Iqtisodiyot va turizm



Yüklə 0,73 Mb.
səhifə5/19
tarix02.01.2022
ölçüsü0,73 Mb.
#44151
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni ragbatlantirishning asosiy yonalishlari

to`rtinchidan, kichik biznes sub`ektlari faoliyatiga boshqaruvning innnovatsion texnologiyalarini joriy etilishi ular tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar tannarhini kamaytirish, tovar va xizmatlar nomenklaturasini oshirish, yangi tovarlar turlarini sotish hajmlarini kengaytirish hamda mahsulot sotishning istiqbolli bozorlarini o`zlashtirish hisobiga ularning eksport salohiyati va raqobatbardoshligini oshiradi.

Kichik biznes sub`ektlari faoliyatini mukammal modernizatsiya va

zamonaviy innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etish dolzarb masalaga aylanmoqda. Jahon iqtisodiyotida innovatsiyaning o`rni ortib borayotganligi jarayonida kichik biznes korxonalari faoliyatida uni qo`llamasdan turib, ilmiylik va yangilik darajasi yuqori bo`lgan raqobatbardosh mahsulotlar yaratishlari mumkin emas.

Bozor iqtisodiyotida kichik biznesning innovatsion faoliyati raqobat kurashi uchun samarali vosita hisoblanib, yangi iste`molchilarning paydo bo`lishiga, mahsulotlar tannarxini kamayishiga, investitsiyalarning kirib kelishiga, yangi mahsulot ishlab chiqaruvchilar reytingining oshishiga, ichki va tashqi yangi bozorlarni ochishga va egallab olishga olib keladi. Har qanday korxonaning faoliyati yuqori sifatli va kam xarajat talab etadigan yangi turdagi mahsulotlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan yangi texnologiyalarni o`zlashtirishga qaratilmasa, u holda qanchalik muvaffaqiyatli rivojlanmasin, ma`lum vaqtdan keyin raqobatbardoshligining susayishi, bozordagi mavqeining kuchsizlanishi va oladigan foydasining hajmi kamayishi muqarrardir.

Kichik biznes ijodiy va aniq maqsad sari intiladigan kishilar uchun o`z talant va tajribasini, innovatsion g’oyalarini to`liq ro`yobga chiqishi uchun inkon beradigan sohadir. Tarixdan ma`lumki, aynan kichik biznes sohasida vujudga kelgan innovatsion g’oyalar bugungi kunda dunyoga mashhur yirik “McDonalds” gamburger, “Apple” komp’yuter, “Ford” avtomobil’ kompaniyalari va boshqalarning yaratilishiga asos bo`lgan.

Jahon tajribasining ko`rsatishicha, aynan kichik biznesning yangi ish o`rinlarini yaratishda, yirik korxonalar uchun ayrim zaruriy va butlovchi mahsulotlarni ishlab chiqarishda, yangi tovar va xizmatlar turlarini oshirishda, tovarlarni ishlab chiqarish xarajatlarini kamaytirishda, raqobatbardosh va eksportga mo`ljallangan mahsulotlar ishlab chiqarish hajmini oshirishdagi roli yil sayin ortib bormoqda.

Xususan, o`tgan asrning 90-yillarida Xitoyda yuzaga kelishi mumkin bo`lgan ishsizlik darajasi oshishining oldini olish maqsadida kichik biznes korxonalarining rivojlanishiga katta e`tibor qaratilgan. Natijada esa hozirgi kunda ushbu mamlakatda jami ishchi kuchining 75% kichik korxonalarda mehnat qilmoqda. Kichik biznes sub`ektlarining faoliyati yuksak innovatsion texnologiyalar asosida tashkil etilganligi

sababli ham eksportga chiqarilayotgan raqobatbardosh mahsulotlarning asosiy qismi aynan ularning hissasiga to`g’ri kelmoqda.

Ushbu mamlakatda yuksak iqtisodiy natijalarga erishishning asosiy sabablaridan biri kichik biznesning rivojlanishiga doir innovatsiya siyosatining muvaffaqiyatli amalga oshirilayotganligidir. Texnologiyalarni uzatish sohasida huquqiy ta`minlashning yuqori darajada tashkil etilganligi, yangi texnologiyalarni o`zlashtirish bilan shug’ullanadigan kichik biznes sub`ektlarini foyda solig’idan ozod etish hamda ularga imtiyozli kredit va moliyaviy yordam berish tizimi ilmiy-texnikaviy potentsialdan samarali foydalanishni va innovatsion faoliyatdan yuqori foyda olinishini ta`minladi.

Innovatsiya tadbirkorligi uchun yangi g’oyani qidirish muhim ahamiyatga egadir, shuning uchun bunga batafsil to`xtab o`tish lozim. Tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish aniq biznes rejaga asoslanadi va uning asosida faollik hamda chuqur o`ylangan innovatsiya tashabbusi yotgan tadbirkorlik g’oyasi ishlab chiqarishni to`liq, shuningdek, uning bir yoki bir nechta alohida qismlarini qamrab olishi mumkin. Agar xorijiy mamlakatlar tajribasiga nazar tashlaydigan bo`lsak, AQSHda so`ngi o`n yillar mobaynidagi barcha innovatsiyalarning 55% aynan kichik biznes sohasida yaratilgan13.

G’oyalarni amalga oshirish, ya`ni korxonani to`liq yoki qisman yangilash uchun mumkin bo`lgan tadbirkor faoliyatining asosiy yo`nalishlarini ajratish mumkii:


  • ishlab chiqarishning boshqaruv tizimini o`rganish;

  • yangi texnika yoki texnologiyalarni qo`llash;

  • mahsulotni ishlab chiqarishda yanada tejamli yoki mustahkam yangi materiallardan foydalanish;

  • mahsulotlarning dizayni, qadoqlanishini yaxshilash;

  • korxona reklama kompaniyasini tashkil qilishning printsipial yangi tizimini yaratish.

Hozirgi kunda kichik biznes sub`ektlarining innovatsion jarayonlarni boshqarish tizimi turli vaziyatlarga moslanuvchan bo`lib, kompleks xarakterga ega. Uning zimmasiga mahsulotni ishlab chiqarishga joriy etish, tashkiliy tuzilma shakllarini va boshqaruvchilik funktsiyalarini qayta tuzish, yangiliklarni

amaliyotga joriy etish, innovatsion jarayonlarni boshidan oxirigacha boshqarish imkoniyatini ta`minlash kabi bir qator vazifalar yuklatiladi. Keng ko`lamli tashkiliy va iqtisodiy faoliyatni qamrab oluvchi innovatsion jarayon tashkiliy jihatdan o`ziga xos xususiyatga ega bo`lib, bu xususiyat innovatsion faoliyatni tashkiliy jihatdan boshqarishga mas`ul turli bo`lim va xizmatlardan iborat korxona ierarxiyasi tuzilishi va ular o`rtasidagi o`zaro aloqalar orqali aniqlanadi. Kichik biznes sub`ektlari faoliyatida innovatsion jarayonlarining asosiy bosqichlari quyidagilardan iborat:



  1. Kelib tushayotgan fikrlarni tizimlashtirish: ishlab chiqarish bo`limlaridagi marketing xizmatidan, firmaning sotish apparatidan, savdo agentlaridan, hozirgi iste`molchilardan kelib tushayotgan yangiliklar va bozorlardagi texnologik o`zgarishlar haqida axborotlar yig’ish; tavakkalchilik hajmini va darajasini aniqlash, yangi mahsulotni yaratish va o`zlashtirish bilan bog’liq firmaning potentsial imkoniyatlari haqida axborot yig’ish; maqsadli bozorlar va ular rivojlanishining uzoq muddatli tendentsiyalari haqida axborot yig’ish.

  2. Innovatsion g’oyani aniqlash va yangi mahsulotning g’oyasini ishlab chiqish:

  • g’oyaning amaliy jihatdan amalga oshirish imkoniyatlarini aniqlash;

  • yangi va an`anaviy mahsulotni texnologik umumiyligi darajasini aniqlashtirish;

  • firmani, ya`ni mahsulotning mos tushishi va uning strategik rivojlanishi;

  • kelajakdagi mahsulotga patent tizimini aniqlash.

  1. YAngi mahsulot iqtisodiy samaradorligining mazmuni, marketing dasturini ishlab chiqish:

  • g’oya konkret loyiha ko`rinishiga kelgandan so`ng, mahsulotning texnik holatini yaratish;

  • mahsulotni texnik iqtisodiy xarakteristikasini aniqlash. Uning sifatini va iste`mol xususiyatlarini baholash;

  • sotuv hajmini va potentsial bozor taklifini baholash;

  • yangi mahsulotni, texnologik mashinalar va jihozlarni, xom ashyo va materiallar, kadrlar, moliyaviy resurslarni ishlab chiqarish uchun kerakli resurslar mavjudligi;

  • yangi mahsulotning o`zlashtirilishi va u bilan bozorga chiqish vaqtini aniqlash;

  • yangi mahsulot ishlab chiqarish rentabelligining tahlili va uni baholash, mahsulot uchun marketing dasturini yaratish

  1. YAngi maxsulotning yaratilishi:

  • kichik biznes sub`ektining bo`limlariga vazifalarni taqsimlagan holda yangi mahsulot rivojlanishining aniq dasturini tuzish;

  • mahsulot namunasini yaratish va texnik tanlovdan o`tkazish;

  • mahsulotning nomini va belgisini aniqlash, qadoqlash va markalashtirishni yo`lga qo`yish.

  • narx va boshqa tijorat shartlariga oid kamida uch (3) oy oraligida bozorda test o`tkazish;

  • marketing dasturiga yangi mahsulotni ishlab chiqarishga kiritish haqidagi qaror qabul qilish.




    1. Yüklə 0,73 Mb.

      Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin