlari cheklanganligi bois tarbiya tizimi faqatgina quldorlar, ularning farzandlari uchun xizmat qilgan.
Feodal tuzumda pedagogik g‘oyalar feodallar manfaatini ifoda eta boshladi. Mazkur davr pedagogik jarayonni tashkil etishda diniy g‘oyalar yetakchi o‘rin egallashi bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy hayotda diniy muassasalar (G‘arbda cherkov, Sharqda esa machitlar)ning roli osha borib, bolalarni o‘qitish va tarbiyalash ishlari asosan shu maskanlarda tashkil etildi. Garchi dunyoviy g‘oyalarni ilgari surish, ilmiy nazariyalarni yaratish va targ‘ib etishning din peshvolari tomonidan qoralanishi kabi holatlar ham ko‘zga tashlangan bo‘lsa-da, ammo savdo-iqtisodiy aloqalar ko‘lamining kengayishi, tabiiy ofatlarga harshi keskin chora ko‘rish ehtiyoji ilmiy bilimlarning rivojlantirish hayotiy zaruriyat ekanligini isbotladi.
Savdo, hunarmandchilik va manufaktura negizida rivojlanib borayotgan ishlab chiqarishni yanada takomillashtirish yo‘lidagi amaliy harakatlar bu boradagi muvaffaqiyat murakkab texnikani boshqara oladigan shaxsni shakllantirish evaziga hal etilishi tasdiqladi. Bu davrda ilg‘or, progressiv pedagogik g‘oyalar ilgari surildi.
Aynan shu davrda pedagogika fani asoslari muayyan tizimga solindi va ilmiy jihatdan asoslandi. Shaxsga ta’lim berish, uni tarbiyalashga oid qarashlar yanada boyitildi; ta’lim tizimiga ilm-fan, texnika yangiliklarini tadbiq etish, o‘qitishni yangi tizim (izchil, uzluksiz, asoslangan) asosida tashkil etish kabi g‘oyalar ilgari surildi.
Demak, pedagogika fani mavjud sharoitda barkamol shaxs va malakali mutaxassisni tayyorlashga yo‘naltirilgan ijtimoiy hrakat istiqbollari, bu boradagi muammolar va ularni hal etish yo‘llarini o‘rganadi.
Pedagogika fanining vazifalari. Pedagogika fani shaxsni shakllantirishdek ijtimoiy buyurtmani bajarish orqali jamiyat taraqqiyotini ta’minlashga alohida hissa qo‘shadi. Fanning maqsadi va vazifalarini belgilashda ijtimoiy munosabatlar, davlat va jamiyat qurilishi, uning hayotida yetakchi o‘rin tutuvchi g‘oyalar muhim ahamiyatga ega.



Yüklə 201,49 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin