Iqtisodiyot yo'nalishi 4-kurs s19. 83 talabasi naimjonov husniddin


Moliyaviy nazoratning obyektlari, subyektlari va usullari



Yüklə 137 Kb.
səhifə3/7
tarix12.04.2023
ölçüsü137 Kb.
#96888
1   2   3   4   5   6   7
Korxonani boshqarish tizimida moliyaviy nazoratning o\'rni

2. Moliyaviy nazoratning obyektlari, subyektlari va usullari.

Jamiyatdagi iqtisodiy hayotning turli xil sohalarida va xo‘jalik boshqaruvidagi ko‘p qirrali murakkab vazifalarni hal qilishda moliyaviy nazorat faol ishtirok etadi, shunga binoan uni tashkil etish uchun ma’lum bir talablarni aniqlashni taqozo etadi.


Moliyaviy nazoratning turkumlanishi quyidagi 7-rasmda aks ettirilgan.
Moliyaviy nazoratni amalga oshiruvchi subyektlar o‘z mavqeidan kelib chiqib quyidagicha farqlanada:

Davlat moliya nazoratini umumdavlat boshqaruv organlari bilan bir qatorda, alohida vazirliklar orqali ham amalga oshiradi. Umumdavlat boshqaruv organlari moliya nazoratini amalga oshirayotganda, mamlakat hududidagi xo‘jalik subyektlarining mulkchilik shakli va idoraviy bo‘ysunishidan qat’i nazar barchasini qamrab oladi. Vazirliklar tomonidan amalga oshirilayotgan moliya nazoratini faqat o‘zlarining tarkibidaga maxsus nazorat-taftish organlari amalga oshiradi. Ularning tekshirish obyektlari esa, vazirliklar tarkibidagi korxonalar, konsernlar, assotsiatsiyalar va aksionerlik jamiyatlarining ishlab chiqarish va moliyaviy faoliyatidan iborat bo‘ladi.
Korxona ichidagi moliya nazoratini korxona, tashkilot va muassasa ichida tashkil qilingan iqtisodiy xizmat (buxgalteriya, moliya bo‘limi)lari amalga oshiradi. Nazorat obyekti esa, alohida korxonaning moliya va ishlab chiqarish jarayoni hamda alohida korxona tarkibiga kiruvchi tuzulmaviy bo‘lim (filial, shaxobcha, bo‘lim)lar hisoblanadi.
Jamoat moliya nazoratini alohida guruh, alohida jismoniy shaxslar (mutaxassislar) ixtiyoriy va mehnat haqi talab qilmaslik sharti asosida amalga oshiradi. Nazorat obyekti bo‘lib, tekshiruvchi oldida turgan muayyan vazifalar nazarda tutiladi.
Mustaqil (auditorlik) moliya nazoratini maxsus audit firmalari va xizmatlari amalga oshiradi.
Moliyaviy nazoratni amalga oshirish shakli quyidagicha bo‘ladi:

  • dastlabki;

  • joriy;

  • so‘nggi.

Moliya nazoratining dastlabki shakli yuridik va jismoniy shaxslarning moliya xo‘jalik jarayonini yurgizishda muhim ahamiyat kasb etib, u korxona moliya rejasini tashkil qilishda, ko‘rib chiqishda va tasdiqlashda, muassasa va tashkilotlarning daromadlar va xarajatlar smetasi, ta’sis hujjatlarini imzolashdan oldin amalga oshirilishi lozim bo‘lgan jarayonlar tartibidir. Shunday qilib, dastlabki nazorat moliyaviy, moddiy va mehnat resurslaridan samarali foydalanishga ijobiy shart-sharoit yaratib beradi. Moliyaviy nazoratning bu shakli amaldagi qonunchilik va me’yoriy hujjatlar buzilishining oldini olishga xizmat qiladi.
Joriy moliyaviy nazorat shakli xo‘jalik-moliya operatsiyalari jarayoni orqali moliya rejalari bajarilayotgan paytda qo‘llaniladi. Ushbu shaklning asosiy ahamiyati korxonalarning ichki xo‘jalik rezervlarini izlash hisobidan jamg‘armani oshirishga ta’sir qiladi. Joriy moliya nazorati korxona, tashkilot va muassasalarning moliya xizmatlari orqali moliya rejasi bajarilayotganda, moliyaviy intizomlar buzilishining oldini olish maqsadida kundalik tadbirlarni amalga oshiradi.
Moliya nazoratining so‘nggi shakli hisobot davri va butun moliya-yili tugagandan so‘ng amalga oshiriladigan tadbirlar yig‘indisidir. Bunda, budjetni ijro etishdagi davlat pul resurslarini maqsadga muvofiq xarajat qilinganligi, korxona va tashkilotlarning moliya rejasini bajarganligi hamda budjet muassasalari smetasining bajarilish natijalari tekshiriladi. So‘nggi moliya nazorati dastlabki moliyaviy nazorat shakli bilan o‘zaro bog‘liqlikdadir, chunki so‘nggi nazorat dastlabki moliya nazorati bazasida amalga oshiriladi.
Moliyaviy nazoratni qonuniy ravishda, zaruriyat tug‘ilganda va o‘z vakolati chegaralarida O‘zbekiston Respublikasining davlat boshqaruv organlari olib boradi. Ulardan: Moliya vazirligi, Davlat Soliq qo‘mitasi, Davlat Mulki qo‘mitasi, Davlat Bojxona qo‘mitasi va boshqalar. Markaziy bank tijorat banklarini nazorat qiladi va qolgan fondlar faoliyatini Ijtimoiy ta’minot vazirligi qoshida vakolatli maxsus tuzilgan inspeksiyalar olib boradi.
Davlat moliyasi nazorat organi bo‘lib Moliya vazirligi qoshida tuzilgan nazorat-taftish boshqarmasi (NTB) hisoblanadi.


8-avgust 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti "Tekshirishlarni tartibga solish va nazorat organlari faoliyatini koordinatsiyasini takomillashtirish" to‘g‘risidagi Qarorga imzo qo‘ydi. Unda tekshirishlarni nazorat qilish maqsadida, xo‘jalik subyektlarining faoliyatiga, mulkchilik shaklidan qat’iy nazar, nazorat organlari tomonidan sababsiz aralashishga yo‘l qo‘ymaslik xo‘jalik subyektlarini moliya-xo‘jalik faoliyatini tekshirish va tahlil qilishni muvofiqlashtirish O‘zbekiston Respublikasi Davlat Soliq qo‘mitasi zimmasiga yuklatildi. Uning qoshida nazorat organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha Respublika Kengashi tashkil etildi va unga quyidagi vazifalar yuklatildi:


- yil, yarim-yil va choraklar davrida rejali tekshirishlarni o‘tkazish jadvalini ishlab chiqish va tasdiqlash;
- amalda kompleks tekshirishlarni o‘tkazishni kiritish va ularda bitta korxona hamma vakolatli tashkilotlar tomonidan tekshirilib, shuni evaziga o‘tkaziladigan tekshirishlar miqdorini va ayrim masalalarni qayta tekshirilishini kamaytirish.
Jamoat nazoratini mustaqil, masalan, iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyati, atrof-muhitni himoya qilish jamiyatlari amalga oshira boshladilar.
Moliyaviy nazorat amalga oshirish usullari bo‘yicha ham farqlanib, u quyidagilarga bo‘linadi:

  • tekshirish;

  • o‘rganish;

  • tahlil;

  • taftish.


Yüklə 137 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin