Iqtisodiyot yo'nalishi 4-kurs s19. 83 talabasi naimjonov husniddin


Davlat moliyaviy nazoratining mazmuni



Yüklə 137 Kb.
səhifə5/7
tarix12.04.2023
ölçüsü137 Kb.
#96888
1   2   3   4   5   6   7
Korxonani boshqarish tizimida moliyaviy nazoratning o\'rni

Davlat moliyaviy nazoratining mazmuni



O‘zbekiston Respublikasida davlat moliyaviy nazorati davlat mablag‘larini sarflash bo‘yicha qonunchilik va me’yoriy-huquqiy hujjatlarga, me’yorlarga, stpndartlarga va qoidalarga rioya etilishi ustidan nazorat bo‘yicha harakatlar va operatsiyalar yig‘indisini bildiradi.
Davlat budjetini-shakllantirish va sarflanishidagi rezervlarni, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida operatsiyalarning maqsadga muvofiqligi va samaradorligini, qonuniylik tamoyillaridan chetga og‘ish va ularni buzishlarni aniqlash nazorat tizimi vazifasiga kiradi. Nazoratning maqsadi - tuzatish choralarini ko‘rish, aybdorlarni javobgarlikga tortish va buzilishlarning oldini olishdan iborat.
Davlat nazorat organlarining vazifasi, eng avvalo, davlat qonunlari va Prezident farmonlarining ijrosini; ajratilgan budjet mablag‘lari yo‘naltirilishining qonuniyligi, to‘g‘riligi va maqsadga muvofiqligini; hukumat va uning organlari faoliyatining samaradorligini, moliyaviy va moddiy resurslarni boshqarishning barcha darajalarida davlat mablag‘lari samarali va tejab sarflanishini tekshirishga yo‘naltirilishi kerak.
Davlat hokimiyati, birinchi navbatda, qonun chiqaruvchi organlar va ijroiya hokimiyati organlari va nazorat qilish vakolatiga ega bo‘lgan boshqaruv organlari budjet-moliya nazoratining subyektlari sifatida ishtirok etadilar. O‘zbekistonda bu Oliy Majlis, Prezident devoni, Vazirlar Mahkamasi, Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Markaziy bankdir.
Davlat moliyaviy resurslarini boshqarish – jamiyat oldidagi ulkan mas’uliyat, shu sababli budjet–moliya nazorati boshqaruvning zaruriy elementi bo‘lishi shart. Budjet-moliya nazorati – davlat nazoratining asosiy turidir.
Budjetning daromad va xarajat qismlarini tekshirish vazifasi faqat budjet-moliya nazoratiga xos bo‘lib, u moliyaviy nazoratning mohiyatini g‘oyat yorqin aks ettiradi. Hozirgi kunda davlat budjeti oldida turgan vazifalarni qay darajada amalga oshirilishi, moliyaviy nazorat tizimining qay darajada shakllanganligi bilan belgilanadi.
Shuningdek, davlat budjet mablag‘laridan foydalanishda huquqiy tartiblarga rioya etilishini kuzatib borish, amalga oshirilayotgan moliyaviy harakatlarning iqtisodiy asoslanganligi va samaradorligini bu harakatlarning davlat oldida turgan vazifalarga muvofiq kelishini moliyaviy nazoratini olib borish iqtisodiy sharoitlardan kelib chiqmoqda.
Davlat moliyaviy nazorati davlatning moliyaviy siyosatini amalga oshirilishiga, budjet mablag‘laridan samarali foydalanish sharoitlarini yaratishga ko‘maklashadi. Birinchi navbatda u barcha darajadagi budjetlarning va budjetdan tashqari fondlarning tuzilishi, ko‘rib chiqilishi, tasdiqlanishi va ijrosi ustidan, korxonalar va tashkilotlar, banklar va boshqa moliya muassasalarining moliyaviy faoliyati ustidan nazoratni nazarda tutadi. Iqtisodiyotning nodavlat sektori ustidan davlat moliyaviy nazorati faqatgina ularning davlat oldidagi moliyaviy majburiyatlarini bajarilishiga, shu jumladan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni to‘lanishi, kreditlar va boshqa mablag‘lardan foydalanishning qonuniyligi va maqsadliligiga rioya qilinishi, pulli hisob-kitoblarni tashkil qilishda hukumat tomonidan o‘rnatilgan qoidalarning bajarilishi, buxgalteriya hisobi va hisobotlarini yuritilishiga tegishlidir.


  1. Yüklə 137 Kb.

    Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin