Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 56 8


-rasm. Raqamli iqtisodiyot soha va tarmoqlari [23]



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/13
tarix08.09.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#142002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
 
1-rasm. Raqamli iqtisodiyot soha va tarmoqlari [23] 
 
1-rasm asosida raqamli iqtisodiyotga yonda-
shadigan boʻlsak, yaratilayotgan qoʻshilgan qiymat-
ning ortishi raqamlashtirilayotgan soha yoki tar-
moqdagi barqaror iqtisodiy oʻsish sur’atlarini ta’-
minlaydi. Fan-texnika taraqqiyoti texnologiyalari-
ning takomillashuvi va AKT sektorini rivojlanishiga 
asos boʻlib, AKT sektorining ilgʻor rivojlanganligi 
iqtisodiyotda mavjud soha va tarmoqlarni an’anaviy 
va raqamliga ajratmoqda. Jumladan, raqamli bank, 
e-biznes, aniq qishloq xoʻjaligi, sanoat 4.0, e-turizm 
va on-layn ta’lim kabilar raqamli iqtisodiyotning 
tarkibiy qismlari sifatida joriy etilmoqda.
 
Oʻzbekistondagi raqamli iqtisodiyotni 1-
rasm asosida tahlilini koʻrib chiqadigan boʻlsak, 
bunda AKT sektori raqamli transformatsiyalashgan 
iqtisodiyot va raqamlashtirilgan iqtisodiyot tarkibi-
ga kiruvchi soha va tarmoqlarga nisbatan rivojla-
nish darajasi yuqoriligi bilan koʻzga tashlanadi. 
Amaliyotda raqamli transformatsiyalashgan iqtiso-
diyot tarkibida ayrim soha va tarmoqlarga raqam-
lashtirish jarayonlari sezilarli darajada joriy etilma-
gan. Jumladan aniq qishloq xoʻjaligi, algoritmik iqti-
sodiyot, gig iqtisodiyot, sanoat5.0, kabilarni misol 
keltirishimiz mumkin. Raqamli xizmatlar va platfor-
ma iqtisodiyoti esa asosan xizmatlar sohasida joriy 
etilgan. Bu holat 2-rasmdagi tahlilda oʻz aksini topa-
di. Raqamli iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qoʻshilgan 
qiymat 2020-yil hisobida YaIMning 2 foizini tashkil 
qilib, uning asosiy ulushini AKT sektori va raqam-
lashtirilgan iqtisodiyot tarkibidagi e-tijorat egal-
laydi. 
2-rasm ma’lumotlaridan koʻrinadiki, AKT to-
varlar ishlab chiqarishda oʻsish kuzatilmagan. AKT 
xizmatlarining ulushi esa 2017-yilda jamiga nisba-
tan eng yuqori ulushni (1,9 foiz) koʻrsatgan. Shu-
ningdek, AKT sektorining tarkibida tovar ishlab chi-
qarish va savdoning ulushi pastligicha qolmoqda. 
Raqamlashtirilgan iqtisodiyot tarkibida esa e-tijo-
ratning ulushini faqat 2018-yildan boshlab 
koʻrishimiz mumkin. E-tijoratda ham jami raqamli 
iqtisodiyotning qoʻshilgan qiymatiga nisbatan 2018-
2020-yillarda deyarli oʻsish kuzatilmagan. Biroq 
YaIMdagi raqamli iqtisodiyotning qoʻshilgan 
qiymati esa oʻsganini koʻrishimiz mumkin. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin