NAZARIY ASOSLARI
1.1. Innovatsion faoliyat, uning iqtisodiy mazmuni va mohiyati.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha rivojlangan mamlakatlar o`zlarining yuksak taraqqiyot darajasiga fan va texnika sohasida qo`lga kiritilayotgan ilmiy- texnikaviy yutuqlar va ularni hayotga keng tadbiq qilish, ayniqsa ishlab chiqarishga samarali joriy etish natijasida erishayotganligi yaqqol namoyon bo`lmoqda.
Bugungi kunda O`zbekiston Republikasida ham zamonaviy fanning turli yo`nalishlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda. Ilmiy jamoalarning faoliyati respublika iqtisodiyoti va uning real sektorini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal etishga yo`naltirilgan. Mavjud ilmiy potentsialdan keng qamrovli foydalanish orqali samarali innovatsion tizimni shakllantirish izchillik bilan amalga oshirilayotgan islohatlar doirasidagi birinchi darajadagi vazifalardan biri hisoblanmoqda. Bunda davlatning ilmiy natijalarni amaliyotga joriy etish bo`yicha tadbirkorlik sub`ektlarining innovatsion faoliyatini qo`llab-quvvatlash va rag’batlantirish uchun shart-sharoitlar yaratishdagi ishtiroki alohida o`rin egallamoqda.
O`zbekiston Respublikasi Prezidenti SHavkat Mirziyoev Oliy Majlisga Murojaatnomasida 2018 yilga yurtimizda – “Faol tadbirkorlik, innovatsion g’oyalar va texnologiyalarni qo`llab-quvvatlash yili”, deb nom berib, ta`kidladiki: Bugun biz davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarini tubdan yangilashga qaratilgan innovatsion rivojlanish yo`liga o`tmoqdamiz. Bu bejiz emas, albatta. CHunki zamon shiddat bilan rivojlanib borayotgan hozirgi davrda kim yutadi? YAngi fikr, yangi g’oyaga, innovatsiyaga tayangan davlat yutadi3. Ushbu strategik vazifa xizmat ko`rsatish sohasida innovatsion faoliyatni tashkil etishning yangi shakllarini joriy etish, samarali innovatsion loyihalarni ishlab chiqish va davlat-xususiy sherikchilik asosida sohada investitsiyalarni jalb etgan holda ularni o`zlashtirish kabi dolzarb masalalarga e`tibor qaratishni taqozi etadi. Hozirgi zamon fan-texnika taraqqiyot tendentsiyasida iqtisodiy o`sishning eng maqbul va samarali omillaridan biri sifatida innovatsion faoliyatni rivojlantirish va uni rag’batlantirish masalasiga e`tibor kuchaytirilmoqda. Albatta, zamonaviy taraqqiyot innovatsion faoliyatning natijasi sifatida olinadigan intellektual mahsulotsiz hech qanday mazmun va ma`noga ega bo`lmaydi. Ilm-fan va iqtisodiy hayotni o`zaro uzviy aloqasi kengaymoqda. “Kuchli
3 O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi [22.12.2017]
fan – kuchli iqtisodiyot” iborasi nafaqat bugungi kun uchun, balki insoniyat kelajagi uchun ham dolzarb bo`lib qolmoqda4.
Keyingi besh yil davomida har yili Innovatsion g’oyalar, texnologiyalar va loyihalar Respublika Yarmarkasi o`tkazilmoqda. Innovatsion yarmarkaning maqsadi mamlakatda vazirliklar va idoralar tizimida, ilmiy-tadqiqion, ta`lim, tajriba- konstruktorlik tashkilotlari, biznes sub`ektlari, ixtirochilar va ratsionalizatorlar va xususiy shaxslar tomonidan yaratilgan innovatsiya yangiliklari bilan xabardor qilish, ularni amaliyotga tadbiq qilish uchun shartnomalar tuzish va axborotlar almashinuvini amalga oshirishdan idoratdir. Jumladan, 2018 yilda o`tkazilgan innovatsiya yarmarkasida Davlat fan-texnika dasturi doirasida ishlab chiqilgan 350 dan ortiq texnologiyalar, metodlar, ishlanmalar va innovatsion g’oyalar namoyish etildi. Mamlakatimizda to`laqonli innovatsion muhitni shakllantirishdan asosiy maqsad – ilm sarfi yuqori va yuqori texnologiyaga asoslangan ishlab chiqarish hajmini o`stirish uchun shart-sharoitlar yaratish, shuningdek, kichik innovatsion tadbirkorlikning mutassil rivojanishi uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy sohalari rivojlanishidagi dolzarb muammolarni echish uchun ilmiy, ilmiy-tadqiqot va loyiha-konstruktorlik tashkilotlarining ilmiy-texnik salohiyatidan samarali foydalanish, korxonalarning, ayniqsa kichik biznes korxonalarining investitsion va innovatsion faolligini oshirishga turki berish hamda innovatsion faoliyatni kengaytirishga investitsiyalarni jalb qilishdir.
SHunga ko`ra, tanlangan mavzusining dolzarbligidan kelib chiqqan holda, “innovatsiya” kategoriyasining mazmuni va uning ahamiyatini tadqiq qilish muhim vazifa hisoblanadi. Fanda “Innovatsiya” iborasi inglizcha “innovation” so`zidan olingan bo`lib, “yangilik kiritish” degan ma`noni bildiradi. Buning zaminida esa yangi tartib, yangi odat, yangi usul, kashfiyot, yangi qarash va g’oyalar yotadi. Innovatsiya deganda yangi ilmiy texnik yutuqni ifodalab, yangi maxsulotni yaratish, amalda qo`llash jarayoni ham tushuniladi.
Iqtisodiy adabiyotlarda “innovatsiya” tushunchasi ilmiy-texnika salohiyatini real, yangi mahsulot va texnologiyalarni yuzaga chiqaradigan jarayon sifatida talqin etiladi5. Innovatsiyalar yoki «yangi kombinatsiyalarni
2Кирпичников М. «Наука как основа экономики». Доклад министра науки и технологий РФ. М 2016. Стр. 1.
3Ковалёв Г.Д. Основы инновационного менеджмента. –М., 1999. – Стр. 192.
amalga oshirish» tushunchasiga yirik iqtisodchi olim SHumpeter tashkilot, mahsulot yoki ishlab chiqarish jarayonini doimiy takomillashtirish yo`li bilan olinuvchi strategik afzallik va yutuqlarni kiritgan. SHumpeterning qarashlarida innovatsiya sifatida quyidagi besh hol nazarda tutilganlgini ko`rish mumkin:
-yangi ne`mat tayyorlash;
-ishlab chiqarishning yangi usulini joriy qilish;
-yangi sotuv bozorini o`zlashtirish;
-xom ashyo yoki yarim tayyor mahsulotlar yangi manbasiga ega bo`lish;
-tegishlicha qayta tashkil qilish, masalan, monopol holatni ta`minlash6. SHuningdek, mashhur tadqiqotchi olim P.Druker ham innovatsiyaning iqtisodiy mazmunini asoslab berishga harakat qiladi va tadbirkorlar uning yordamida yangi xizmatlar yoki biznes turini amalga oshirish kabi o`zgarishlardan foydalanadigan o`ziga xos bir alohida vositasi sifatida ta`riflaydi5. P.Drukerning ta`rifi Y.SHumpeterning klassik ta`rifi mohiyatini to`ldirib, bir vaqtning o`zida samarali rivojlanishning sharti sifatida tashkiliy-iqtisodiy omilning ahamiyatini va yangi tovarlarni amaliyotda qo`llash zaruratini ta`kidlaydi.
Ko`pchilik tadqiqotchilar ishlab chiqarishni rivojlantirish intensivligining to`g’ridan-to`g’ri tavsifi hisoblangan texnologik innovatsiyalarga e`tibor qaratadi. Ular qatoriga fan-texnika taraqqiyotini belgilab beradigan ishlab chiqarish texnologiyalari, usullar, vositalar va o`zgarishlar kiritiladi6. Innovatsion faoliyatning mohiyati birinchidan, amaliyotga yangi, takomillashgan ishlab chiqarishni joriy etish, ikkinchidan, mahsulot ishlab chiqarish xarajatlarining barcha turlarini qisqartirish, uchinchidan, ishlab chiqariladigan mahsulotlar narxlarini pasaytirishda ularni iste`mol va sifat xususiyatlarini doimiy ravishda oshirib borish bilan izohlanadi7.
SHunday qilib, ilmiy asoslangan yangiliklar tarqatilish va joriy etilish paytidan boshlab innovatsiyalarga aylanadi. Innovatsiyalarni bozorga tatbiq etish jarayoni innovatsiyalarni tijoratlashtirish jarayoni deb ataladi. Bizning fikrimizcha, innovatsiya – bu qandaydir yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan maxsulot (tovar, xizmat) yoki jarayonni, marketingning yangi uslubini, ish amaliyotida, ish
4Шумпетер И. Теория экономического развития (исследование предпринимательской прибыли, капитала, кредита, процента и цикла конъюнктуры).-М.: Прогресс, 1982. - С. 159.
joylarini tashkil qilishda yoki tashqi aloqalarda yangi tashkiliy uslubni iste`molga kiritishdir. Innovatsiya - bu kapitalni yangi texnika yoki texnologiyaga, ishlab chiqarishni tashkil etishning yangi shakllariga, xizmat ko`rsatishga, boshqarishga va boshqalarga jalb etishdan olingan moddiylashtirilgan natijadir. Innovatsiyalarni yaratish, o`zlashtirish va tarqatish jarayoni innovatsion faoliyat yoki innovatsion jarayon sifatida tushuniladi.
Innovatsion faoliyatning natijasini innovatsion mahsulot deb ham atash mumkin. Innovatsiya yangi turdagi yoki takomillashtirilgan va bozorda sotishga mo`ljallangan mahsulot yaratishni, amaliy faoliyatda qo`llaniladigan yangi turdagi yoki takomillashtirilgan texnologik jarayonni o`zida aks ettiradigan innovatsion faoliyatning pirovard natijasidir. Bundan tashqari, “innovatsiya” termini bilan “ixtiro” va “kashfiyot” tushunchalari ham bog’liqdir. Odatda, “ixtiro” deganda insoniyat tomonidan ilgari fanga ma`lum bo`lmagan yangi asboblar, uskunalar va mexanizmlar yaratish tushuniladi. “Kashfiyot” tushunchasi esa fanda ilgari ma`lum bo`lmagan ma`lumotlarni olish yoki tabiat hodisalarini kuzatish jaryonini bildiradi. Innovatsiyaning minimal alomati maxsulot, jarayon, marketing yoki tashkiliy uslub, u mazkur firmada yaratilgan yoki o`zlashtirilganligidan qat`iy nazar, mazkur tashkilotning amaliyoti uchun yangi (yoki sezilarli darajada yaxshilangan) bo`lishi zarurligidir. Innovatsion faoliyat xaqiqatdan innovatsiyani amalga oshirishga olib keladigan yoki shu maqsad bilan ko`zlab qilingan barcha ilmiy, texnologik, tashkiliy, moliyaviy, tijorat, marketing xarakatlardir. SHuningdek, innovatsion faoliyat qandaydir aniq innovatsiyani tayyorlash bilan to`g’ridan-to`g’ri bog’liq bo`lmagan tadqiqotlar va ishlanmalarni o`z ichiga oladi.
Zamonaviy iqtisodiyotda innovatsiyaning roli kun sayin ortib bormoqda. Innovatsiyani qo`llamasdan turib ilm sarfi va yangiligi yuqori darajada bo`lgan raqobatbardosh mahsulotlarni yaratish mumkin emas. SHuning uchun bozor iqtisodiyotida innovatsiyalar raqobat kurashida samarali vosita hisoblanib, yangi talablarning vujudga kelishiga, mahsulot ishlab chiqarish harajatlarining kamayishiga, investitsiya oqimining ko`payishiga, yangi mahsulot ishlab chiqaruvchilarning imidji, ya`ni reytingi oshishiga, yangi ichki va tashqi bozorlarni ochish hamda egallab olishga olib keladi. Innovatsiya faoliyatini
o`rganish predmeti ikkita tarkibiy qismdan iboratdir: innovatsiya faoliyati sub`ekti va innovatsiya faoliyati ob`ektlari. Innovatsiya faoliyati sub`ektlari sifatida quyidagilar hisoblanadi:
innovatsiya faoliyatini amalga oshirishda ishtirok etayotgan davlat tashkilotlari;
innovatsiyalarni yaratayotgan va amalga oshirayotgan jismoniy va yuridik shaxslar;
asosiy faoliyati innovatsiyalarni yaratish, ulardan foydalanish, texnologik parklar, innovatsiya fondlar, innovatsiya markazlari, innovatsiya faoliyati infratuzilmasining innovatsion va boshqa tashkilotlari).
Innovatsiya faoliyati ob`ektlari bo`lib quyidagilar hisoblanadi:
davlat innovatsiya ishlari dasturlari va innovatsiya ilmiy-texnika loyihalari;
ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va texnologik ishlar va intellektual faoliyat natijalari: ixtirolar, foydali modellar, sanoat namunalari, selektsiya yutuqlari, dasturiy mahsulotlar, nou-xau, yangi texnologiyalar, texnik, texnologik va qurilish injiniring ob`ektlari va boshqa innovatsiya mahsulotlari.
Bugungi kunda samarali innovatsion faoliyatni ta`minlashda ularga ko`maklashuvchi turli tashkilotlardan tashkil topgan innovatsion infratuzilmaning shakllanishi shartdir. Innovatsion infratuzilma - bu tashkiliy, boshqaruv, moddiy- texnik, moliyaviy, axborot, kadrlar bo`yicha, konsalting va boshqa xizmatlarni mujassamlagan, innovatsiya loyihalarini amalga oshirishga imkon beruvchi innovatsiya faoliyati sub`ektlarining majmuasidir. Innovatsion infratuzilmaga tarkibiy jihatdan quyidagi asosiy funktsiyaviy elementlarni kiritish mumkin:
davlat innovatsiya loyihalari va dasturlarining buyurtmachilari (keyingi o`rinlarda – buyurtmachilar deb yuritiladi);
ilmiy-tadqiqot, loyihalash-konstruktorlik va ta`lim muassasalari; ishlab chiqarish tashkilotlari va ularning birlashmalari;
innovatsion tashkilotlar; innovatsiya markazlari; innovatsiya va venchur fondlari;
innovatsiya faoliyatida ishtirok qiluvchi nodavlat notijorat tashkilotlar;
innovatsiya faoliyatini amalga oshirayotgan xorijiy yuridik va jismoniy shaxslar; qonunchilikka muvofiq innovatsiya faoliyatini amalga oshirayotgan boshqa tashkilotlar.
Bozor iqtisodiyoti islohatlari izchillik bilan amalga oshirilayotgan O`zbekistonda innovatsiya bilan shug’ullanadigan sub`ektlar doirasida kichik biznes korxonalarining faoliyati natijasi sifatida turli mahsulotlarni ishlab chiqarish muhimdir. Innovatsiyani amalga oshirgan kichik korxona uni o`z hududiga raqobatchilardan (xalqaro firmalarni xam qo`shgan xolda) avval chiqarsa, innovatsiyalar bozor uchun yangi hisoblanadi. Agar qaysidir maxsulot, jarayon, marketing yoki tashkiliy uslublar boshqa firmalarda ishlatilayotgan bo`lib, lekin mazkur firma uchun yangilik (yoki mahsulot yoki ishlab chiqarish jarayoni sezilarli darajada yaxshilangan) bo`lsa, innovatsiyalar firma uchun yangi hisoblanadi.
YAngi maxsulot va jarayonlarni ishlab chiqarish va joriy etish, shuningdek maxsulot va jarayonlarni sezilarli takomillashtirish; texnologik jihatdan yangi yoki sezilarli takomillashtirilgan xizmatla va ishlab chiqarish (ko`rsatish) usullarini ishlab chiqarish va joriy etish texnologik innovatsiyalar sifatida qabul qilinadi. Innovatsiyalar inobatga olinadigan texnologik parametrlariga qarab maxsulot innovatsiyalari va jarayon innovatsiyalariga bo`linadi.
Maxsulot innovatsiyasiga yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan tovar va xizmatlar, polufabrikatlar va ehtiyot qismlar kiradi.
Jarayon innovatsiyasi – yangi yoki sezilarli darajada yaxshilangan ishlab chiqarish yoki etkazib berish uslubini, texnik jarayonlar, uskunalar yoki dasturiy ta`minotdagi sezilarli o`zgarishlarni, ishlab chiqirishni tashkil etishning yangi metodlari yaratishdir.
Tashkiliy innovatsiya – bu firmaning ish amaliyotiga yangi tashkiliy uslubni joriy etishdir. Tashkiliy innovatsiyalarga firma birinchi marta foydalanayotgan ish amaliyotini tashkil qilish, ish joylari yoki tashqi aloqalarni tashkil qilish masalalari kiradi.
Tashkiliy innovatsiya eng yaxshi xarakat usullari, o`quv materiallari va ularni yanada ommabop qiladigan boshqa ma`lumotlarni o`z ichiga olgan yangi
ma`lumotlar bazasini tashkil qilishni, firma faoliyati integral monitoringi tizimini birinchi bor joriy etishni (ishlab chiqarish, moliya, strategiya, marketing), ta`minot zanjirini, biznesni qayta tashkil qilishni, ishlab chiqarishni qisqartirishni boshqarish tizimini yoki sifatni boshqarish kabi umumiy ishlab chiqarish yoki ta`minlash operatsiyalarini boshqarish tizimini birinchi bor joriy etishni va boshqalarni ifodalaydi.
Vujudga kelish manfaati bo`yicha innovatsiyalar asosan uch turga bo`linadi:
fan va texnikani rivojlanishi bilan bog’liq innovatsiyalar:
ishlab chiqarish ehtiyoji bilan bog’liqinnovatsiyalar;
bozor talabi bilan bog’liq innovatsiyalar.
Korxonalarning faoliyati turlariga qarab innovatsiyalar texnologik, ishlab chiqarish, iqtisodiy, ijtimoiy, savda va boshqarish sohasi ko`rinishida ham kvalifikatsiyalanadi. Demak, innovatsiya iqtisodiy kategoriya sifatida ishlab chiqarish va yangiliklarni qo`llashning eng umumiy xossalarini, alomatlarini, aloqalari va munosabatlarini aks ettiradi. Ayniqsa innovatsiyalarning korxonalar raqabatbardoshligini oshirishdagi funktsiyasi muhim ahamiyatga egadir.
Ishlab chiqarish funktsiyasiga ko`ra, innovatsiya kengaytirilgan ishlab chiqirishni moliyalashtirishning eng zaruriy manbasini bildiradi. Innovatsiyaning iqtisodiy mohiyati uning natijasidan foyda olishni va moliyaviy resurslar manbasi sifatida foydalanishda ko`rinadi.
Dostları ilə paylaş: |