Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 56 8



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/13
tarix08.09.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#142002
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
RAQAMLI IQTISODIYOT


Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son
 
62
masi. Ushbu innovatsion yechimlarni joriy etish 
ASMda tadbirkorlik faoliyatini yengillashtirish va 
muqobillashtirish imkonini beradi, hujjatlar alma-
shinuvi va interaktiv xizmatlarga ega boʻlishni oson-
lashtiradi, agrar sohada jarayonlar shaffofligini ku-
chaytiradi va eng muhimi, ASM tizimida samarador-
lik natijalarini yaxshilaydi. Test rejimida ishlayot-
gan smart-agro platformasi ham zamonaviy qishloq 
xoʻlagini boshqarish uchun xizmat qiladi. Bu on-layn 
platformaga fermer xoʻjaliklarning ulanish darajasi 
98 foiz, xizmat koʻrsatish soni 55 dan ortiq, fermer 
xoʻjaliklari soni 41541 ta, hozirda tizimdan foydala-
nayotgan soni 155 tani tashkil qiladi [19].
Qishloq xoʻjaligi sohasida raqamlashtirish ja-
rayonlari ommalashuvini baholaydigan boʻlsak, 
dastlabki: mavjud ma’lumotlarni yigʻish va ularni 
tahlil qilish bosqichda ekanligi koʻzga tashlanadi. 
Qishloq xoʻjaligidagi statistik ma’lumotlarni aniqlik-
da shakllantirish, qishloq xoʻjaligidagi texnologiya-
lar boʻyicha kadrlar muammolari mavjud. Qishloq 
xoʻjaligi mahsulotlari asosan qishloq joylarda ye-
tishtirilishi sababidan chekka hududlarda texnikani 
tushunadigan kadrlar muammosini ham keltirib 
chiqarmoqda. Xususan klasterlash tizimi joriy etil-
ganda bu yaqqol sezilmoqda.
Xulosa va takliflar. 
Xulosa qilib aytganda, 
iqtisodiyotda raqamlashtirsh jarayonlarini amalga 
oshirish ehtiyojdan kelib chiqqan holda jadallashti-
rish talab etiladi. Raqamli texnologiyalar AKT sekto-
rida ustuvorlik kasb etishidan tashqari, iqtisodiyot-
ning boshqa tarmoq va sohalarida ham an’anaviy-
likdan voz kechib, raqamli texnologiyalarni joriy 
etishga ustun darajada ahamiyat qaratilmoqda. 
Iqtisodiyotni raqamlashtirish jarayonlarini 
togʻri tashkil etish, tarmoq va sohalarda raqamli 
transformatsiyalashgan iqtisodiyotni kengaytirish-
da quyidagi maqsadlarni amalga oshirish maqsadga 
muvofiq: 
1. Oʻzbekistonda iqtisodiyotni raqamlash-
tirish uchun fundamental baza boʻladigan 
ma’lumotlarning aniqligi va ishonchli tizimini joriy 
etishda hamda tarmoq va sohadagi statistik 
ma’lumotlarning shaffofligini ta’minlashda har bir 
soha va tarmoqning korxona va tashkilotlarida big 
data texnologiyasi asosida tahlilni amalga oshirish 
zarur. 
2. Raqamli iqtisodiyotda biznes qilishni ken-
gaytirish, xalqaro raqamli kompaniyalarni Oʻzbekis-
tonga kirib kelishiga imkoniyat yaratish, mamlakat-
ga xorijiy investitsiya oqimini ijobiy tomonga oʻzga-
rishiga asos boʻlishida, raqamli transformatsiyash-
gan iqtisodiyot oʻzgartiruvchi iqtisodiy hatti-hara-
katlarning huquqiy me’yoriy asoslarining yaratilishi 
zarur. 
3. Raqamli iqtisodiyotning qamrov darajasini 
kengaytirishda xususan, e-tijorat, aniq qishloq xoʻja-
ligi, sanoat 5.0 kabilarni rivojlantirish va qoʻllab-
quvvatlashda hukumat tomonidan raqamli transfor-
masiyalashgan ekotizim shakllantirilishi lozim. 
4. Iqtisodiyotning tarmoq va sohalaridagi 
muammolarni soha mutaxassislari aniqlab, raqam-
lashtirish orqali ularni bartaraf eta oladilar. Bunda 
ta’lim tizimida har bir tarmoq va soha kesimida 
informatsion texnologiyalar mutaxassisligi boʻyicha 
alohida kurs tashkil etilib, maxsus dastur asosida 
oʻqitish maqsadga muvofiq boʻladi. Korxona va tash-
kilotlarda raqamli transformasiyalashuv jarayonla-
rini yakuniy natijasi ularda ishlovchi mutaxassis va 
xodimlarning yuqori raqamli malaka va koʻnikmala-
riga bogʻliq. Bu ayniqsa, qishloq xoʻjaligi va sanoat 
korxonalarida yaqqol seziladi. Alohida soha yoki 
tarmoqning uyushmasida raqamlashtirish va ra-
qamli texnologiyalardan foydalanish kurslarini 
tashkil etgan holda, mutaxassislar ish jarayonida ra-
qamlashtirish va raqamli texnologiyalardan foyda-
lanish boyicha bilim va koʻnikmalarini oshirishadi. 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin