Iqtisodiyot va turizm


Iqtisodiy qonunlarni bilishning ahamiyatiyati



Yüklə 238,29 Kb.
səhifə2/2
tarix14.02.2023
ölçüsü238,29 Kb.
#84304
1   2
menejment fanidan mustaqil ish

Iqtisodiy qonunlarni bilishning ahamiyatiyati
Menejment jamiyat qonunlari tizimiga asoslanadi. Nazariy jixatdan tushunmay va asoslanmagan xolda birorta yirik amaliy masala xal etilishi mumkin emas. Nazariya yangilanishning muxim usulidir. Fan esa vokelik xaqida obyektiv bilimlarni urganish va tartibga solishga qaratilgandir. Bilimlarni tartibga solinishi qonunlarda ifodalanadi. Qonun - falsafiy kategoriya bo’lib, borlik vokealarning barqaror, takrorlanuvchan aloqasi va munosabatini, xodisalar yo’z berishining aniq tartibda bo’lishiga olib keluvchi tomonlarini aks ettiradi. Qonunlarni bilish rivojlanishning obyektiv yunalishlarini aniqlash, amaliy vazifalarni xal etish imkonini beradi. Shu sababli iqtisodiyotni boshqarish qonunlarni bilash, ularni amalda ustalik bilan qo’llay olishga asoslanishi kerak. Umumiy falsafiy qonunlar materiya, xarakat, makon, zamon, miqdor, sifat, sabab, okibat, shakl, mazmun kabi kategoriyalar vositasida ifodalanadi. Iqtisodiy nazariya qonunlari iqtisodiy kategoriyalar vositasida (mulk, ishlab chiqarish, talab, taklif, taksimt, ayirboshlash, qiymat, narx, foyda, tovar, pul, muvozanatlanish) fiodalanadi. Iqtisodiyotni boshqarishda qonunlardan qanchalik tulik va izchil foydalanilsa, mexnat sarfi shunchalik samarali bo’ladi. Va, aksincha, boshqarish jarayonida iqtisodiy qonunlarni xisobga olmaslik jamiyat uchun kutilmagan, salbiy okibatlarga olib keladi. Shu sababli boshqaruv qonunlarini urganishda fakat amal qilishni emas, balki boshqaruv jarayonida ongli ravishda qo’llanilishni xam ko’zda tutish lozim. Boshqaruv qonunlaridan ongli ravishda foydalanishning ko’p jixatdan ularni urganish bilan bog’liq. Qonunlar qanchalik chukur urganilsa, ulardan amalda to’g’ri foydalanish imkoniyatlari ortadi. Lekin boshqaruv qonunlarini bilish ularni aniq amaliyotda muvaffaqiyatli qo’llash uchun kafolat bulolmaydi. Qonunlarni bilishda nazariya amaliyotdan ajralib kolishi foydasizdir. Demak, qonunlardan foydalanish ularni bilish, tushunish, amalda o’z vaqtida va to’g’ri qo’llay olishga bog’liq ekan. Bu boshqaruv samaradorligini oshirishda xal qiluvchi omildir. Iqtisodiy qonunlar tizimidan foydalanishning asosiy unsurlari va bosqichlri quyidagi sxemada aks ettirilgan: Ko’rsatilgan sxemani taxlil etish jarayonida uchta o’zaro bog’liq va ketmaket, iqtisodiy qonunlar tizimidan foydalanilgan xolda yechiladigan masalalarni ko’rib utish zarur:  mavjud qonunlarni, ularning u yoki bu bosqichda namoyon bo’lish xususiyatlarini xisobga olgan xolda chukur va xar tomonlama bilish;  iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish maksadlarini belgilash va ularni xal etish yo’llarini aniqlash;  xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyoti sharoitida rivojlantirish va unga mos shakl va uslublarini qo’llash. 1.2 Umumiy falsafiy va iqtisodiy qonunlar. Umumiy falsafiy va iqtsodiy qonunlardan to’g’ri foydalanilgan xoldagina iqtisodiyotni muvaffaqiyatli boshqarish mumkin. Ishlab chiqarishni boshqarishdagi turli-tuman ijtimoiy munosabatlar umumiy falsafiy, xam iqtisodiy nazariya umumiy qonunlarga buysunadi. Iqtisodiy qonunlar tizimi Iqtisodiy qonunlarni bilish Maqsadlarni belgilash va ularga erishish yo’llarini aniqlash Qaror qabul qilish Xo’jalik faoliyatini tashkil etish Umumiy falsafiy qonunlar bu avvalo quyidagi materialistik dialeqtika qonunlaridir: 1. Miqdor o’zgarishlarining sifat o’zgarishlariga utish qonuni narsa va xodisalar miqdor va sifat jixatlarini o’zaro bog’liqligi va ta’sirini tavsiflaydi. 2. Qarama-qarshiliklar birligi va kurashi qonuni xarakatlantiruvchi kuch,o’zo’zidan xarakat qilib amalga oshuvchi rivojlanish manbaini ko’rsatadi. 3. inkorni inkor etish qonuni cheqsiz rivojlanish va takomillashish yunalishini belgilaydi. Eskirgan narsani inkor etmay, rivojlanishga erishib bulmaydi, chunki inkor natijasida yangi narsa uchun joy yaratiladi. Shuning uchun inkor yangi bilan eski boglangan vaqtdir. Bozor munosabatlari sharoitida menejment eski buyruqbozlik shakl va uslublarni inkor etib, ular ilmiy asoslangan yangilari bilan almashtiriladi. 4. ijtimoiy borlikning ijtimoiy ongdan birlamchi ekanligini belgilovchi qonun mexnat jamoasi, aloxida mexnatkash xayotining birlamchi ekanligini ko’rsatdi. Boshqaruvni umumlashtirish zarur bo’lgan ijtimoiy, jamoa, shaxsiy manfaatlarni aniqlashda bu qonun amal qilishini xisobga olmay amalga oshirib bulmaydi. 5. Ishlab chiqarish kuchlarining ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarga nisbatan belgilovchi ekanligini ifodalovchi qonun boshqaruv uchun katta ahamiyatiiyatga ega. Aynan boshqaruv vositasida ishlab chiqarishning ikki tomoni ishlab chiqaruvchi kuchlar va ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar aloqasi yo’z beradi. Falsafaning yuqorida sanab utilgan va boshqa qonunlari menejment metodologiyasi asosini tashkil etadi. Ular menejmentda markaziy kategoriyalar bo’lib, uning konsepsiyasi birligini mustaxkamlash, barcha kategoriyalar urtasidagi bog’liqlikni aniqlashga imkon yaratadi. Iqtisodiyotni boshqarish tizimida iqtisodiy qonunlar yetakchilik kiladi. Insonlar mexnatini erkin birlashtiruvchi va tartibga soluvchi boshqarish tizimi maksadlarni aniq belgilash, ularni amalga oshirish yo’llarini izlash, ular erishilgan natijalariga baxo berish, iqtisodiy samaradorligida aks etuvchi iqtisodiy qonunlar talablari aniq xisobga olish lozim. 1. Jamiyat extiyojlarini mumkin kadar kam resurslar sarflab iloji boricha tulik kondirish qonuni. Jamiyatdagi barcha iqtisodiy va ijimoiy jarayonlar, ularni amalga oshirish qonunlari bu qonunga amal kiladi, chunki u quyidagilarni ifodalaydi:  ishlab chiqarishning obyektiv yunalishi, uning xalq farovonligini oshirish, shaxsiy xar tomonlama rivojlantirishga qaratilganligini;  insonlar xo’jalik faoliyatining asosiy sabablari, umumxalq iqtisodiy manfaatlarining yetakchiligini;  ishlab chiqarish samaradorliginining ijtimoiy-iqtisodiy moxiyatini. Bozor munosabatlari sharoitida bu qonunning mazmuni xar tomonlama boyib boradi. 2. Qiymat qonuni yoki narx qonuni. Tovarlarning pulda ifodalangan qiymati narx deb ataladi. Narx esa talab va taklifga bog’liq ravishda aniqlanadi. Narx bozor barametridir: agar talab va narx yuqori bo’lsa, ishlab chiqarish kengayadi. Talab va narx pasayganda ishlab chiqarish kiskaradi. Talab xajmi va tarkibi taklif xajmi va tarkibiga teng bo’lgan xoldagi narx muvozanat narxi deyiladi. Ishlab chiqariladigan xar bir tovar turi, xajmi ularga bo’lgan ijtimiy extiyojlarga teng bo’lishi, ya’ni tulov kobiliyatiga ega talabga teng bo’lishi kerak. 3. Talab qonuni. Uning mazmuni shundan iboratki narx qancha yuqori bo’lsa, talab shunchalik kam bo’ladi. Talab xaridorning tulov kobiliyatini ifodalaydi. Bunda talab elastikligi koeffisiyenti qanday aniqlanishini ko’rib chiqamiz: talab xajmi usishi % Qtalab elas. = _____________________; narxlarning pasayishi % 4. Taklif qonuni. U narx ortishi bilan taklif ortishini ifodalaydi. Taklif - bu tovar va xizmatlarning narxdagi qiymatidir. Bunda taklif elastikligi koeffisiyenti quyidagiga teng: taklif usishi xajmi, % K taklif.elas. = _____________________ ; narxlar usishi, % 5. Rakobat qonunining moxiyati shundan iboratki, ya’ni rakobat sharoitida zarar keltirmay eng yaxshi natijaga ega bo’lib bulmaydi, chunki barcha tovar ishlab chiqaruvchilarning daromadi oshishi tartibini o’rnatib bulmaydi. 6. Iste’molchi nuqtai nazaridan eng sunggi naflilik qonuni. Naflik - tovar va xizmatlar iste’molidan konikishni bildiradi. Umumiy naflilik ma’lum tovar va xizmat birligidan konikishni bildiradi; sunggi naflik - shu tovar va xizmatning yana sotib olishdan konikishni bildiradi. Shunday qilib, bozor munosabatlari shakllanayotgan sharoitda iqtisodiy qonunlardan foydalanish imkoniyatlari xar tomonlama kengayib boradi. 1.3 Menejmentning asosiy tamoyillari. Tamoyil - bu faoliyat yuritish, xalqning asosiy koidasi, yetakchi g’oyadir. Ilmiy adabiyotlarda odatda boshqaruv tamoyillari deganda iqtisodiyotga raxbarlik qilishda asoslaniladigan asosiy koida, yo’l-yurik, xulk meyorlari tushuniladi. Boshqaruv tamoyillari iqtisodiyot qonunlari ta’siri natijasida boshqaruv usullariga bog’liq xodisalar moxiyatini aks ettiradi. Boshqaruv mexanizmi sxemasini quyidagicha ifodalash mumkin: qonunlar tamoyillar usullar uslublar. Boshqaruv tamoyillari o’zaro bog’liq va birgalikda qo’llanilishi lozim. Asosiy tamoyillarga quyidagilar kiradi: 1. Boshqaruvda yakkaboshchilik va kollegiyalik tamoyili. Yakkaboshchilik tamoyili bevosita ishlab chiqarishda ishlab chiqarish personali a’zolarining yagona raxbar buyruqlariga kat’iy buysunushini talab kiladi. Yuqori darajadagi raxbar quyi bo’g’in raxbari vakolatiga kiruvchi masalalarni xal etmasligi lozim. Bu tamoyilni amalga oshirishning asosiy sharti xar bir ijrochining xuquq, burch, majburiyatlarini kat’iy belgilab quyishdir. Yagona boshchilik kollegiallik, qabul qilinadigan qarorlar oshqaraligi bilan kushib olib borilishi kerak. Kollegiallik intizom, raxbar, yagona shaxs irodasigaso’zsiz buysunush bilan birga amalga oshishi kerak. Demoqratiya, oshqoralik xar bir kishiga o’z fukarolik karashlarini namoyon qilish, boshqaruv qarorlarini ishlab chiqish va qabul qilishda faol katnashish uchun imkon yaratadi. 2. Ilmiylik tamoyili. Boshqaruv tamoyillari orasida valyutarizmni inkor qiluvchi xar bir raxbar iqtisodiy qonunlar, jamiyat rivojlanishining obyektiv yunalishlari, bu soxada milliy va chet el tajribasini qo’llashini takozo qiluvchi o’rin egallaydi. 3. Rejalilik tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarishni rejali boshqarish - biznes va trategik rejasini to’zish - iqtisodiy siyosatlarni amalga oshirishning muxim shartidir. Bu tamoyil ishlab chiqarish rivojlanishining o’zok muddatga muljallangan yunalishlari, sur’atlari va nisbatlarini, sur’atlari va nisbatlarini belgilashni ifodalaydi. Ishlab chiqarishni rejalashtirish boshqarishning asosiy vazifalaridan biridir. U iqtisodiy qonun, ishlab chiqarishning xozirgi xolatini ilmiy taxlil etish, extiyojlarni istikbolini aniqlash texnikaviy va tashkiliy qarorlarni zabul qilish asosida amlaga oshiriladi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida strategik rejalashtirish - u yoki bu tarmoq rivojlanishining maqbul nisbatlarini, eng muximi resurslardan samarali foydalanish yo’llarini belgilovchi iqtisodiy rivojlanish parametrlarini aniqlash muxim ahamiyatiiyatga ega bo’ladi. 4. Boshqaruv shakl va usullarini takomillashtirib borish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida boshqaruvning uch shakli mavjud: xususiy, jamoa, davlat boshqaruvi. Boshqaruvning xususiy shaklida mulkdor yakka o’zi qaror qabul kiladi va butun ish uchun javobgar bo’ladi. Boshqaruv xususiy shaklining ijobiy tomoni mulk egasi ishlar borishini o’zi tulik nazorat qilish imkoniyatiga egaligi kamchiligini esasarsoyaning uncha katta bulmasligi va bir kishi boshqaruvning turli vazifalarini bajarishiga majburlidir. Mulkdor boshqaruvning barcha vazifalarini amalga oshirishi: rejalashtirish, tashkil etish, ragbatlantirish, yukatosh zarar va boshqalarga shaxsan bo’lishdadir. Kuchli rakobat sharoitida mulkdor sinmasligi uchun doimo o’z bilimlarini ko’paytirib, boshqaruv usullarini takomillashtirib, ya’ni ishchilarga ta’sir etish yo’llarini bozorda mavjud xolatga mos ravishda o’zgartirib borishi kerak. Boshqaruvning jamoa shaklida ikki yoki undan ko’p jismoniy va xuquqiy shaxslar boshqaruv qarorlarini birgalikda qabul kiladilar va korxona yoki aksionerlar jamiyati faoliyati uchun javobgar bo’ladilar. Sherikchilik nisbatan malakali boshqaruv qarorlarini qabul qilish, boshqaruvning xususiy shakli kamchiliklarini bartaraf etishga imkon yaratadi. Boshqaruvning jamoa shaklining afzalligi sheriklar aksiya sotish yo’li bilan qo’shimcha sarmoya jalb qilish imkoniyatiga ega bo’lishidadir. Boshqaruvning jamoa shakli direqtorlar kengashi tomonidan amalga oshirilib, u asosiy boshqaruv siyosatini va boshqaruvning majud vaziyatga mos iqtisodiy, tashkiliy-boshqaruvchilik, ijtimoiy-psixologik, xuquqiy usullarini tanlaydilar. Boshqaruvning jamoa shaklining asosiy kamchiligi barcha sheriklar - aksiya egalari boshqaruvda va korxona faoliyatini nazorat qilishda katnasha olmaydi. Uning yana bir kamchiligi - korporasiya, aksionerlar jamiyati yoki korxona aksionerlaridan «ikki yoklama» solik olinishidir, chunki korxona foydadan. Aksionerlar esa qo’shimcha ravishda dividentdan solik tulaydilar. Davlat boshqaruv shakli davlat yoki maxalliy mulk bo’lgan korxonalarda amalga oshiriladi. Davlat bu korxonalar faoliyati uchun tulik javob beradi. 5. Qadrlar tanlash va joylashtirish tamoyili. Bozor iqtisodiyoti sharoitida qadrlarni tanlash va joy-jiyiga quyish tamoyili maxim ahamiyatiiyat kasb etadi. Bozor munosabatlari boshqaruv qadrlariga kat’iy talablar kuyadi, ularning ishbilarmonlik sifatlari, ishlab chiqarish oldida turgan masalalarni belgilaydi. 6. Agentlar mustaqillik va erkinligi tamoyili. Bozorda agentlar faoliyati iqtisodiy javobgarlik bilan birgalikda amalga oshishi kerak. 7. Shaxsiy tashabbus tamoyili. Bozorda ishbilarmon, omilkor, shaxsiy foyda uchun xarakat qiluvchi, tadbirkor kishilar faoliyat yuritishi kerak. 8. Javobgarlik va tavakkalchilik tamoyili. Tadbirkor o’z faoliyati uchun javobgar bo’lishi, bunda ma’lum tavakkalchilik xam xisobg

Xulosa
Xulosa qilib aytganda menejment tamoyillari haqida fikr yuritishdan avval menejmentning o’zi qanday tushuncha, nima ma’no anglatishi haqida fikr yuritish maqsadga muvofiq bo’ladi. Menejment (ingl. management) — boshqarish, tashkil etish) — maxsus boshqarish faoliyati; boshqarish toʻgʻrisidagi fan. M.ning holati i.ch. samaradorligiga, texnika va texnologiya darajasi hamda ishchi kuchining sifatiga taʼsir koʻrsatadi. M.fanining mazmuni boshqaruv tizimi va boshqaruv obʼyekti orasidagi oʻzaro munosabat boʻlib, uning asosiy vazifasi boshqaruvning zamonaviy usullarini, rahbarlik sanʼati sirlarini oʻrganishdan iborat [1] . Har qanday ishlab chiqarish korxonlari yoki firmalari o’z faoliyatini boshlar ekan o’sha korxonada boshqaruv mexanizmi ishga tushadi. Har bir boshqaruvchi o’z faoliyatini gullab yashnashi yoki tanazzulga uchrashi uning chiqargan qarorlariga asosan bog’liq bo’ladi. Demak menejerning har bir chiqargan qarori korxona taqdirini hal qilar ekan. Menejerning qanchalik aniq va asosli qaror chiqarishi bu uning menejment haqidagi bilimlariga, ko’nikma va malakalariga bog’liqdir. Menejment qonunlari va tamoyillari uning poydevorini talab qiladi.


ADABIYOTLAR
1. O’zbekiston Prezidenti Islom Karimovning 2014-yilda ijtimoiy iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2015-yilga mo’ljallangan iqtisodiy dasturning eng muhim ustivor yo’nalishlariga bag’ishlangan maruzasi.
2. O`zbеkiston Rеspublikasi Konstitusiyasi. – T.: O`zbеkiston, 2003.
3. “Korxonalar to`g`risida”gi O`zbеkiston Rеspublikasining Qonuni. – T.: Adolat, 2000.
Yüklə 238,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin