Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son
61
barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat
boshqaruvi, ta’lim, sogʻliqni saqlash va qishloq xoʻ-
jaligida zamonaviy AKTini keng joriy etish boʻyicha
kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Xususan, elektron hukumat tizimini takomillashti-
rish, dasturiy mahsulotlar va axborot texnologiyala-
rining mahalliy bozorini yanada rivojlantirish, res-
publikaning barcha hududlarida IT-parklarni tash-
kil etish, shuningdek, sohani malakali kadrlar bilan
ta’minlashni koʻzda tutuvchi 220 dan ortiq ustuvor
loyihalarni amalga oshirish boshlangan [3].
“Yangi Oʻzbekistonning 2022-2026-yillarga
moʻljallangan “Taraqqiyot strategiyasi”da raqamli
iqtisodiyotni rivojlantirish sohasida uni asosiy
“drayver” sohaga aylantirib, uning hajmini kamida
2,5 baravar oshirishga qaratilgan ishlarni kengayti-
rish rejalashtirilgan. Iqtisodiyotning real sektorida,
moliya va bank sohalarida ishlab chiqarish va ope-
ratsion jarayonlarni raqamlashtirish darajasini
2026-yil yakuniga qadar 70 foizgacha orttirish, das-
turiy mahsulotlar industriyasi hajmini 5 marta,
ularning eksportini esa 10 marta oshirib,500 mln.
dollarga yetkazish maqsad qilingan [4]. Eksportda
yuqori texnologiyali mahsulotlar va xususiy sektor-
ning roli kengaytiriladi. Bunda raqamlashtirish ja-
rayoni iqtisodiyotning turli soha va tarmoqlarining
samaradorlik darajasi va kadrlar malakasini oshi-
rishga ta’sir qiluvchi hamda barqaror iqtisodiy
oʻsishni ragʻbatlantiruvchi asosiy omillardan biridir.
Iqtisodiyotning soha va sektorlarini raqam-
lashtirish yoʻnalishida korxona ta’minotining barcha
bosqichlarini avtomatlashtirish va boshqarishni ta’-
minlash, shuningdek, bu orqali logistika va xarid xa-
rajatlarini qisqartish maqsadida, 2026-yilgacha kor-
xona resurslarini boshqarish tizimini (ERP) joriy
qilgan yirik xoʻjalik yurutuvchi subektlarning ulu-
shini 65 foizga yetkazish, zamonaviy axborot tizim-
lari va dasturiy mahsulotlarni joriy etish hisobiga
mahsulotlar va xizmatlar sifatini yaxshilash, ular-
ning tannarxini, ishlab chiqarishdagi uzilishlarni ka-
maytirish, moliyaviy-iqtisodiy faoliyatning shaffofli-
gini oshirish, ish joylarini bosqichma-bosqich avto-
matlashtirish hamda ishlab chiqarish jarayonlarini
robotlashtirish, shuningdek, sun’iy intellekt texno-
logiyalarini joriy etish va sun’iy intellektni rivojlan-
tirish strategiyasini ishlab chiqish tegishli vazirlik-
lar doirasida amalga oshirish vazifasi qoʻyildi [4].
Xizmatlar
sohasida
davlat
tomonidan
my.gov.uz portalini samarali va yangi xizmat turla-
rini taklif etayotgani, ta’limda esa abituriyentlar
uchun on-layn hujjat topshirish tizimi joriy etilgani-
ligi, soliq tizmida on-layn soliq hisobotlarini topshi-
rish va qator shu kabi xizmatlar sohasidagi raqam-
lashtirish jarayonlarini koʻrishimiz mumkin. Xusu-
siy sektor vakillarining aynan xizmat koʻrsatish so-
hasidagi raqamlashtirish jarayonlarini yetkazib be-
rish xizmatida, on-layn buyurtmalarni qabul qilish,
on-layn savdo, on-layn turizm va boshqa qator shu
kabi xizmatlarda kuzatilmoqda.
Qishloq xojaligi sohasida raqamlashtirish ja-
rayonlarida davlat va xusuiy sektor oʻz strategiyala-
rini amalga oshirmoqda. Yirik loyihalardan hozirda
xususiy sektor tomonidan qator loyihalar amalga
oshirilmoqda. Shulardan biri sifatida “Daletek” loyi-
hasi hisoblanadi. U dehqon va fermer xoʻjaliklari oʻz
mahsulotlarini chetga eksport qilish uchun eksport-
yorlarni topishi yoki aksincha eksport qiluvchilar
oʻzlari uchun mahsulot yetkazib beruvchi dehqon-
larni topishlari mumkin. Bu jarayonni tizimli yoʻlga
qoʻyish uchun birinchi navbatda nechta fermer va
dehqonlar bazasini shakllantirishdan iborat. Yaxlit
jarayonni raqamlashtirish va yagona sistemaga bir-
lashtiruvchi platforma zarur.
Ushbu platformaga fermer hozirgi kunda
nima yetishtirayotganini, mahsulotning hajmi va
narxini kiritib boradi. Shuningdek, joriy holatdagi
eksportchilar roʻyxatini va ular qanday mahsulotni
qidirayotganini koʻra oladi. Bu doimiy yangilanib tu-
radigan maʼlumotlar bazasini tashkil etadi. Mazkur
Loyiha 2021-yilning ikkinchi yarimida oʻz faoliyatini
boshladi. Loyihani amalga oshirishda dastlabki za-
rur boʻlgan resurslardan biri statistik ma’lumotlar
hisoblanadi. Statistika qomitasi ma’lumotlari bilan
ishni olib borishganda ishonchlilik darajasi ularni
qoniqtirmaganligidan, oʻzlarini sohasidagi ma’lu-
motlar statistikani oʻzlari joylarga borib oʻrganib,
yigʻilgan ma’lumotlar asosida joylashtirilgan [18].
Davlat loyihalari qatorida Qishloq xoʻjaligi
vazirligining ArcGIS dasturiy mahsuloti negizidagi
oʻz geoaxborot tizimi 2021-yilning noyabr oyidan
sinov rejimida ishga tushirilgan. Bugungi kunda
ushbu tizim respublikamizning 4 ta vazirlik va ido-
ralarining axborot tizimlari, shuningdek, Qishloq
xoʻjaligi vazirligining quyi tashkilotlari axborot ti-
zimlari bilan integratsiya qilingan. Qayta ishlanadi-
gan ma’lumotlar va tizim imkoniyatlari har 10 kun-
da butun respublikamiz boʻylab fazodan olinadigan
suratlar, real vaqt rejimida 200 nafar dala ishchilari
tomonidan toʻplanadigan ma’lumotlarni monitoring
qilish hisobiga doimiy ravishda kengaytirib boriladi.
Kerakli barcha ma’lumotlarni olish, shu jumladan,
yerdan foydalanuvchilar, tuproq xususiyatlari, su-
gʻorish tizimlarining mavjudligi va ekin turlarini
avtomatik aniqlash uchun sun’iy intellekt texnolo-
giyalari yordamida amalga oshirilgan ma’lumotlarni
tahlil qilish imkoniyatlari yaratilgan. Shuningdek,
2022-2023-yillarda yana 5 ta elektron tizimning
ishga tushirilishi koʻzlangan: Agroplatforma AT,
“Marketplace” elektron agrosanoat savdo portali,
Toshkent davlat agrar universitetida joriy etiladigan
“Smart campus” loyihasi, “Rubicon” suv resurslarini
boshqarish tizimi, fermerlar uchun ekotizimni yara-
tishga asos boʻladigan 150 dan ortiq turdagi inter-
aktiv xizmatlar va servislardan iborat "Raqamli
qishloq xoʻjaligi" ASM yagona integratsiya platfor-
Dostları ilə paylaş: