Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son
60
1-jadval ma’lumotlaridan koʻrinadiki, 2020-
yilni oʻzini tahlil qiladigan boʻlsak, AKT xizmatlari
ulushi 8,5 foizni, AKT tovarlari 0,2 foizni tashkil
qiladi. AKT xizmatlari tarkibida telekommunikat-
siya hajmi yuqori boʻlsada, 2020-yil 2015-yilga nis-
batan 0,5 ming AQSH dollarga kamaygan. Dastur-
lash xizmatlari esa 2015-yilda eksport tarkibida
boʻlmagan boʻlsada, 2018-2020-yillarda dasturlash
xizmatlarida yuqori oʻsish kuzatilgan. Tovarlar eks-
porti tarkibida esa asosiy ulushni 2016-yildan bosh-
lab maishiy elektronika eksporti oʻsishi hisobiga
erishilgan. AKT tovarlari tarkibida aloqa uskunalari,
kompyuterlar va tashqi qurilmalar, AKT sohasidagi
boshqa tovar va komponentlar eksporti 2020-yil
2015-yilga nisbatan kamayish tendensiyasiga ega.
Eksport tarkibida yuqori texnologiyali tovarlar eks-
porti mavjud emasligi, AKT tovar ishlab chiqarish
sektoridagi intellectual salohiyat va resurslari kam-
ligi asosiy sabab hisoblanadi. 2015-yilga nisbatan
AKT xizmatlari eksporti 2020-yilda oʻsish tenden-
siyasi yuqoriligini koʻrishimiz mumkin.
AKT sektori iqtisodiyotning boshqa tarmoqla-
rida raqamlashtirish jarayonlarini amalga oshirish
uchun inftratuzilma vazifasini bajaradi. Raqamlash-
tirish jarayoniga asos boʻladigan bevosita omillarga
kompyuter bilan ta’minlanganlik, internet tarmogʻi-
ga ulanganlik, elektron pochta, veb-saytga egalik,
raqamli savodxonlik darajasi va mobil aloqa kabilar
kiradi.
2-jadval
Oʻzbekistonda iqtisodiy faoliyat turlari boʻyicha tashkilotlarda AKTdan foydalanish [2]
Iqtisodiyot tarmoqlari
Foydalanuvchi tashkilotlar
Dostları ilə paylaş: