Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanish bosqichlarining xususiyatlari
1. Buyuk Sharqiy Yaponiya zilzilasi natijasida zarar ko’rgan hududlarni qayta tiklashga qaratilgan chora-tadbirlarni tezlashtirish hamda tabiiy ofat ta’sirining kuchayib borishini oldini olish. 1.1.
Zarar ko’rgan hududlarni qayta tiklash harakatlarini tezlashtirish va
mavjud chora-tadbirlar tizimini kuchaytirish
1.2.
Ijtimoiy infratuzilmaning intensiv qarib borishini yo’qotish hamda
sanoat va daromadlar bazasini kuchaytirish yo’li bilan milliy infratuzilma
chidamliligini oshirish.
2. Iqtisodiyot va fiskal siyosatni egiluvchan boshqarish siyosati. 2.1.
Deflyatsiya kutilishini uni iloji boricha tezroq yo’q qilishga kuchli
xohish hamda qat’iy maspuliyatni belgilash vositasida yo’qotish.
2.2.
Yaponiya iqtisodiyoti kelajagini qo’llab-quvvatlashda katta
potensialga ega bo’lgan hamda barqaror o’sishni ta’minlaydigan sohalarga
avzalliklar berish. Ayniqsa, iqtisodiyotga to’g’ridan-to’g’ri ta’sir eta oladigan va
katta iste’mol talabi effektini yarata oladigan chora-tadbirlarga alohida urg’u
berish.
2.3.
Davlat investitsiyalarini aholi turmush va daromadini muhofaza
qiluvchi, shuningdek, ma’muriy birliklar jonlanishi va o’sishini ta’minlovchi
loyihalarga yo’naltirish
2.4.
Yaponiya hukumati va Yaponiya Banki (BOJ) o’rtasida
koordinatsiyani mustahkamlash uchun sharoit yaratish. Inflyatsiyaning aniq
maqsadli darajasini ko’zlab Yaponiya Banki tomonidan monetary siyosatni
keskin yumshatish.
2.5.
Xorijiy
valyuta
ayirboshlash
bozoridagi
tendensiyalarni
ehtiyotkorlik bilan tahlil qilish va muqobil yechimni izlash.
3. Iqtisodiy o’sish strategiyasini ishlab chiqish va amalga oshirish. 3.1.
“Jahonda biznes uchun eng do’stona mamlakat”, “Bandlik va
daromad barqaror o’suvchi hamda shaxning butun potensiali to’liq namoyon
etila oladigan mamlakat” konse’siyasi bilan “to’yingan” millatni yaratish.
Shuningdek, “Savdoga yo’naltirilgan mamlakat” va “Sanoat investitsiyalariga
yo’naltirilgan mamlakat” kabi ikki dvigatelda ishlovchi “Gibrid iqtisodiyot”ni
barpo etish.
3.2.
Biznes va innovatsiyalar sohasiga kiritiladigan investitsiyalarni
rag’batlantirish, xorijiy bozorlarda faoliyat yurituvchi Yapon kompaniyalarining
kengayishiga ko’maklashish, yangi ish o’rinlari yaratish va yangi bozorlarni
egallash, inson Kapitalini rivojlantirish omilini mustahkamlash va yosh avlod
uchun ish o’rinlarini ko’paytirish, atrof-muhitni yaxshilash.
3.3.
Yuqori o’sish potensialiga ega bo’lgan huudlar uchun dadil
qonunchilik va institutsional islohotlarni amalga oshirish tizimini ishlab chiqish.
Hukumat te’asiga yangi Bosh Vazir Shindzo Abening kelishi va o’z yangi
dasturi doirasida iqtisodiyotni isloh qilishni boshlaganiga ikki yil bo’ldi.
Yaponiya iqtisodiyoti bu davrda erishgan iqtisodiy natijalar quyidagi 1.2-
jadvalda keltirilgan: