Iqtisodiyot va


 Ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish



Yüklə 149,63 Kb.
səhifə3/3
tarix20.12.2023
ölçüsü149,63 Kb.
#187329
1   2   3
Iqtisodiyot va turizm fakulteti buxgalteriya hisobi va audit ta’-fayllar.org

3. Ilmiy tadqiqot ishlari to‘g‘risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish 
Ilmiy tadqiqot ishlari (ITI) to‘g‘risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish
umumiy talablari, shakli va qoidalari umumqabul qilingan mezonlarda
belgilangan.

ITI hisobotlariga quyidagi talablar qo‘yiladi:


– tuzilishning aniqligi;
– materiallarni bayon qilishning mantiqiy ketma-ketligi;
– dalillashning ishonchliligi;
– ifodalashning qisqa va aniqligi;
– ish natijalari bayonining aniqligi;
– xulosalarning isbotlanishi va tavsiyalarning asosliligi.
Hisobotlarni rasmiylashtirish umumiy talablari va qoidalari «ilmiy tadqiqot
ishlari to‘g‘risidagi hisobot» bo‘yicha Davlat standarti 7.32-91 da berilgan.
ITI haqidagi hisobot quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– bosh varaq;
– bajaruvchilar ro‘yxati;
– referat;
– mundarija (sarlavha);
– qisqartmalar, belgilar va maxsus terminlar ro‘yxati, zarur holda ularga
tushuntirish beriladi;
– asosiy qism;
– adabiyotlar ro‘yxati;
– ilova.
Referat o‘tkazilgan ITI asosiy mazmunini ifodalash kerak, unda
hisobotning hajmi, tasvirlar miqdori va tavsifi, jadvallar miqdori, hisobot


10
yozilgan til, asosiy so‘zlar ro‘xati va referat matni haqidagi ma’lumot bo‘lishi


lozim.
Referat matni quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
– bajarilgan ish mohiyatni va tadqiqot usulini ifodalovchi asosiy qism;
– referat asosiy qismi mazmunini ochib beruvchi aniq ma’lumotlar;
– olingan natijalarning o‘ziga xosligi, samaradorligi, qo‘llanilishi mumkin
bo‘lgan sohalarga taalluqli qisqacha xulosalar.
Referatning eng maqbul hajmi 1100–1200 bosma belgi.
Hisobotning asosiy qismi quyidagi bo‘limlarni o‘z ichiga oladi:
– kirish;
– analitik sharh (masalaning qo‘yilishi);
– ishning tanlangan yo‘nalishini asoslash;
– bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarini ifodalovchi hisobot
bo‘limlari;
– xulosa (xulosa va takliflar).
Kirish ish bag‘ishlangan ilmiy-texnikaviy muammo (masala)ning
zamonaviy ahvolini, shuningdek, ishni maqsadini qisqacha tavsiflash kerak.
Kirish qismida tavsiflanayotgan ishdagi yangilik va dolzarblik nimadan
iboratligini bayon etish va uni o‘tkazish zarurligini asoslash zarur.
Analitik sharhda tadqiqotni metodikasi va hal etish vositalari bo‘yicha
adabiyotlarda keltirilgan ma’lumotlar, ITI oldida turgan masalani yangicha hal
etish yo‘llari bayon qilinishi lozim. Ishning tanlangan yo‘lini asoslash boshqa
mumkin bo‘lgan yo‘nalishlarga taqqoslash bo‘yicha afzalliklariga asoslanadi. ITI
tanlangan yo‘nalishi va ishchi gipoteza ITI o‘tkazish aniq shartlarini hisobga
olgan holda analitik sharhda mavjud bo‘lgan tavsiyalarga asoslanishi kerak. ITI-
ning tanlangan yo‘lini asoslash ishning maqsadga muvofiqligi (yoki zarurligi)ni
asoslash bilan almashtirmasligi kerak. ITI tanlangan yo‘nalishi tegishli
topshiriqlar bilan asoslanmasligi lozim.


11
Bajarilgan ish metodikasi, mazmuni va natijalarni ifodalovchi hisobotning


qismlari barcha oraliq va yakuniy natijalar, shu jumladan salbiylari bilan
birgalikda to‘la va tadrijiy tarzda bayon etilishi kerak.
Tadqiqot metodikasi tadqiqot o‘tkazish metodologiyasini tanlashni
asoslanishini, bunda foydalanilayotgan yoxud ishlab chiqilayotgan texnikaviy
vositalar, matematik yoxud tadqiqot natijalarini ishlab chiqishning boshqa
metodini asoslangan informatsiyaning tegishli manbayiga havola qilingan holda
o‘z ichiga olishi kerak.
Mazmun va bajarilgan ish natijalari qismida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
maqsad, muayyan eksperimentlar programmasining, ular mohiyatining tavsifi;
olingan ma’lumotlar aniqligi va ishonchligi baholanishi hamda nazariy
ma’lumotlar bilan taqqoslanishi. Bunday taqqoslash bo‘lmaganda u hol
asoslanishi kerak. Olingan natijalar ta’kidlanishi va ularni qo‘llanilish imkoniyati
tavsiflanishi zarur.
Ilovada asosiy matnga qo‘shilganda ko‘p joyni egallaydigan qo‘shimcha
materiallar beriladi. Quyidagilar ana shunday materiallar hisoblanadi:
– oraliq matematik qistirmalar va hisob-kitoblar;
– yordamchi raqamli ma’lumotlar jadvali;
– sinov bayoni va hujjatlari;
– eksperiment o‘tkazishda qo‘llanilgan apparatlar va priborlar tavsifi,
o‘lchashlar va sinashlar;
– joriy texnikaviy yechimlar yo‘riqnomasi, metodikasi, tavsifi, qo‘-
shimcha tarzdagi tasvirlar va sh.k.
Matn qismi, tasvirlar, jadval va formulalar ilmiy tadqiqot ishi haqidagi
hisobotni rasmiylashtirish qoidalariga bo‘lgan me’yoriy talablarga muvofiq
rasmiylashtiriladi.
Hisobotda beriladigan tasvirlar miqdori mazmuniga ko‘ra belgilanadi va
bayon etilayotgan material ravshan va aniq bo‘lishi uchun yetarli miqdorda


12
berilishi lozim. Tasvirlar shunday tayyorlanishi kerakki, qismlari va yozuvlar


sifatli reproduksiya yoki kompyuterda aks ettirish imkonini ta’minlaydigan
bo‘lishi lozim. Mikrofilmi tayyorlanishi zarur bo‘lgan hisobotlar uchun shtrixli
tasvirlar va fotosuratlarni asl nusxasi qo‘shimcha qilinishi kerak. Nusxa va rangli
rasmlar qo‘shilmaydi.
Barcha tasvirlar (fotografiya, tarxlar, chizmalar va b.) rasmlar deb ataladi.
Rasmlar har bir qism ichida arab raqamlari bilan tadrijiy ravishda
raqamlanadi. Rasm raqami bob tartib raqami va rasm tartib raqamidan iborat, bir-
biri bilan nuqta yordamida ajratilgan bo‘lishi kerak. Masalan, «2.1-rasm»
(ikkinchi bob, birinchi rasm). Hisobot matnida rasmga havola qilinganda uning
aniq tartib raqamini ko‘rsatish kerak, masalan, «2.1-rasm», «2.2-rasm». Ayni bir
rasmga takror havolaga yo‘l qo‘yiladi. Bunda havola qisqartma so‘z «qarang»
bilan beriladi, masalan, «qarang 2.1-rasm» yoki «7.2-rasmga qarang».
Rasmlar ularga matnda havola qilingandan so‘ng hisobot tekstida ketmaket
joylashtiriladi. Rasmlarni shunday joylashtirish kerakki ularni hisobotni
varaqlamay ko‘rish mumkin bo‘lsin. Agar rasmlarni bunday joylashtirish imkoni
bo‘lmasa, ularni shunday joylashtirish lozimki, toki hisobotni soat strelkasi
bo‘ylab aylantirish mumkin bo‘lsin. Hisobotda A4 qo‘goz formatidan katta
bo‘lgan rasmlarni berish tavsiya etilmaydi.
Har bir rasm batafsil tavsifiy yozuvga ega bo‘lishi lozim. Ostyozuv rasm
tartib raqami bilan bir qatorga qo‘shib joylashtiriladi. Rasmdagi yozuvlar
hisobotdagi barcha rasmlar hajmi bo‘yicha bir xil shriftda bajariladi.
Hisobotlardagi ilmiy tadqiqotning raqamli materiallari jadval tarzida
joylashtiriladi. Har bir jadval tavsifiy sarlavhaga ega bo‘lishi kerak. Jadval
yuqorisida «jadval» va uning tartib raqam joylashadi. Jadval tartib raqami xuddi
rasmdagi kabi bo‘ladi. Sarlavha «jadval» so‘zidan yuqorida joylashadi.
«Jadval» so‘zi va sarlavha yozma harflarda yoziladi. Jadval grafalari
sarlavhasi katta harflarda yoziladi, sarlavhachalar esa kichik harflarda.


13
Hisobot matnida zarur hollarda formulalar joylashtiriladi. Formulalardan


so‘ng simvollar, koeffitsiyentlar va boshqa eksplikatsiyalarga tushuntirish
beriladi. Eksgashkatsiyalarda simvollar va raqamli koeffisiyentlar qiymati
formula tagidan ular formulada qanday tartibda berilgan bo‘lsa xuddi shunday
tartibda keltiriladi. Har bir simvol va raqamli koeffitsiyentni qiymati yangi
qatordan berilgani ma’qul. Eksplikatsiyaning birinchi satri «bunda» so‘zi bilan
boshlanadi. Bu so‘zdan keyin ikki nuqta qo‘yilmaydi.
Formula oxirida yoki nuqta, yoki vergul qo‘yiladi. Eksplikatsiya
keltirilayotgan holdagina vergul qo‘yiladi.
Formulalar bob ichida arab raqamlari bilan tartiblanadi. Formulaning tartib
raqami bob tartib raqami va formulaning tartib raqamidan iborat bo‘lishi kerak.
Har ikkala tartib raqami nuqta bilan ajratiladi va qavs ichida beriladi. Masalan,
«(1.02)» (birinchi bob ikkinchi formula). Formula tartib raqami sahifaning o‘ng
tomonida formulaning quyidagi qatori bilan bir xil satrda beriladi. Matnda
formulaga havola qilinganda uning aniq tartib raqami qavs ichida berilishi zarur,
masalan: «(1.02) formulada».
Hisobotga adabiyotlar ro‘yxati ilova qilinadi. Ro‘yxatga barcha
foydalaniladigan manbalar kiritiladi.
Monografiyalar, maqolalar, standartlar, kashfiyotlar, ma’ruza tezislari,
gazetadagi maqolalar, ITI hisobotlari, deponentlangan materiallar, kataloglar va
boshqa materiallar haqidagi ma’lumot OAKning 1985-yil 5-sonida e’lon qilingan
talablarga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Rezyume. ITI to‘g‘risidagi hisobotlarni rasmiylashtirish umumqabul
qilingan mezonlarga muvofiq amalga oshiriladi. Hisobotlar o‘z ichiga
quyidagilarni olishi kerak: bosh varaq, bajaruvchilarning ular bajargan ishlar
qisqacha mazmuni berilgan ro‘yxat, referat, sarlavha, qisqartmalar ro‘yxati,
simvollar va maxsus terminlar, asosiy qism, adabiyotlar ro‘yxati va ilova.
Metodikani ifodalovchi, bajarilgan ishning mazmuni va natijalari haqidagi


14
hisobotning qismlari to‘liq va tadrijiy tarzda barcha oraliq va yakuniy natijalar,


shu jumladan salbiylari bilan birga bayon etilishi kerak.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI 
1. Ilmiy tadqiqot asoslari A. Radjabov «Tafakkur-bo‘stoni» Toshkent
– 2012 yil
2. Ikramov M.A., Abduxalilova L.T. Marketing tadqiqotlarida statistik
tahlil. O‘quv qo‘llanma. – T.: “Iqtisodiyot”, 2017 y. 342 b.
3. Ergashxodjayeva Sh.Dj., Samadov A.N., Sharipov I.B. Marketing.
Darslik. - T.: Iqtisodiyot, 2013. -346 b.

http://fayllar.org



Yüklə 149,63 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin