Bitiruv malakaviy ishining ob`ekti Xitoy Xalq Respublikasida iqtisodiy
xavfsizlikni ta`minlash xususiyatlari hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishining
predmeti bo`lib iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash jarayonida yuzaga keladigan
munosabatlar xizmat qildi.
Bitiruv malakaviy ishining nazariy-uslubiy asosi bo`lib ijtimoiy
yo`naltirilgan bozor munosabatlarini shakllantirish, iqtisodiy xavfsizlikni
ta`minlashning tashkiliy-iqtisodiy va institusional jihatlarini takomillashtirish
bo`yicha yirik iqtisodchi-olimlar tomonidan yaratilgan ilmiy konsepsiyalar xizmat
qildi. Shuningdek, tadqiqot davomida O`zbekiston Respublikasi Prezidenti
farmonlari, Oliy Majlis tomonidan qabul qilingan qonunlar, Vazirlar
Mahkamasining qarorlari va boshqa me`yoriy hujjatlardan ham keng foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishning usullari. Tadqiqot davomida iqtisodiy-statistik,
tizimli va qiyosiy tahlil va boshqa zamonaviy ilmiy o`rganish usullaridan
foydalanildi.
Bitiruv malakaviy ishining ilmiy yangiligi quyidagilarda o`z aksini topadi:
- iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash ko`rsatkichlari va mezonlari asosida
XXRda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning zamonaviy holatiga baho berilgan;
- Xitoy Xalq Respublikasida iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash tajribasidan
O`zbekistonda foydalanish bo`yicha takliflar tayyorlangan.
Bitiruv malakaviy ishining amaliy ahamiyatishundan iboratki, uning
materiallaridan O`zbekistonda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlash bilan bog`liq
dasturlar ishlab chiqishda foydalanish mumkin. Ilmiy axborot, nazariy xulosa va
amaliy tavsiyalardan iqtisodiyot yo`nalishidagi oliy o`quv yurtlarida o`quv
jarayonida foydalanish mumkin.
Bitiruv malakaviy ishining tarkibiy tuzilishi.Bitiruv malakaviy ishi kirish, ikki bob, xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro`yxatidan iborat.
Ishning kirish qismida tanlangan mavzuning dolzarbligi va o`rganilganlik
darajasi asoslangan, ishning maqsadi va vazifalari, ob`ekti va predmeti belgilab
olingan, ilmiy yangiligi va amaliy ahamiyati yoritib berilgan.
Bitiruv malakaviy ishining birinchi bobida turli iqtisodiy qarashlar va
uslubiy yondashuvlarni tahlil qilish va umumlashtirish asosida ―iqtisodiy
xavfsizlik‖ atamasining mohiyati va ob`ektiv zarurligi ochib berilgan, iqtisodiy
xavfsizlikning ko`rsatkichlar tizimi va mezonlarini bir tizimga keltirilgan.
Ishning ikkinchi bobida XXRda iqtisodiy xavfsizlikni ta`minlashning
hozirgi holati tahlil qilingan, Xitoy Xalq Respublikasi iqtisodiy xavfsizligini
ta`minlashdagi
asosiy
muammolar
aniqlangan,
iqtisodiy
xavfsizlikni
ta`minlashning XXR tajribasidan O`zbekistonda foydalanish bo`yicha taklif va
tavsiyalar ishlab chiqilgan.
Ishning xulosa qismida bitiruv malakaviy ishining asosiy natijalari
umumlashtirilgan.