Iqtisodiyot yo'nalishi 4-kurs s19. 83 talabasi naimjonov husniddin



Yüklə 137 Kb.
səhifə1/7
tarix12.04.2023
ölçüsü137 Kb.
#96888
  1   2   3   4   5   6   7
Korxonani boshqarish tizimida moliyaviy nazoratning o\'rni


Iqtisodiyot yo'nalishi
4-kurs s19.83 talabasi
NAIMJONOV HUSNIDDIN

Korxonani boshqarish tizimida moliyaviy nazoratning o'rni.
Reja:



  1. Moliyaviy nazoratning mazmuni va ahamiyati

  2. Moliyaviy nazoratning obyektlari, subyektlari va usullari

  3. Davlat moliyaviy nazoratining mazmuni

  4. Davlat moliyaviy nazorati organlari


  1. Moliyaviy nazoratning mazmuni va ahamiyati

Nazorat iqtisodiy tizimning zarur elementi sifatida butun insoniyat sivilizatsiyasi bilan birga rivojlanadi, evolyutsion taraqqiyot va inqilobiy to‘fonlar jarayonida, jamiyat iqtisodiy formatsiyasi, siyosiy tizimi, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, qonun chiqaruvchi, ijroiya va sudlov hokimiyati organlari almashinuvi jarayonida o‘zgarib boradi.


Nazorat - jamiyat iqtisodiy hayotidagi obyektiv hodisa va har qanday davlat boshqaruvining muhim bo‘g‘inidir. Shu bilan birga u ko‘p ming rahbar va mutaxassislar, mehnat jamoalari, jamoat va davlat tashkilotlarining subyektiv ijod sohasidir.
Moliyaviy nazorat - butun nazorat tizimining tarkibiy qismi bo‘lib, uning yo‘nalishi davlat moliya siyosatini muvaffaqiyatli amalga oshirish, tarmoqlar iqtisodiyotidagi barcha soha va bo‘g‘inlarda moliyaviy resurslarni shakllantirish va samarali foydalanishga qaratilgan bo‘ladi. Bozor munosabatlari rivojlangan taqdirda ham moliyaviy nazoratning salohiyati pasaymasdan, balki oshib boradi.
Moliyaviy nazorat - moliyaning nazorat funksiyasini amalga oshirish ko‘rinishida namoyon bo‘lib, u moliyaviy nazoratning mazmuni va yo‘nalishini belgilab beradi. Shunday bo‘lsada, moliyaviy nazoratning mazmuni va yo‘nalishi jamiyatdagi ishlab chiqarish kuchlari va munosabatlarining o‘zgarishidan kelib chiqqan holda o‘zgarib turadi. Masalan, korxonalarning xo‘jalik yuritish huquqlarining kengayishi, ularning moliyaviy faoliyatini olib borishdagi mustaqilligi, tadbirkorlikning rang-barang ko‘rinishdagi mulk shakllarining vujudga kelishi moliyaviy nazoratning mazmunini boyitishga olib keladi.

Yüklə 137 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin