Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son
58
ochadi. Raqamli iqtisodiyotni
rivojlantirish uchun
toʻsiqning asosiy sababi AKT infratuzilmasi
hisoblanadi [21].
Dunyo mamlakatlari boʻyicha bir toifadagi
iqtisodchi olimlar raqamli iqtisodiyotni tor
doirada
koʻrib, faqat AKT sektorida yaratilgan mahsulot va
xizmatlarnigina hisoblaydigan boʻlsalar, ikkinchi
toifadagilari, ularga nisbatan
raqamli iqtisodiyotni
iqtisodiyotning AKT sektori bilan bir qatorda tar-
moq va sohalaridagi yaratilgan mahsulot va xizmat-
larni raqamli texnologiyalar tomonidan qoʻshilgan
qiymatini ham inobatga olish kerak deb hisoblay-
dilar.
Tadqiqot metodologiyasi.
Mazkur
tadqiqot
davomida qiyosiy tahlil, sintez, analogiya usullari-
dan foydalanildi. Aniqlangan
tendensiyalar iqtiso-
diyotni raqamlashtirish orqali tarmoq va sohalarini
samaradorligini oshirish zarurligini, xizmat koʻrsa-
tish sohasida raqamli texnologiyalarga boʻlgan talab
yuqoriligini koʻrsatadi.
Tahlil va natijalar.
Raqamli iqtisodiyotning
hozirda butun jahon boʻylab oʻrganilishi
va ilmiy
tadqiqotlar olib borilishining sabablaridan biri, ra-
qamli texnologiyalarning ortib, foydalanish qamrovi
kengayishidadir. Iqtisodiyotning barqaror rivojla-
nishi va undagi qator muammolarni bartaraf etish-
da raqamli iqtisodiyot yechim boʻladi. Iqtisodiyotni
raqamli transformatsiylashuvi,
avvalambor uning
tarkibidagi barcha soha va tarmoqlarida raqamli
texnologiyalarni keng joriy etish natijasida mehnat
unumdorligini
oshirish, qarorlar qabul qilishga
asoslangan kompleks jarayonlarni qamrab oladi.
Buning asosida raqamli iqtisodiyotning qamrov so-
halari ham kengayib boradi.
Dostları ilə paylaş: