Iqtisodiyot va ta'lim / 2022-yil 5-son 56 8


Mavzuga oid adabiyotlar tahlili



Yüklə 1,28 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/13
tarix08.09.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#142002
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
 
Mavzuga oid adabiyotlar tahlili. 
Raqamli 
iqtisodiyot va iqtisodiyotni raqamlashtirish jara-
yonlaridagi muammolarni boʻyicha iqtisodchi olim-
lar va mutaxassislar tomonidan oʻzlarining tadqi-
qotlarida va xalqaro konfrensiyalarda fikr va mulo-
hazalarini keltirib oʻtishgan. Ular tomonidan raqam-
li iqtisodiyotning kirib kelish jarayonlari, mamlakat 
iqtisodiyotida tutgan oʻrni va uning iqtisodiy-ijti-
moiy ta’sirini oʻz davrlaridagi mavjud holat boʻyicha 
koʻrsatib oʻtishgan. 
Raqamli iqtisodiyot tushunchasi birinchi boʻ-
lib, 1994-yilda Tapskottning "Raqamli iqtisodiyot: 
tarmoqli razvedka asrida va’da va xavf-xatar" nomli 
asarida keltirilgan. Uning fikricha, raqamli iqtiso-
diyotni kompaniya nazariyasiga asoslangan holda, 
biznesning yangi ommaviy axborot vositalariga oʻti-
shiga oid bir qator farazlarni shakllantirgan. Raqam-
li iqtisodiyot bilimlarni boshqarish, raqamli aloqa
vertualizatsiya,internet orqali integratsiya, vosita-
chilardan qochish, sohalarni yaqinlashtirish, inno-
vatsiya, iste’molchiga indivudal xizmat, tezkor ja-
vob, globalizatsiya, raqamli boʻlinish kabi xususiyat-
larga ega [25]. 
N.Leyn ta’kidlashicha, “Raqamli iqtisodiyot” 
tushunchasiga quydagicha ta’rif beradi. Internetda 
hisoblash va kommunikatsiya texnologiyalarining 
yaqinlashuvi va natijada elektron tijorat va keng 
tashkiliy oʻzgarishlarni ragʻbatlantiradigan axborot 
va texnologiyalar oqimi [22].
1995-yilda N.Negroponte ham "raqamli iqti-
sodiyot" tushunchasi izohladi. Unga koʻra, raqamli 
iqtisodiyot - atomlar harakatidan bitlarning haraka-
tiga oʻzgarishi [26]. 
S.Baller, S.Datta, B.Lanvinlarning ilmiy maqo-
lasida raqamli iqtisodiyotni keng doirada ta’sirini 
baholashgan. Unga koʻra raqamli iqtisodiyot asosis-
da rivojlanish iqtisodiy-ijtimoiy va huquqiy jarayon-
larda oʻziga xos xususiyatlari talab qilishi, milliy in-
novatsion tizimlar va dunyoda raqamli texnologiya-
larni rivojlantirishning toʻsiqlari va istiqbollarini 
aniqlangan [5].
T.L.Mezenburg tomonidan raqamli iqtisodi-
yotga mavjud raqamli texnologiyalardan foydala-
nish orqali dasturiy tarmoqlarning ahamiyatining 
oʻsishi, qoʻshilgan qiymatning ortishi, dasturiy va 
raqamli iqtisodiyotdagi ishchi kuchi miqdorinig har 
xil darajasi, internet tijorati, elektron biznes struk-
turasini amalga oshirish imkonini beradi [8].
Bukht va Heekslarning ilmiy izlanishlarida 
epmrik tahlillarga asoslangan holda quydagi fikrni 
ta’kidlashgan. Iqtisodiyotni raqamlashtirish yoki ra-
qamlashtirish transformatsiyasi jarayoni deyarli 
barcha tarmoq va sohalarni qamrab olgan holda, ish 
unumdorligi va mehnat samaradorligini keskin 
oshirishga, koʻrsatilayotgan xizmat turlari sifatini 
yaxshilashga, ular tannarxini keskin kamaytirishga, 
jahon bozorini keng miqyosda qamrovini amalga 
oshirishga imkoniyat yaratadi [23]. 
Raqamli iqtisodiyot elektron mahsulotlar va 
xizmatlar ishlab chiqarish va ularni elektron tijorat 
orqali tarqatish asosida: "elektron mahsulotlarga 
ixtisoslashgan biznes ishlab chiqarish jarayonlarini, 
pul oʻtkazmalarini amalga oshiradi, shuningdek in-
ternet texnologiyalaridan foydalangan holda mijoz-
lar bilan ishlash va ularni boshqarish bilan shugʻul-
lanadi [24]. 
B.N.Panshinning ta’kidlashicha, raqamli iqti-
sodiyot tarmoq xizmatlariga asoslanadi Shu bilan 
birga, u raqamli iqtisodiyot elementlarini ajratib 
koʻrsatish mumkin boʻlgan sohalarni nazarda tutadi: 
Iqtisodiyotning raqamli segmentini kengaytirish-
ning asosiy sababi – bu rivojlangan mamlakatlarda 
mamlakat yalpi ichki mahsulotining 70 foizidan 
ortigʻini tashkil etuvchi tranzaksiya sektorining oʻsi-
shi. Ushbu sektor quyidagilarni oʻz ichiga oladi: dav-
lat boshqaruvi, konsalting va axborot xizmatlari, 
moliya, ulgurji va chakana savdo, shuningdek turli 
xil kommunal, shaxsiy va ijtimoiy xizmatlar [20]. 
Raqamli texnologiyalar tufayli muayyan im-
koniyatlarga ega boʻlgan iqtisodiy faoliyat turlari-
ning soni koʻpayotgani va iqtisodiy ahamiyati ortib 
borayotganini inobatga olish zarur [13,15]. S.S Gul-
yamov raqamli iqtisodiyot oʻzaro bogʻliq boʻlgan 
ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarining zanji-
ridan iborat boʻlib, uning ajralmas elementi zanjir-
lararo (insonlararo, mashinalararo, bulutlar orqali, 
data markazlararo) raqamli texnologiyalar yorda-
mida amalga oshiriladigan ma’lumot almashinish-
dir. Bundan tashqari raqamli iqtisodiyotni rivojlan-
tirishda bilimlarga va dasturchi kadrlar tayyorlash-
ga etiborni qaratish maqsadga muvofiq [26] 
N.M.Maxmudovning ta’kidlashicha, globalla-
shuv sharoitida istalgan mamlakatning iqtisodiy ta’-
minlash va jahon maydonida raqobatbardoshligini 
oshirishda koʻp jihatdan raqamli iqtisodiyotning sa-
marali modellari bor. Raqamli iqtisodiyot xoʻjalik 
faoliyatini yuritish boʻlib, bunda ishlab chiqarish va 
xizmat koʻrsatishdagi asosiy omil raqamlar koʻrin-
shidagi ma’lumotlar boʻlib, katta hajmdagi axborot-
larni qayta ishlash va shu qayta ishlash natijasini 
analiz qilish yordamida har xil turdagi ishlab chiqa-
rish, xizmat koʻrsatish, texnologiyalar, qurilmalar, 
saqlash, mahsulotlarni etkazib berishda oldingi ti-
zimdan samaraliroq echimlar tadbiq qilishdir. Bosh-
qacha qilib aytgancha, raqamli iqtisodiyot bu on-
layn xizmatlar koʻrsatish, elektron toʻlovlar amalga 
oshirish, internet savdo, kraudfanding va boshqa 
turdagi 
sohalarni 
raqamli 
kompyuter 
texnologiyalarini rivojlanishi bilan bogʻlangan 
faoliyatdir [14]. Aynan Oʻzbekiston iqtisodiyoti 
uchun raqamli iqtisodiyotni shakllantirishda asosiy 
imkoniyat inson resurslarini rivojlantirishdir [16].
B.YU.Xodiyev 
Oʻzbekiston 
raqamli 
iqtisodiyotning rivojlanishi cheksiz imkoniyatlar 

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin