Mirzayev Muzaffar Maxmudovich xmi va mamlakatshunoslik fakulteti 2-kurs magistranti



Yüklə 140,07 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/11
tarix07.01.2024
ölçüsü140,07 Kb.
#206846
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Yaponiya iqtisodiyoti rivojlanish bosqichlarining xususiyatlari

3-bosqich
. 1980-yillarning oxiriga kelib mamlakat iqtisodiyoti barqaror 
rivojlandi, moliyaviy va kong’yunkturaviy shart-sharoitlar mutaxassislar 
tomonidan yuqori baholandi. Jumladan, ulgurji savdodagi barqaror narxlar, 
ishsizlikning past darajasi hamda kompaniyalarning kasodga uchrash 
ko’rsatkichlari eng past darajalar sifatida ehtirof etildi. 
Bu davrda yarimo’tkazgichlar ishlab chiqarish sohasiga kapital kiritish, 
investitsiyalarni mazkur soha korxonalariga yo’naltirish faollashib bordi, shu 
bilan birga qimmatli qog’ozlar va uy-joylar narxi keskin oshib ketdi. Natijada 
pul massasining asosiy qismi fond va ko’chmas mulk bozoriga oqib o’tdi. Bu 
esa, o’z navbatida, iqtisodiyotda “sovun pufagi” holatini keltirib chiqardi. Bu 
pufaklar 1990-yillarda yorilishi natijasida iqtisodiyot va moliya sohasida inqiroz 
yuzaga keldi. Oqibatda 1997 yilda boshlangan Osiyodagi moliyaviy inqiroz 
Yaponiya yirik banklarini ham qiyin va murakkab vaziyatga solib qo’ydi
9
.
8
Statistical handbook of Japan 2014, Statistics Bureau, Ministry of Internal Affairs and Communications Japan, 
2014, 25-bet 
9
Statistical handbook of Japan 2014, Statistics Bureau, Ministry of Internal Affairs and Communications Japan, 
2014, 27-bet 


1990-95 yillarda jahon iqtisodiyotidagi siklik inqiroz Yaponiyaga ham 
katta ta’sir o’tkazdi. AQSHdan farqli ravishda Yaponiya iqtisodiyoti uchun bir 
qator ko’rsatkichlar retsessiya holatidan dalolat berayotgan edi. 1998-1999-
yillar oralig’ida YaIM hajmi 2,8 foizga qisqardi. Shu bilan birga, ishlab 
chiqarishga xususiy kapital qo’yilmalari hajmi 11,7 foizga qisqardi
10
.
G’arb iqtisodchilarining fikriga ko’ra, bir necha o’n yillar mobaynida 
barqaror rivojlanib kelgan Yaponiya iqtisodiyotining ayrim tuzilmalari 1992-
1995-yillarda o’zining “mo’rt” jihatlarini namoyon eta boshladi. Xususan, 
1992-yilning o’zida sanoat ishlab chiqarishi hajmi qariyb 8 foizga qisqardi. 
Yaponiya hukumati 1992-yilning avgust oyida mamlakat tarixidagi eng yirik 
favqulodda iqtisodiy chora-tadbirlari dasturini qabul qildi. 
2000 yilda ishsizlik 1953-yildan keyin birinchi marta eng yuqori – 4,7 
foizga yetdi. Real oylik ish haqi 2 foizga qisqardi. Tabiiyki, iste’mol talabi ham 
2,2 foiz qisqardi, bu ayniqsa uzoq muddatli iste’mol tovarlari bozorida yaqqol 
namoyon bo’ldi. 
1973-yildagi neft inqirozidan keyin ilk bor sanoat ishlab chiqarishi 6,9 
foizga kamaydi. Ishlab chiqarish quvvatlarini ishga tushirish hajmi esa 8,2 
foizga pasayib, bu investitsiyalarga talabning qisqarishi, kreditlash hajmining 
pasayib ketishi va kompaniyalar moliyaviy holatining yomonlashishiga olib 
keldi.
Yaponiya 
iqtisodiyotining 
bunday 
depressiya 
holati 
jahon 
kong’yukturasiga ta’sir etmadi. Buning asosiy sababi qilib ekspertlar ichki 
talabning importga bog’liqligi kamligini, ya’ni 10 foizligini ko’rsatishdi. Bu 
ko’rsatkich AQSHda 1995-yillarda 20 foizni tashkil etgan. Yaponiyaning 
eksport salohiyati ham bu yillarda kamaydi, ya’ni eksport hajmi qisqardi.
1998-yilda hukumat tepasiga kelgan yangi kabinet inqirozga qarshi 
chora-tadbirlar rejasini ishlab chiqib, amalga oshirishga kirishdi. Bu iqtisodiy 
rivojlanishning istiqbolli dasturlarini ro’yobga chiqarish imkoniyatini berdi.
Bu dasturlar o’z ichiga quyidagilarni qamrab oldi: 

Yaponiyani elektron davlatga aylantirish; 

yirik shaharlar atrofidagi aglomeratsiyalarning transport tizimlarini 
rivojlantirish;

ijtimoiy infratuzilma yo’nalishlarini (telekommunikatsiya, ilm-fan va 
texnologiya, atrof-muhitni himoya qilish tashkilotlari, ijtimoiy tahminot 
muassasalari) yangi sifat bosqichiga ko’tarish;

bandlik barqaror tizimini ilg’or texnologiyalarga asoslangan holda 
takomillashtirish. 
Bu davrda iste’mol talabini rag’batlantirish maqsadida hukumat bir qator 
noanhanaviy choralardan ham foydalandi. Masalan, daromadi past darajada 
10
Инаба Х., Цуцуми С. «Японское чудо» и советская экономическая реформа. – М.: «Шелковый путь», 
1991. с.67


bo’lgan oilalarga do’konlarda tovarlar va xizmatlar xaridi uchun imtiyozli 
kuponlarni sotish kabilar. 
Bu davr jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlanishi bilan ham
tavsiflanadi, inqiroz mamlakat iqtisodiyotiga quyidagicha ta’sir qildi: 2008-
yilning ikkinchi yarmida iqtisodiyotda retsessiya holati boshlanib, shu yil 
noyabr oyida avtomobillar sotuv hajmi 27 foizga qisqardi. Bu esa 1996-yildan 
buyon sotuv hajmi qisqarishidagi eng past ko’rsatkich edi. 2008-yil yakunlariga 
ko’ra mamlakat YaIM hajmi 1,2 foizga qisqardi. 

Yüklə 140,07 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin