Mirzayev Muzaffar Maxmudovich
XMI va mamlakatshunoslik fakulteti
2-kurs magistranti
YAPONIYA IQTISODIYOTI RIVOJLANISH BOSQICHLARINING
XUSUSIYATLARI
Annotatsiya
Ushbu maqolada Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanish bosqichlarining
xususiyatlari haqida so’z yuritilgan. Bundan tashqari, Yaponiya iqtisodiyotining
hozirgi holati tahlil qilingan va istiqboldagi iqtisodiy o’sishning yo’llari ko’rsatilgan.
Аннотация
В статье анализируютсия этапы развития японcкой экономики. Кроме
того, выявлены особенности текущего состояния экономики страны и
направления экономического роста Японии в будущем.
Annotation
The article analyzes the stages of development of the Japanese economy. In
addition, the features of the current state of the country's economy and the direction
of Japan's economic growth in the future are revealed.
Kalit so’zlar:
“Yapon modeli”, Dodj rejasi, tez taraqqiyot, iqtisodiy mo’jiza,
Abenomika.
Ключевые слова
: Модель Япония, план Доджа, быстрое развитие,
экономическое чудо, Абеномика.
Key words
: Japane’s model, Dodj’s plan, the fast development, the economic
miracle, Abenomica.
Har qanday davlat o’z ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyoti turli shart-
sharoitlar va omillar ta’sirida ro’y beradi. Ayrim mamlakatlar yirik davlatlar
ta’sirida va ularning ko’magida taraqqiy topsa, boshqalari o’zining ichki
imkoniyatlaridan to’la va samarali foydalanib taraqqiyotning yuqori
cho’qqilariga chiqib olishi ham mumkin. Yaponiya uchun har ikkala yo’l ham
xos hisoblanadi.
Yaponiya ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining “yapon modeli” nomi bilan
dunyoga tanilishi asosan 2-jahon urushidan keyingi davrga to’g’ri keladi. Mana
shu davrdan keyingi rivojlanishini ko’pchilik mutaxassislar quyidagi davrlarga
ajratib ko’rsatishadi
1
:
1-bosqich - 1945-1969 yillar.
2-bosqich - 1970-1989 yillar.
3-bosqich - 1990-2000-yillar oxiri.
4-bosqich - 2010-yillardan hozirgacha.
1
Ломакин В. К. Мировая экономика. - М.: РАН, 2006, -бет.
Mana shu bosqichlar uchun asosiy mezon sifatida jahondagi umumiy
iqtisodiy vaziyat hamda tendensiyalarning davrlararo o’zgarishi, ishlab
chiqarish shart-sharoitlarining har xilligi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy
tuzilmalardagi sifat o’zagishlari olingan.
Dostları ilə paylaş: |