O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM
VAZIRLIGI
|
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI
|
“IQTISODIYOT VA TURIZM” FAKULTETI
|
“IQTISODIYOT” KAFEDRASI
|
“Himoyaga ruxsat etiladi”
|
“Himoyaga ruxsat etiladi”
|
"Iqtisodiyot va turizm" fakulteti dekani
|
“ Iqtisodiyot” kafedrasi mudiri
|
v.v.b Yavmutov D.Sh.
|
v.v.b Abdulloyev A.J
|
« » 2019 yil
|
« » 2019 yil
|
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
|
Kichik biznes korxonalarida innovatsion faoliyatni rag`batlantirishning asosiy yo’nalishlari
|
BAJARDI:
|
“Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar)” ta`lim
|
|
yo'nalishi 3-1 IQT-15 guruh talabasi
|
|
Hamroyev Kamol Komil o’g’li
|
ILMIY RAHBAR:
|
«Iqtisodiyot» kafedrasi katta o'qituvchisi
|
|
Qayimova Z.A.
|
Buxoro – 2019
|
BUXORO DAVLAT UNIVERSITETI BITIRUV MALAKAVIY ISHIGA TOPSHIRIQ
Talaba: _ _
“TASDIQLAYMAN”
Kafedra mudiri
«_ » 2018 y.
Ta`lim yo`nalishi: Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo`yicha).
Bitiruv malakaviy ishining mavzusi:
Bitiruv malakaviy ishi ob`ekti:
Bitiruv malakaviy ishi rahbari: _
Bitiruv malakaviy ishi maqsadi: _
Ish rejasi:
BMI
bo`limi
|
Bitiruv malakaviy ishi bo`limi nomi
|
Bajarish muddati
|
I Bob
|
|
|
II Bob
|
|
|
III Bob
|
|
|
Xulosa
takliflar
|
|
|
Bitiruv malakaviy ishini bajarish uchun zarur bo`lgan materiallar:
adabiyot manbalari: O`zbekiston Respublikasi Prezidentining, respublikamiz va xorijdagi etakchi agrar-iqtisodchi olimlarning ilmiy ishlari va asarlari.
qonuniy-me`yoriy hujjatlar: O`zbekiston Respublikasining Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining Qarorlari va boshqa me`yoriy hujjatlar.
v) statistik va boshqa ma`lumotlar: respublika Davlat Statistika Qo`mitasi va Buxoro viloyati, _ korxonasi ma`lumotlari.
Tasvirlash materiallari: jadval, chizma va slaydlar.
Topshiriq berilgan kun: 2018 yil “ _”
Ishni topshirish muddati: 2019 yil “_ ”_
Ilmiy rahbar:
Qabul qildim:
Kafedra mudirining bitiruv malakaviy ishini himoyaga qo`yish haqidagi xulosasi _
MUNDARIJA
KIRISH
I- BOB. KICHIK BIZNES INNOVATSION FAOLIYATINI
RAG’BATLANTIRISHNING NAZARIY JIXATLARI................................
Innovatsion faoliyat, uning iqtisodiy mazmuni va mohiyati.........
Kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatining asosiy xususiyatlari
Kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatini rag’batlantirish mexanizmi.........................................................................................................
BOB. O`ZBEKISTONDA KICHIK BIZNESNING INNOVATSION FAOLIYATINI MOLIYALASHTIRISH DINAMIKASI..............................
2.1 Kichik biznes korxonalari innovatsion faoliyatini moliyalashtirish tahlili..........................................................................................
2.2. «KNAUF GIPS BUXORO» MCHJda innovatsion faoliyat tahlili.
BOB. KICHIK BIZNESNI INNOVATSION FAOLIYATINI RIVOJLANTIRISHNING ASOSIY YO`NALISHLARI...............................
3.1. Kichik biznes innovatsion faoliyatini rivojlantirish istiqbollari..............................................................................................
XULOSA VA TAKLIFLAR..................................................................
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI............................
KIRISH
Mamlakatimizda 2019 yilni “Faol investitsiyalar va ijtimoiy rivojlanish yili” deb nomlanishi ham chuqur ma`no kasb etadi. Sababi investitsiyalarni jalb etmasdan turib, iqtisodiyotda mavjud bo`lgan kapital ehtiyojini qondirib bo`lmaydi. SHunday ekan, investitsion faoliyatni samarali ishlashi uchun qulay muhitni yaratish, uning murakkablik jihatlarini yumshatishga qaratilgan siyosatni amalga oshirish dolzarblik kasb etadi.
Hozirgi sharoitda barqaror va samarali faoliyat olib boradigan iqtisodiy jarayonlarni ta`minlash zamonaviy iqtisodiy-ijtimoiy munosabatlar modelini o`zida aks ettiradi. Jumladan, iqtisodiy o`sishning moliyaviy omillari qatorida asosiy ko`rsatkich sifatida investitsion faoliyatni qayd etishimiz mumkin. Zamonaviy sharoitda esa, investitsion potentsial inobatga olingan holda investitsion jozibadorlikni vujudga keltirish muhim ahamiyat kasb etib bormoqda.
Mamlakatimizda o`tkazilayotgan demokratik bozor islohotlarining va O`zbekistonni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning 2017-2021 yillarga mo`ljallangan Harakatlar strategiyasining diqqat markazida turgan eng muhim ustuvor vazifalardan biri – milliy iqtisodiyotda tarkibiy o`zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning etakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning raqobatbardoshligini oshirish sanaladi1.
Jumladan,“..milliy iqtisodiyotning tarkibida sanoat ulushini ko`paytirish, yuqori texnologiyali sanoat va qayta ishlash tarmoqlarini jadal rivojlantirish, sanoatni yanada modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, har bir hududning sanoat salohiyatidan kompleks va samarali foydalanishni ta`minlash, yangi sanoat korxonalari va kichik sanoat zonalarini tashkil qilish2” deb ta`kidlangan.
Albatta, yuqoridagi islohotlarning barchasining zamirida davlat va nodavlat sektor korxonalarining barqaror sur`atlarda innovatsion salohiyatini ro`yobga chiqarib kelayotganligi yotadi. SHu sababli, bugungi globallashuv va milliy iqtisodiyotni liberallashtirish sharoitida milliy iqtisodiyot xususiyatlaridan kelib chiqqan holda innovatsion salohiyat, uni shakllanishi va rivojlanishini baholash, boshqarishning nazariy-uslubiy masalalarini kompleks tadqiq qilish, sanoat
1 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoevning «O`zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo`yicha harakatlar strategiyasi to`g’risida»gi 2017 yil 7 fevraldagi PF-4947-sonli farmoni. // Xalq so`zi, 2017 yil 8 fevral’, 28 (6722)-son.
2 O`sha erda
korxonalarida innovatsion salohiyatni rivojlantirish va boshqarish omillari va o`ziga xos xususiyatlarini aniqlash, respublikada sanoat korxonalarida innovatsion salohiyatni oshirishning tashkiliy-huquqiy asoslarini takomillashtirish, innovatsion salohiyatni baholash usullarini qiyosiy o`rganish va sanoat korxonalarida innovatsion faoliyatni boshqarish mexanizmlarining zamonaviy holati va tendentsiyalarini aniqlash o`z echimini kutayotgan dolzarb muammolardan hisoblanadi.
Ushbu bitiruv malakaviy ishi hozirgi kunda mamlakatimizda kichik biznesning ahvolini tahlil etish, uning innovatsion faoliyatini qo`llab-quvvatlash va moliyalashtirish tizimining mazmuni va mohiyatini ilmiy asoslash hamda samarali rivojlantirish masalalariga bag’ishlangan.
Tadqiqot ob`ekti va predmeti. Tadqiqot ob`ekti sifatida O`zbekiston Respublikasida faoliyat ko`rsatayotgan kichik biznes sub`ektlarining innovatsion faoliyati tanlangan. Tadqiqotning predmeti kichik biznes sub`ektlari innovatsion faoliyatini qo`llab-quvvatlash va moliyalashtirish mexanizmi hamda uni takomillashtirish bilan bog’liq tashkiliy – iqtisodiy munosabatlarni o`z ichiga oladi.
Tadqiqot maqsadi –O`zbekistonda iqtisodiyotni barqaror o`sish sur`atlarini ta`minlash jarayonlarida kichik biznesning innovatsion faoliyatini rag’batlantirish mexanizmlarini takomillashtirish va moliyalashtirishning samaradorligini oshirish yo`llarini tadqiq qilish hamda tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat.
Tadqiqot vazifalari. Tadqiqot ishining maqsadidan kelib chiqqan holda, quyidagi vazifalarni hal etish belgilangan:
innovatsiya kategoriyasining mazmuni, uning iqtisodiyotda tutgan o`rni va ahamiyatini asoslash;
kichik biznesning innovatsion faoliyatini rag’batlantirishda horijiy mamlakatlarning ilg’or tajribasini o`rganish va ularni mamlakatimiz iqtisodiyotida foydalanish yo`llarini asoslash;
kichik biznes sub`ektlarining innovatsion faoliyatini rivojlantirish va uni boshqarish tizimining zamonaviy holatini baholash va asosiy xususiyatlarini aniqlash;
respublikamizda kichik biznes sub`ektlarining innovatsion faoliyatini rag’batlantirishning asosiy yo`nalishlarini aniqlash va ularni yanada kengaytirish yo`llarini asoslab berish;
kichik biznesning innovatsion faoliyatini moliyalashtirish tizimining hozirgi holatini tahlil qilish va uni takomillashtirishni tadqiq qilish;
kichik biznes sub`ektlarining innovatsion faoliyatini qo`llab- quvvatlash va ularni istiqbolda rivojlantirish yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish
Tadqiqotda qo`llanilgan uslublar. Tadqiqot jarayonida tizimli va omilli tahlil qilish, iqtisodiy-matematik, statistik guruhlash va ekspert baholash kabi usullardan keng foydalanilgan.
Bitiruv malakaviy ishning tarkibi. Ish kirish, uchta bob, xulosa va takliflar, foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan tashkil topgan. Uning umumiy hajmi 70 bet bo`lib, unda 5 ta jadval, 7 ta rasm mavjud.
Dostları ilə paylaş: |