1-rasm. Raqamli iqtisodiyot soha va tarmoqlari [23] 1-rasm asosida raqamli iqtisodiyotga yonda-
shadigan boʻlsak, yaratilayotgan qoʻshilgan qiymat-
ning ortishi raqamlashtirilayotgan soha yoki tar-
moqdagi barqaror iqtisodiy oʻsish sur’atlarini ta’-
minlaydi. Fan-texnika taraqqiyoti texnologiyalari-
ning takomillashuvi va AKT sektorini rivojlanishiga
asos boʻlib, AKT sektorining ilgʻor rivojlanganligi
iqtisodiyotda mavjud soha va tarmoqlarni an’anaviy
va raqamliga ajratmoqda. Jumladan, raqamli bank,
e-biznes, aniq qishloq xoʻjaligi, sanoat 4.0, e-turizm
va on-layn ta’lim kabilar raqamli iqtisodiyotning
tarkibiy qismlari sifatida joriy etilmoqda.
Oʻzbekistondagi raqamli iqtisodiyotni 1-
rasm asosida tahlilini koʻrib chiqadigan boʻlsak,
bunda AKT sektori raqamli transformatsiyalashgan
iqtisodiyot va raqamlashtirilgan iqtisodiyot tarkibi-
ga kiruvchi soha va tarmoqlarga nisbatan rivojla-
nish darajasi yuqoriligi bilan koʻzga tashlanadi.
Amaliyotda raqamli transformatsiyalashgan iqtiso-
diyot tarkibida ayrim soha va tarmoqlarga raqam-
lashtirish jarayonlari sezilarli darajada joriy etilma-
gan. Jumladan aniq qishloq xoʻjaligi, algoritmik iqti-
sodiyot, gig iqtisodiyot, sanoat5.0, kabilarni misol
keltirishimiz mumkin. Raqamli xizmatlar va platfor-
ma iqtisodiyoti esa asosan xizmatlar sohasida joriy
etilgan. Bu holat 2-rasmdagi tahlilda oʻz aksini topa-
di. Raqamli iqtisodiyotda yaratilgan yalpi qoʻshilgan
qiymat 2020-yil hisobida YaIMning 2 foizini tashkil
qilib, uning asosiy ulushini AKT sektori va raqam-
lashtirilgan iqtisodiyot tarkibidagi e-tijorat egal-
laydi.
2-rasm ma’lumotlaridan koʻrinadiki, AKT to-
varlar ishlab chiqarishda oʻsish kuzatilmagan. AKT
xizmatlarining ulushi esa 2017-yilda jamiga nisba-
tan eng yuqori ulushni (1,9 foiz) koʻrsatgan. Shu-
ningdek, AKT sektorining tarkibida tovar ishlab chi-
qarish va savdoning ulushi pastligicha qolmoqda.
Raqamlashtirilgan iqtisodiyot tarkibida esa e-tijo-
ratning ulushini faqat 2018-yildan boshlab
koʻrishimiz mumkin. E-tijoratda ham jami raqamli
iqtisodiyotning qoʻshilgan qiymatiga nisbatan 2018-
2020-yillarda deyarli oʻsish kuzatilmagan. Biroq
YaIMdagi raqamli iqtisodiyotning qoʻshilgan
qiymati esa oʻsganini koʻrishimiz mumkin.