«Iqtisodiyot» yoʻnalishi 928-21-guruh talabasi Ziyodullayev Jaloliddi «Oliy matematika» fanidan yozgan referat



Yüklə 0,58 Mb.
Pdf görüntüsü
tarix02.02.2023
ölçüsü0,58 Mb.
#82460
növüReferat


 
Mirzo Ulug`bek nomidagi O`zbekiston Milliy 
Unversiteti Jizzax filiali Amaliy matematika 
fakulteti tabiiy va iqtisodiyot fanlar kafedrasi 
«Iqtisodiyot» yoʻnalishi 928-21-guruh talabasi 
Ziyodullayev Jaloliddi «Oliy matematika»
fanidan yozgan 
 
R E F E R A T
 
 
 
2022 yil 


REJA: 
 
1. Geomorfologiya va gidrologiya masalalarida elementar 
funksiyalardan foydalanish.
2. Insonlarning oziq-ovqatga va orzu-havasga ehtiyojlarini 
aniqlovchi L.Torikvist funksiyalar limitlari.
3. Er sirti o‗zgarish tezligi va er sirti og‗ishini hosila 
yordamida berish. 
4. Er shari strukturaviy va tektonik harakatini o‗rganishda 
hosiladan foydalanish.
5. Klimatologiyada er sirti radiatsion balansini topishda 
differensial tenglamalarning qo‗llanilishi.
GEOMORFOLOGIYA (geo…, yun. morphe — shakl va…logiya) — yer 
yuzasining relyefi haqidagi fan. G. quruqlik hamda okean va dengizlar tubining tashqi 


qiyofasini, kelib chiqishi, yoshi tari-xiy taraqqiyoti, hoz. dinamikasi va tarqalishi 
qonuniyatlarini oʻrganadi. Hoz. geologik davrdagi relyefni Geomorfologiya yer 
yuzasining 
oʻtmishdagi 
taraqqiyotining 
yakuni 
sifatida 
oʻrganadi.
Yer yuzasi bir tomondan Yer poʻstini va ikkinchi tomondan gidrosfera hamda 
atmosferani bir-biridan ajratib turadigan chegaradir. Yer yuzasiga bir vaqtning oʻzida 
relyefni paydo qiluvchi endogen jarayonlar va ekzogen jarayonlar taʼsir etadi. Ogʻirlik 
kuchining bevosita taʼsiri ostida sodir boʻladigan gravitatsiya jarayonlari ham relyef 
hosil qilish ahamiyatiga egadir. Yer—Quyosh—Oy sistemasining oʻzaro tortishish 
kuchi ham yer relyefi ga katta taʼsir koʻrsatadi (dengiz va okean suvlarining, Yer 
poʻstining koʻtarilib-pasayib turishi). Kishilik jamiyatining faoliyati yer relyefining 
oʻzgarishida katta omil hisoblanadi. 
Geomorfologiyaning asosiy prinsiplaridan biri shuki, relyef geografik 
komponentlardan biri sifatida boshqa komponentlar va geografik sharoit bilan bevosita 
bogʻliq holda oʻrganiladi. Relyefga boshqa omillar taʼsir etibgina qolmay, relyefning 
oʻzi ham ularga taʼsir koʻrsatadi va ular orkali oʻziga ham taʼsir etadi. Litosfera, 
atmosfera, gidrosfera va biosferalgf oʻrtasidagi oʻzaro murakkab aloqa G. ning Yer 
haqida fanlar sistemasida tutgan oʻrnini belgilab beradi. Geoldan olingan maʼlumotlar 
va metodlardan relyefning urganilayotgan joydagi geologik tuzilishi va taraqqiyotiga 
bogʻliq ekanligini aniqdashda foydalaniladi. 
Tabiiy geogr., iqlimshunoslik, gidrologiya, okeanologiya, tuproqshunoslik, 
geobotanika bergan maʼlumotlar relyefning tabiiy-geografik sharoit va ayrim tabiiy 
komponentlarga boglis ekanligini aniqlash uchun zarur; geofizika bergan maʼlumotlar 
esa relyef taraqqiyoti jarayonining tabiiy mohiyati va Yerning qattiq, suyuq, gaz 
holatidagi qobiqlari bilan oʻzaro munosabatini oʻrganish uchun kerak. 
Geomorfologiya bir qancha tarmoqlarga boʻlinadi; u mumiy Geomorfologiya —
relyefning shakllanishi haqidagi juda keng masalalarni oʻrganadi,xususiy 
Geomorfologiya — relyefni bir yoki bir necha alohida geomorfologik koʻrsatkichlar 
boʻyicha tadqiq etadi; regional Geomorfologiya — yer yuzasi alohida hududiy 
qismlarining konkret relyefini oʻrganadi; yer relyefining regional jihatdan muhim 


xususiyatlari sayyoraviy Geomorfologiya tomonidan oʻrganiladi. Geomorfologiyaning 
alohida tarmogʻi — paleogeomorfologiya oʻtmish geologik davrlarning (koʻpincha 
koʻmilib yotgan) relyefini oʻrganadi va uzok, geologik davrlarda yer yuzasining 
qanday boʻlganini aniqlaydi. Xoʻjalikka tegishli masalalarni hal qilishda ishlatiladigan 
geomorfologik tadqiqotlar yakunlarining nazariy asoslari amaliy Geomorfologiya 
tomonidan ishlab chiqiladi. 
Umumiy Geomorfologiya bir qancha boʻlimlarni oʻz ichiga oladi. Ulardan eng 
yiriklari: materiklarning yer yuzasi relyefini oʻrganadigan quruqli k G. si va dengiz 
hamda okean tubi relyefini oʻrganadigan dengiz Geomorfologiya si. 
Koʻpgina nazariy masalalar matematik tadqiqotlar metodi yordamida hal qilinadi. 
Geomorfologiyaning 
asosiy 
ish 
metodi 
dala 
ekspeditsiyalari 
tadqiqotlari, 
geomorfologik syomka yordamida maxsus geomorfologik xaritalar tuzishdan iboratdir. 
Ekspeditsion tadqiqotlar b-n birga statsionar va eksperimental asosda ham 
geomorfologik jarayonlar ustida tadqiqotlar oʻtkaziladi. Dala ishlari xaritagrafiya va 
geodeziya metodlari, aerometod, geofizika va b. instrumenta™ kuzatish metodlari 
asosida olib boriladi. Chunonchi, dengiz tubini geomorfologik tadqiq qilishda 
navigatsiya apparaturasi, exolot, seysmozond va b. asboblardan foydalaniladi. 
Geomorfologiya maʼlumotlaridan foydali kazilma konlarini qidirish (qidirish 
Geomorfologiyasi), sanoat, gidroenergetika inshootlari, avtomobil va t. y., dengiz 
portlarini loyihalashda (muhandislik Geomorfologiyasi), maydondan xoʻjalikda va q. 
x. da foydalanish, tuproq eroziyasiga qarshi kurash tadbirlarini ishlab chikishda 
foydalaniladi. 
Geomorfologik 
tadqiqotlarning 
natijalari 
geologik, 
geografik 
tadqiqotlarga asos boʻlib xizmat qiladi. 
Geomorfologiya mustaqil fan sifatida 19-a. oxiri va 20-a. boshlarida shakllandi. 
Chet el olimlaridan birinchilardan boʻlib Geomorfologiyaning nazariy, metodologik va 
amaliy asoslarini U. M. Deyvis (Amerika G. maktabining yetakchisi) bilan V. Penk 
(Yevropa G. maktabining yetakchisi) yaratdi. Ular relyef taraqqiyotining asosiy 
yoʻnalishlarini organizmlar tadrijiylik nazariyasiga tatbiqan ilmiy jihatdan tavsifladi. 
Natijada G. Yer haqidagi fanlar orasidan mustahkam oʻrin oldi. Rossiyada 
Geomorfologiyaga P. A. Kropotkin, V. V. Dokuchayev, I. V. Mushketov, I. S. 
Shchukin, Ya. S. Edelshteyn, K. K. Markov va b. asos soldi. Turkiston hududlarini 
geomorfologik oʻrganishda va Geomorfologiyaning nazariy konsepsiyalarini ishlab 
chiqishda 20-a. ning oʻrtalari va 2-yarmida birmuncha yutuqlarga erishildi. Bu davrda 
geomorfolog olimlar geomorfologik sathlar, geotektura, Yerning morfostrukturasi va 
morfoskulpturasi, morfologik komplekslar, geomorfologik sikllar haqida ilmiy 
fikrlarni rivojlantirdilar. Yer poʻsti va mantiyasining tarkibi haqidagi yangi 
maʼlumotlar asosida yer relyefi va Dunyo okeani tubi relyefining kelib chiqishi va 


rivojlanishi haqida yangi konsepsiyalar yaratilmoqda. Relyefni tasniflash, flyuvial, 
karst, muzlik, toʻng yer, eol relyeflarning shakllanishi, qirgʻoqlar morfologiyasi 
masalalarini ishlab chiqishda katta yutuqlarga erishildi. 1990-y. larda regional 
geomorfologik tadqiqot kilishda salmoqli ishlar qilindi. Geomorfologik xaritalarni 
tuzish metodikasi ishlab chiqilmoqda. Tadqiqot qilishning xaritagrafik metodi, 
aerometod, geodezik va geofizik metodlar, statsionar va eksperimental tadqiqot 
metodlari takomillashtirilmoqda. Relyef geometriyasi, kinematika va dinamikasi 
masalalariga alohida eʼtibor berilmoqda. Geomorfologiyaning rivojlanishiga 
oʻzbekistonlik olimlardan Gʻ. O. Mavlonov, M. M. Mamatqulov, O. Yu. Poslavskaya, 
A. A. Abdujabborov, N. A. Kogay, G. F. Tetyuxin va b. ham salmokli hissa qoʻshdilar. 
Xalqaro miqyosda Geomorfologiya ishlarini koordinatsiyalash Xalqaro geografiya 
ittifoqining komissiya va yordamchi komissiyalari tomonidan amalga oshiriladi 
(amaliy Geomorfologiya, geomorfologik xaritagrafiyalash metodikasi va b. boʻiicha). 
Oʻzbekistonda geomorfologlarning ishlari va Geomorfologiya masalalari Oʻzbekistan 
FA Seysmologiya in-ti qoshidagi Geografiya boʻlimi tomonidan koordinatsiyalanadi 
va Geografiya jamiyatining syezdlarida muhokama qilinadi. 
Gidrologiyaning suv 
obyektlarida suv rejimi elementlarini oichash va kuzatish, 
shuningdek, ushbu o‗lchash va kuzatish ishlari usullarini ishlab 
chiqadigan hamda ulami amaliyotga tatbiq etish bilan shug‗ullanadigan qismi 
―Gidrometriya‖ deb nomlanadi. 
«Gidrometriya» ikkita grek so‗zining qo‗shilishidan hosil 
bo‗lgan, ya‘ni «gidro» - suv, «metriya» - o‗lchash m a‘nolarini 
bildiradi. Bir so‗z bilan aytganda, gidrometriya ―suvni o‗lchash‖ 
demakdir. Amalda esa gidrometriya fani faqatgina suvni o‗lchash 
ishlari bilan emas, balki kompleks suv oichash va kuzatish ishlarini bajarish bilan ham 
shug‗ullanadi. 
«Gidrometriya» fanining asosiy maqsadi talabalarga suv 
obyektlarida bajariladigan kuzatish, oichash ishlari hamda ana shu 
ishlami amalga oshirish jarayonida to‗plangan m aium otlam i 
umumlashtirish va hisoblash usullarini o‗rgatishdan iboratdir. Suv 


obyektlariga daryolar, koilar, suv omborlari, kanallar va boshqa 
suv havzalari kiradi. 
Yuqorida qayd etilgan maqsad bilan bogiiq holda, gidrometriyaning ikkita asosiy 
vazifasi mavjud: 
1) suv obyektlari gidrologik rejimi elementlarini kuzatish va 
miqdoriy baholash usullarini ishlab chiqish va bu jarayonda 
qoilaniladigan asbob-uskunalar hamda qurilmalami yaratish; 
2) suv obyektlarining suv sathi, suv va oqiziqlari oqimi, 
kimyoviy tarkibi, harorati, muzlash hodisalari kabi gidrologik 
rejimi elementlarining ko‗p yillik ko‗rsatkichlarini aniqlash 
maqsadida ulami muntazam o‗rganib borish. 
Suv obyektlari gidrologik rejimi elementlarini kuzatish va 
o‗lchash hamda bu ishlaming natijalari aks etgan m a‘lumotlami 
to‗plash, birlamchi qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish, bir 
so‗z bilan aytganda, ulami o‗rganish juda zarurdir. Bu 
m a‘lumotlardan gidrotexnik inshootlami loyihalash, qurish va 
ekspluatatsiya qilishda, shuningdek, bu jarayonlar bilan bog‗liq 
bo‗lgan gidrologik hamda suv xo‗jaligi hisoblashlarini bajarishda 
keng foydalaniladi. 
Gidrologik stansiyalar va postlami tashkil etish, ulami 
tegishlicha kuzatish hamda oichov asboblari, uskunalar va 
qurilmalar bilan jihozlash, shuningdek, kuzatishlami amalga 
oshirish usullari hamda suv oichash asbob-uskunalarini ishlab 
chiqish, takomillashtirish masalalari ham gidrometriyaning vazifasi 
hisoblanadi. 
Gidrometriya o‗rganadigan suv obyektlarining turiga bogiiq 


holda quyidagi qismlarga bo‗linadi: 
1. Atmosfera suvlari gidrometriyasi; 
2. Yer usti suvlari gidrometriyasi; 
3. Yer osti suvlari gidrometriyasi. 
Atmosfera suvlari gidrometriyasi atmosfera fizikasi yoki 
meteorologiyaga tegishlidir. 
Yer usti suvlari gidrometriyasini, o‗z navbatida, quyidagi ikki 
qismga ajratish mumkin: 
1) okeanlar va dengizlar gidrometriyasi; 
2) quruqlik suvlari (daryolar, ko‗llar, suv omborlari va 
boshqalar) gidrometriyasi; 
Yer osti suvlari gidrometriyasi yer osti suvlari gidrologiyasi 
yoki gidrogeologiyaga tegishlidir. 
Hozirgi kunda gidrometriyaning yuqorida qayd etilgan 
qismlari orasida okeanlar va dengizlar gidrometriyasi, qisqacha, 
dengizlar gidrometriyasi hamda quruqlik suvlari gidrometriyasi, 
qisqacha, daryolar gidrometriyasi ancha mukammalashgan boiib, 
ular gidrometriyaning alohida vazifalarga ega boigan bo‗limlari 
sifatida shakllangan. 
Suv obyektlarida m a‘lum maqsad va vazifalami ko‗zlab bajariladigan asosiy 
gidrometrik ishlar tarkibiga quyidagilar kiradi: 
1) daryolar, koilar, suv omboriari, kanallar va boshqa suv 
obyektlarida gidrologik stansiyalar va postlami qurish, ulami jihozlash; 
2) gidrologik stansiya va postlarda suv sathini muntazam 
kuzatish ishlarini tashkil etish; 
3) suv obyektlarida suv yuzasi nishabligini o ‗rganish; 


4) m a‘lum maqsadlarni ko'zlab, chuqurlik oichash ishlarini 
bajarish; 
5) suvning harorati va muzlash hodisalarini o ‗rganish; 
6) daryolar, kanallarda suvning oqish tezligini oichash va 
oqim yo‗nalishini aniqlash; 
7) daryolaming suv va loyqa oqiziqlari oqimini o ‗rganish; 
8) daryolar loyqa oqiziqlarining mexanik tarkibini o‗rganish; 
9) suvning rangi, tiniqligi va boshqa tabiiy xususiyatlarini 
o‗rganish; 
10) suvning sho‗rligi, minerallashuv darajasi, kimyoviy tarkibi 
va boshqa gidrokimyoviy xususiyatlarini o‗rganish. 
M a‘lumki, daryolar va soylarda, ba‘zan, sel toshqinlari kuzatilishi, ularda eng katta 
suv sarflari hosil boiishi, koilar va suv 
omborlarida esa suv sathining keskin koiarilishi yoki boshqa 
turdagi favqulodda vaziyatlar yuzaga kelishi mumkin. Bunday 
sharoitlarda aniq maqsad va vazifalarga bogiiq holda tayyorlangan 
dastur asosida bajariladigan maxsus suv oichash va kuzatish 
ishlarini amalga oshirish ham gidrometriyaning vazifasiga kiradi. 
Yer — Quyosh sistemasidagi Quyoshdan uzoqligi jihatdan uchinchi (Merkuriy, 
Venera sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda yaqin 
boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va massasi 
jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (Yupiter, Saturn, Uran, Neptundan keyin) 
beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa 
sayyoralardan farq qiladi. Biroq, hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi 
boʻlganligi sababli Yerni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, 
hayotning Yerdagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi 
(qarang Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar). Astronomik belgisi fi �. 
Hozirgi zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Yer Quyosh atrofidagi fazoda 
gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi 


(birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 milliard-yil muqaddam paydo boʻlgan. Yer tarkib 
topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib 
chiqadigan issiqlik hisobiga Yerning ichki qismi asta-sekin qizib, Yer moddasining 
differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Yerning konsentrik joylashgan turli 
qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan 
farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Yer ichki qismining tuzilishi, seysmik 
toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida 
aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Yer ichki 
qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. 
Bu zamonaviy metodlar asosida Yer ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni 
berdi. 
Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi 
Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li 
chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km 
chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv 
sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan. 
Yer — 
Quyosh 
sistemasidagi
 
Quyoshdan
 uzoqligi 
jihatdan 
uchinchi 
(
Merkuriy

Venera
 sayyoralaridan keyin) sayyora. U oʻz oʻqi atrofida va aylanaga juda 
yaqin boʻlgan elliptik orbita boʻyicha Quyosh atrofida aylanib turadi. Hajmi va 
massasi jihatidan Yer katta sayyoralar ichida (
Yupiter

Saturn

Uran

Neptundan
 keyin) 
beshinchi oʻrinda. Yerda hayot borligi bilan u Quyosh sistemasidagi boshqa 
sayyoralardan farq qiladi. Biroq, hayot materiya taraqqiyotining tabiiy bosqichi 
boʻlganligi sababli Yerni koinotning hayot mavjud boʻlgan yagona. kosmik jismi, 
hayotning Yerdagi shakllarini esa mavjudotning yagona shakllari deb boʻlmaydi 
(qarang 
Yerdan tashqaridagi sivilizatsiyalar
). 
Astronomik belgisi
 fi. 
Hozirgi zamon kosmogoniya nazariyalariga koʻra, Yer Quyosh atrofidagi fazoda 
gazchang holatda boʻlgan kimyoviy elementlarning gravitatsion kondensatlanishi 
(birbiriga qoʻshilishi) yoʻli bilan 4,7 milliard-yil muqaddam paydo boʻlgan. Yer tarkib 
topib borayotgan vaqtda radioaktiv elementlarning parchalanishi natijasida ajralib 
chiqadigan issiqlik hisobiga Yerning ichki qismi asta-sekin qizib, Yer moddasining 
differensiyalanishiga olib kelgan, oqibatda Yerning konsentrik joylashgan turli 
qatlamlari — kimyoviy tarkibi, agregat holati va fizik xossalari jihatidan bir-biridan 
farq qiladigan geosferalari hosil boʻlgan. Yer ichki qismining tuzilishi, seysmik 
toʻlqinlarning yer sirti va butun hajmi boʻyicha tarqalishini tadqiq etish asosida 
aniqlangan. Bu toʻlqinlar boʻylama va koʻndalang toʻlqinlar boʻlib, ularning Yer ichki 
qismini tashkil etgan qattiq, suyuq qatlamlarida tarqalishi turlicha koʻrinish kasb etadi. 


Bu zamonaviy metodlar asosida Yer ichki qatlamlarini oʻrganish quyidagi natijalarni 
berdi. 
Yer poʻsti deb ataluvchi qatlam oʻrtacha 30 km qalinlikka ega boʻlib, uning ostidagi 
Yer mantiyasi 2900 km chuqurlikkacha boradi. Undan pastda — 5500 km li 
chuqurlikkacha suyuq tashqi yadro joylashgan boʻlib, markazda diametri 1500 km 
chamasidagi qattiq subʼyadro yotadi. Yerdan tashqarida tashqi geosferalar — suv 
sferasi (gidrosfera) va havo sferasi (atmosfera) joylashgan. 
Yer sayyorasining umumiy strukturasi[1 
Chuqurlik, km 
Qavati 
Zichligi, g/sm3[2] 
0—60 Litosfera (5 to 200 kmgacha joyni qamrab oladi) — 
0—35 Tuproʻg (mestami variruetsya ot 5 do 70 km) 
2,2—2,9 
35—60 
Eng yuqori mantiya qatlami 
3,4—4,4 
35—2890 Mantiya 
3,4—5,6 
100—700 Astenosfera — 
2890—5100 Tashqi yadro 
9,9—12,2 
5100—6378 Ichki yadro 12,8—13,1 
er yuzasining katta qismini Dunyo okeani egallaydi (361,1 million km2 yoki 70,8 %), 
quruqlik 149,1 million km2 (29,2 %)ni tashkil etadi (quruqlik olti katta materik va 
koʻpdan-koʻp orollardan iborat). Yevrosiyo materigi ikki qitʼaga: Yevropa va Ocueʼra 
boʻlinadi, Shimoliy va Janubiy Amerika materiklari esa bir qitʼa hisoblanadi, baʼzan 


Tinch okean orollari Okeaniya deb ataladi va odatda uning maydoni Avstraliya bilan 
qoʻshib qisoblanadi. 
Materiklar Dunyo okeanini Tinch, Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlariga 
ajratib yuborgan, baʼzi tadqiqotchilar Atlantika, Tinch va Hind okeanlarining 
Antarktida yonidagi qismlarini Janubiy okean deb alohida ajratadilar. 
Yerning Shimoliy yarim shari, asosan, qitʼalardan (quruqlik 39 %), Janubiy yarim 
shari — okeanlardan (quruqlik atigi 19 %) iborat. Gʻarbiy yarim sharning koʻp qismi 
suv, Sharqiy yarim sharning koʻp qismi esa quruqlikdir. 
Yerning eng baland nuqtasi bilan eng past nuqtasi orasidagi farq qariyb 20 km ga 
yetadi, dunyodagi eng baland Jomolungma (Everest) choʻqqisi (Hi-molay togʻlarida) 
8848 m boʻlsa, eng chuqur Mariana suv osti botigʻi (Tinch okeanda) 11022 m dir. 
Yer gravitatsion (tortish), issiqlik, magnit va elektr maydonlariga ega. Yerning 
gravitatsion kuchi Oy va sunʼiy yoʻldoshlarni Yer orbitasida tutib turadi. Yerning 
sferik (dumaloq) shaklda boʻlishi, Yer usti relyefining koʻp xususiyatlari, daryolar 
oqimi, muzliklar siljishi va b. jarayonlar ham gravitatsion maydon oqibatidir. 
Magnit maydoni Yer yadrosi va mantiyadagi turli jarayonlardan kelib chiqadi (qarang 
Yer magnetizmi). Yerning elektr maydoni ham magnit maydoni bilan chambarchas 
bogʻliq (qarang Atmosfera elektri). Atmosfera va magnitosferada birlamchi kosmik 
omillar katta oʻzgarishga uchraydi. Kosmik nurlar, quyosh shamoli, quyoshning 
rentgen, ultrabinafsha, optik va radio nurlari yutiladi va b. oʻzgarishlarga uchraydi, bu 
esa Yer yuzasidagi jarayonlar uchun muhim ahamiyatga ega. Magnitosfera, xususan, 
atmosfera elektromagnit va korpuskulyar radiatsiyaning koʻp qismini tutib qolib, tirik 
organizmlarni uning halokatli taʼsiridan saqlaydi.Yer Quyoshdan 1,7-1017 J/s 
miqdorida nur energiyasi oladi, lekin uning atigi 50 % Yer yuzasigacha yetib keladi va 
Yer yuzasidagi koʻp jarayonlarning energiya manbai bulib xizmat qiladi. 
Yer yuzasi, gidrosfera, shuningdek, atmosfera va Yer poʻstining yer yuzasiga yaqin 
qatlamlari geografik qobiq yoki landshaft qobigʻi degan umumiy nom bilan ataladi. 
Hayot geografik qobiqqa paydo bulgan. Tirik modda ayni paytda geologik kuch ham 
boʻlib, geografik qobiqni tubdan oʻzgartirib yuborgan. Yerning hayot va bio-gen 
mahsulotlar tarqalgan sohasi biosfera deb ataladigan boʻldi. 
Yer, uning shakli, tuzilishi va Koinotda tutgan oʻrni toʻgʻrisidagi hoz. bilimlar uzoq 
davrlar davomidagi izlanishlar jarayonida tarkib topdi. Qadimda (mil. av. 7-asr, Fales) 
Yerni — suv bilan oʻralgan yassi jism deb, keyinroq (mil. av. 6-asr, Anaksimandr) 
silindrik shaklda deb va, nihoyat, mil. av. 6-asr 2-yarmida (Pifagor) shar shaklida deb 
tasavvur qiddilar. Mil. av. 4-asr da Aristotel Oyning Yer soyasiga kirish (Oy tutilishi) 


hodisasini oʻrganib, Yerning shar shakldaligini birinchi boʻlib isbot qildi. Yerning 
diametrini mil. av. 3-asr da aleksandriyalik Eratosfen yetarlicha katta aniqlikda 
oʻlchadi. 9-asr da Xorazmiy va Ahmad al-Fargʻoniy Yer meridiani yoyini oʻlchash 
asosida Yer diametrini yanada aniqroq oʻlchashga erishdilar. Yer radiusi uzunligini va 
G uzunlikni qiyalik burchagining pasayishi yordamida oddiy usulda oʻlchagan olim 
Abu Rayhon Beruniy hisoblanadi. 
Uzoq-yillar Yer — Koinot markazi deb qaraldi. Faqat 16-asrga kelib, sayyoralarning 
yulduzlar fonidagi sirt-moqsimon harakatlarini tushuntirish asosida polyak astronomi 
N. Kopernik Yer Quyosh atrofida aylanuvchi oddiy sayyoralardan biri ekanligini isbot 
qildi. 
17-asr boshlarida nemis astronomi I. Kepler tomonidan sayyoralar qarakati qonuni 
kashf etilib, 1687-yil da I. Nyuton tomonidan Butun olam tortishish konuni isbot 
qilinganidan soʻng geliotsentrik sistema nazariyasi uzil-kesil karor topdi. „Qattiq― Yer 
tuzilishi, asosan, 20-asr da seysmologiya yutuklari tufayli aniqlandi. 
Elementlarning radioaktiv parchalanishi hodisasi kashf etilgach, koʻpgina fundamental 
konsepsiyalarni qayta koʻrib chiqishga toʻgʻri keldi. Jumladan, Yer eng avval suyuq 
olov edi, degan tushuncha oʻrniga Yer qattiq sovuq zarralardan vujudga kelgan degan 
nazariya paydo boʻldi (qarang Shmidt gipotezasi). Togʻ jinslarining mutlaq yoshini 
aniqlashning radioaktiv metodlari ishlab chiqildi. Bu esa Yer tarixi qancha davom 
etganini, yer yuzasi va bagʻridagi jarayonlarning tezligini aniqlashga imkon berdi. 
20-asr 2-yarmida raketa va sunʼiy yoʻldoshlardan foydalanib, atmosferaning yuqori 
qatlamlari va magnitosfera haqida tasavvurlar shakllandi. 
Yerning massasi 5976–6021 kg, bu esa Quyosh massasining 1/330000 qismiga teng. 
Quyoshning tortish kuchi taʼsirida Yer Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar kabi, 
Quyosh atrofida doiradan juda oz farq qiladigan elliptik orbita boʻylab aylanadi. 
Quyosh Yerning elliptik orbitasi fokuslaridan birida turadi. Shuning uchun ham Yer 
bilan Quyosh orasidagi masofa-yil davomida 147,117 million km dan (perigeliylya) 
152,083 million km gacha (afeliyaa) oʻzgarib turadi. Yer orbitasining 149,6 million 
km ga teng katta yarim oʻqi Quyosh sistemasi doirasida masofalarni oʻlchashda birlik 
deb qabul qilinadi (qarang Astronomik birlik). Yerning orbita boʻylab qiladigan 
harakat tezligi, oʻrta hisobda, 29,765 km/s boʻlib, 30,27 km/s dan (perigeliyda) 29,27 
km/s gacha (afeliyda) oʻzgarib turadi. Yer Quyosh bilan birga Galaktika markazi 
atrofida ham aylanadi, galaktik aylanish davri 200 million-yilga yaqin vaqtga teng, 
harakatning oʻrtacha tezligi 250 km/s. Eng yaqin yulduzlarga nisbatan Quyosh Yer 
bilan bir-galikda Gerkules yulduzlar turkumiga tomon ~ 19,5 km/s tezlikda harakat 
qiladi. 


Yerning Quyosh atrofida aylanish davri-yil deb ataladi va Yer harakati osmon 
jismlarining qaysi biriga va osmon gumbazining qaysi nuqtasiga nisbatan olinishiga 
qarab-yil har xil ataladi. Quyosh markazining bahorgi tengkunlik nuqtasidan ikki 
marta ket-ma-ket oʻtishi uchun ketgan vaklta tropik-yil deb ataladi. Tropik-yil Quyosh 
taqvimlari uchun asos qilib olingan va u 365,2422 oʻrtacha quyosh sutkasiga teng 
(qarang Taqvim). 
Boshqa sayyoralarning tortishi taʼsirida ekliptika tekisligining holati va Yer 
orbitasining shakli million-yillar mobaynida sekin oʻzgaradi. Bunda ekliptikaning 
Laplas tekisligita ogʻishganligi 0° dan 2,9° gacha, Yer orbitasi ekssentrisiteti esa 0 dan 
0,067 gacha oʻzgaradi. Hoz. ekssentrisitet 0,0167 ga teng bulib,-yiliga 4-10~7 dan 
kamaya boradi. Olam Shimoliy Qutbidan turib Yer shariga qaralsa, Yerning orbita 
buylab soat miliga teskari yunalishda aylanayotganini koʻrish mumkin boʻlar edi. 
Gravitatsiya, Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanishi natijasida yuzaga keladigan 
markazdan qochma kuch, shuningdek, relyef hosil qiluvchi ichki va tashqi kuchlar 
taʼsirida Yer murakkab shaklga kirgan. Gravitatsion potensialning sath yuzasi (yaʼni 
hamma nuqtalarda shoqul yoʻnalishiga perpendikulyar (tik) boʻlgan va okean sathiga 
toʻgʻri keladigan yuza) taqriban Yer shakli deb qabul qilingan (bunda okeanlarda 
toʻlqin, suv koʻtarilishi, oqim va atmosfera bosimi taʼsirida suv sathining oʻzgarib 
turishi eʼtiborga olinmaydi). Bu geoid shakl deb ataladi. Ana shu yuza bilan 
chegaralangan qajm Yer qajmi deb h.isoblanadi (qitʼalarning dengiz sathidan yuqori 
joylashgan qismlari hajmi bunga kirmaydi). Geodeziya, haritagrafiya va b. da bir 
qancha ilmiy va amaliy masalalarni hal qilish uchun Yer shaklining ellipsoid yuzasini 
Yer shakli deb qabul qilinadi. Yer ellipsoidi parametrlarini, Yerdagi holatini, 
shuningdek, Yerning gravitatsion maydonini bilish, sunʼiy kosmik jismlarning harakat 
qonunlarini oʻrganadigan astrodinamikada katta ahamiyatga ega (qarang Geodeziya, 
Gravimetriya). 
Yer shar shaklida deb hisoblansa, ekvatordagi har bir nuqta 462 m/s, sr kenglikdagi 
nuqtalar esa 463 cos f (m/s) tezlik bilan harakatlanadi. Aylanish chizikli tezligining, 
binobarin markazdan qochma kuchning kenglikka bogʻliqligi turli kengliklarda 
ogʻirlik kuchi tezlanishining turlicha boʻlishiga olib keladi. 
Yerning aylanish oʻqi ekliptika tekisligiga tushirilgan perpendikulyardan 23°26,5‘ 
ogʻishgandir (20-asr urtalarida); hozir bu burchak-yiliga 0,47" dan kichrayib 
bormoqda. Yer Quyosh atrofida orbita boʻylab harakat qilganda aylanish oʻqi fazoda 
doimiy yoʻnalishini deyarli sakdaydi. Bu esa pil fasllarini hosil qiladi. Yerning oʻz oʻqi 
atrofida aylanishi natijasida kun va tun hosil boʻladi. Yerning oʻz oʻqi atrofida bir 
marta aylanish davri sutka deyiladi. Oy, Quyosh va b. sayyoralarning gravitatsion 
taʼsirida Yer oʻqi qiyaligi va orbitasi ekssentrisitetining uzok, davom etadigan davriy 


oʻzgarishlari yuzaga keladi, bu esa, oʻz navbatida, iklimning koʻp asrlar davomida 
qisman oʻzgarib borishiga sabab buladi. 
Oy va Quyoshning tortishi taʼsirida Yerning aylanish davri muntazam ravishda ortib 
bormoqda. Oyning tortishi atmosfera, suv qobigʻi va „qattiq― Yerda ham 
deformatsiyalanishni yuzaga keltiradi. Oy tortishi natijasida Yer poʻstidagi koʻtarilish-
pasayish amplitudasi 43 sm ga, ochiq okeanda koʻpi bilan 2 m ga yetadi; atmosferada 
esa bosim bir necha yuz N/m2 (bir necha mm sim. ust.)gacha oʻzgaradi. Koʻtarilish-
pasayish harakatida roʻy beradigan ishqalanish taʼsirida Yer-Oy sistemasi energiya 
yoʻqotadi va harakat miqdori momenti Yerdan Oyga oʻtadi. Oqibatda Yerning 
aylanishi sekinlashadi, Oy esa Yerdan uzokdashadi. Yerning oʻz oʻqi atrofida aylanish 
davri bir asrda oʻrtacha bir necha m/s ga ortib bormoqda (500 million yil oldin sutka 
20,8 soat boʻlgan). Yerning aylanish tezligi havo massalari va namlikning mavsumiy 
almashinib turishi natijasida ham-yil davomida oʻzgarib turadi. Yer qutblari botiq 
(ekvator atrofi massasi kattaroq) bulganligi va Oy orbitasi Yer ekvatori tekisligida 
yotmaganligidan Oyning tortishi pretsessiyami vujudga keltiradi, yaʼni Yer oʻqi fazoda 
ekliptika oʻqi atrofida sekin burilib boradi va 26 ming-yil deganda bir marta toʻliq 
konus sirt chizadi. Bu harakatga oʻq yoʻnalishining davriy tebranishlari — nutatsiya 
ham qushilib ketadi (asosiy davri 18,6-yil). Aylanish uqining Yer tanasiga nisbatan 
holati davriy ravishda ham (bunda qutblar urtacha holatdan 10–15 m ogadi), asrlar 
davomida ham oʻzgarib turadi, Shimoliy qutbning Urtacha holati Shimoliy Amerika 
tomonga-yiliga −11 sm dan surilib boradi (k,. Geografik qutblar). 
Yerning tuzilishi. Magnitosfera. Yerning eng tashqi va eng kalin poʻsti Yerga eng 
yaqin fazo — magnitosfera, uning fizik xossalari Yer magnit maydoniga va bu 
maydonning kosmik zarralar oqimi bilan oʻzaro taʼsirlashuviga bogʻliq. Kosmik 
zondlar va Yer sunʼiy yoʻldoshlari yordamida olib borilgan tekshirishlar Yer doimo 
Quyoshdan keladigan korpuskulyar zarrachalar oqimi (quyosh shamoli)da turishini 
koʻrsatadi. Yer orbitasi yaqinida bu zarralar oqimining tezligi 300 dan 800 km/s gacha 
yetadi. Quyosh plazmasida kuchlanganligi oʻrtacha 4,8-10~3 a/m (6-10~5)ga teng 
magnit maydoni mavjud. 
Quyosh plazmasi oqimi Yer magnit maydoni bilan tuqnashganda zarba toʻlqini paydo 
boʻladi, uning Yer markazidan uzokligi 13—14 Re ga teng (Rffi — Yer radiusi), shu 
toʻlqindan keyin 20 ming km qalinliqdagi qatlam (oraliq soha) keladi. Quyosh 
plazmasidagi magnit maydonida zarralar tartibsiz harakatlanadi. Bu maydonda plazma 
temperaturasi 200 ming darajadan 10 million darajagacha koʻtariladi.Magnitosferaga 
quyosh shamoli oraliq soha orqali utadi. Oraliq soha bilan magnitosfera chegarasi — 
magnitopauza quyosh shamolining dinamik bosimi Yer magnit maydoni bosimi 
muvozanatlab turadigan joydan utadi. U Yer markazidan 10—12 Rffi (70—80 ming 


km), qalinligi 100 km; magnitopauza atrofida magnit maydoni kuchlanganligi 8-10 2 
a/m (10~3). Quyosh faolligi paydo boʻlishi natijasida magnitosfera oʻzgaradi. Quyosh 
faolligi tufayli quyosh shamoli va uning magnit maydonida sezilarli oʻzgarish yuz 
beradi, yaʼni magnit boʻroni paydo boʻladi. Magnit boʻroni tufayli atmosferaning 
yuqori qatlami qiziydi, zarralar ionlanishi ortadi, tezlashadi, qutb yogʻdusining 
yorqinligi kuchayadi, elektromagnit shovqinlari hosil boʻladi, qisqa toʻlqinli 
radioaloqa buziladi va h. k. Geomagnit maydon Yerning radiatsiya mintaqasini hosil 
qiladi, bu esa kosmik kemalarning uchishi uchun xavflidir. 
Atmosfera. Atmosfera yoki Yerning havo qobigʻi deganda „qattiq― Yerni oʻrab olgan 
va u bilan birga aylanadigan gaz muhiti tushuniladi. Atmosferaning massasi, zichligi, 
qatlami tuzilishi, atmosferadagi dissotsilanish, ionlanish va b. haqida atmosfera 
maqolasida yoritilgan. 
Yerning geografik poʻstida yuz beradigan fizik, kimyoviy va biologik jarayonlar uchun 
asosiy energiya manbai, yaʼni Quyoshdan tarqaladigan elektromagnit nurlar Yer sirtiga 
atmosfera orqali oʻtadi. Atmosfera rentgen va gamma-nurlar (qisqa toʻlqinli nurlar) ni 
yutib, biosferani zararli taʼsirlardan saqlaydi. Atmosferada karbonat angidrid va suv 
bugʻlari boʻlgani uchun Quyosh nurlanishi energiyasining 48 % Yer sirtiga yetib 
keladi. Atmosferada bugʻ, tomchi va muz kristallari koʻrinishida (1,3—1,5)1016 kg 
suv bor. Atmosfera boʻlmaganda Yer sirtining-yillik oʻrtacha temperaturasi — 23° 
boʻlar edi (aslida bu temperatura 14,8° ga teng). 
Atmosfera kosmik nurlarning maʼlum qismini ham ushlab qolib, Yerni meteoritlar 
zarbasidan saqlaydi. Quruqlik va dengiz ustida, turli balandlik va turli kengliklarda 
atmosfera turlicha qizigani uchun atmosfera bosimi ham turlicha taqsimlanadi. Shu 
sababli umumiy atmosfera sirkulyasiyasi vujudga keladi. Suvning aylanib yurishi, 
yogʻin-sochin va ularning oqishi atmosfera sirkulyasiyasi bilan bogʻliq. Issiqlik 
almashinuvi, suvning aylanib yurishi va atmosfera sirkulyasiyasi iqlimni vujudga 
keltiradigan asosiy omillardir. Quruklik sirtida va suv havzalarining yuqori 
qatlamlarida yuz beradigan turli jarayonlarda atmosfera muhim rol oʻynaydi. Yerda 
hayotning rivojlanishida atmosferaning oʻrni beqiyos. 
Gidrosfera. Suv qobigʻi Yer shari yuzasini sidirgʻasiga qoplagan emas. Gidrosfera 
umumiy hajmining qariyb 94 % okean va dengizlardir; 4 % yer osti suvlariga, 2 % 
muz va qorlarga (asosan, Arktika, Antarktika va Grenlandiyada), 0,4 % kuruklikdagi 
suvlarga (daryolar, koʻllar, botqoqliklarga) toʻgʻri keladi. Atmosfera va organizmlarda 
ham suv bor. Yer yuzasiga bir-yilda yogʻadigan yogʻin miqdori quruklik va okeanlar 
yuzasidan bugʻlanadigan suv miqdoriga ten. 


„Qattiq― Yer. „Qattiq― Yerning tuzilishi, tarkibi va xususiyatlari haqida, asosan, 
taxminan maʼlumotlargina mavjud, chunki Yer poʻstining faqat eng ustki qisminigina 
bevosita kuzatish imkoniyati bor. Yer qaʼrining eng chuqur qatlamlari toʻgʻrisidagi 
maʼlumotlar esa turli xil bilvosita (asosan, seysmologiya, gravimetriya, geotermiya, 
magnitometriya, geofizika, Yer tebranishi chastotasini oʻlchash va b.) tadqiqot usullari 
bilan olingan. Bulardan eng ishonchlisi — zilzila toʻlqinlarining Yerda tarqalish 
yoʻllari va tezligini oʻrganishga asoslangan seysmik usuldir. Bu tadqiqotlar asosida 
Yer 3 geosfera: Yer poʻsti, mantiya va yadrodan tuzilganligi isbotlandi. 
„Qattiq― Yerning ustki qismi — Yer poʻsti tarkibi nihoyatda xilma-xil va eng 
murakkab sferadir. Olimlarning fikriga koʻra, Yer poʻstining qalinligi quruqlikda 20–
80 km, okeanlar tubida 5–10 km. Oʻrta Osiyoda Yer poʻstining qalinligi tekisliklarda 
35 km, togʻlik joylarda 50–80 km. Yer poʻsti bir necha tipga boʻlinadi; ulardan koʻp 
tarqalganlari materik va okean osti Yer poʻstidir. Materik Yer poʻsti 3 qatlamdan 
iborat: ustki — chukindi qatlam (10 km dan 20 km gacha), oʻrta — shartli ravishda 
„granit― qatlam deb ataladigan qatlam (10 km dan 40 km gacha) va quyi — „bazalt― 
qatlami (10 km dan 80 km gacha). 
Okeanlarda choʻkindi qatlamning qalinligi aksari bir necha yuz m ni tashkil etadi. 
„Granit― qatlami juda yupqa yoki butunlay bulmaydi. Uning urnida qalinligi 1—2,5 
km cha bulgan va tabiati aniqlanmagan „ikkinchi― qatlam uchraydi. „Bazalt― 
qatlamining qalinligi 5 km chamasida. Yer poʻstining asosiy tiplaridan tashqari yana 
„oraliq― tuzilishiga ega bir necha tiplari uchraydi. Subkontinental (baʼzi bir 
arxipelaglar tagida) va subʼokean tiplari (qitʼa ichkarisida va chekka dengizlarning 
chuqur suvli botiqlarida) shular jumlasidandir. Subkontinental poʻstda „granit― va 
„bazalt― qatlamlari bir-biridan unchalik aniq ajralmagan va umumlashtirilib granit-
bazalt qatlami deb yuritiladi. Subʼokean poʻsti okean osti Yer poʻstiga yaqin, ammo 
undan umumiy qalinligi, shu jumladan chukindi qatlamining qalinligi bilan farq qiladi. 
Yer poʻsti 95 % otqindi, 5 % chukindi va metamorfik jinslardan tuzilgan. Aksariyat 
foydali qazilma konlar Yer poʻstila joylashgan. Yer poʻstining ostida Yerning mantiya 
qobigʻi boshlanadi. Mantiyadan Yer poʻsti Moxorovichich yuzasi bilan ajralgan. 
Mantiya 3 qatlamdan iborat bulib, 2900 km chuqurlikkacha choʻzilib, usha yerda 
Yerning yadrosi bilan chegaralanadi. Ikki qatlami yu qori mantiya (kalinligi 850–900 
km)ni va 3-qatlam quyi mantiya (qalinligi 2000 km cha)ni tashkil etadi. 1-qatlamning 
bevosita Yer poʻsti tagidagi ustki qismi substrat deyiladi. Yer poʻsti substrat bilan 
birgalikda litosferami hosil qiladi. Yuqori mantiyaning quyi qismi uning xossalarini 
kashf etgan seysmolog nomi bilan Gutenberg kotlami (astenosfera) deb ataladi. 
Gutenberg qatlamida seysmik toʻlqinlarning tarqalish tezligi undan yuqori va quyidagi 
qatlamlardagidan kichikroq. Astenosfera quyi mantiyadan Golitsin qatlami bilan 


ajralgan. Golitsin qatlamida seysmik toʻlqinlarning tezligi quyiga tomon orta boradi 
(boʻylama toʻlqinlar 8—11,3 km/sek, koʻndalang toʻlqinlar 4,9—6,3 km/sek ga yetadi) 
(qarang Yer mantiyasi). Hoz. zamo-naviy tasavvurlarga kura mantiyaning tarkibi tosh 
meteoritiga yaqin. Man-tiyada kislorod, kremniy, magniy, temir koʻp. 
Yer yadrosi (urtacha radiusi 3,5 ming km cha) tashqi yadro hamda 1,3 ming km 
radiusli ichki yoki subʼyadroga bulinadi. Subʼyadroda seysmik toʻlqinlar deyarli bir xil 
tezlikda tarqaladi. Ularni bir-biridan kalinligi 300 km ga yaqin oraliq zona ajratib 
turadi. 
„Qattiq― Yerning fizik xossalari va kimyoviy tarkibi. Yer ichiga chuqur kirgan sari 
zichlik, bosim, ogʻirlik kuchi, moddaning elastikligi, qayishqoqligi va temperatura 
oʻzgarib boradi. Yer Poʻstining oʻrtacha zichligi 2,8, choʻkindi qatlamniki 2,4—2,5, 
„granit― qatlamniki 2,7, „bazalt― qatlamniki 2,9 t/m3. Yer poʻsti bilan mantiya 
chegarasida (Moxorovichich yuzasida) zichlik 2,9—3,0 dan 3,1—3,5 t/m3 gacha 
yetadi. Shundan soʻng zichlik asta-sekin orta boradi va yadroda birdaniga 10,0 t/m3 ga 
yetadi, keyin yana asta-sekin orta borib, Yer markazida 12,5 t/m3 ga teng boʻladi. 
Yer poʻsti va yuqori mantiyada temperatura chuqurlikka tomon koʻtarila boradi. 
Mantiyadan „qattiq― Yer ustiga tomon issiq oqim keladi; bu oqim Quyoshdan 
keladigan issiqlikdan bir necha ming marta kam.
Mantiyaning hamma joyida temperatura uning tarkibidagi materialning toʻla erish 
temperaturasidan past. Materik Yer poʻsti tagida temperatura 600—700° ga yaqin, 
Gutenberg qatlamida esa erish nuqtasiga yaqin (1500—1800°) boʻlsa kerak. 
Mantiyaning yanada chuqur qatlamlari va yadro haqida taxminan fikr yuritiladi. 
Yadroda temperatura 4000—5000° dan oshmasa kerak, koʻpchilik tadqiqotchilar 
fikricha yadro tarkibida temir va nikel metallari koʻproq, boshqalar fikricha mantiya va 
yadroning tarkibi bir xil, ammo ular xossalarining turliligi katta bosimda boʻladigan 
fazali oʻtishlarga bogʻliq. 
Yuqori mantiyaning 700 km chuqurlikkacha boʻlgan qismida zilzila oʻchoqlari 
mavjudligi 
aniqlangan. 
Bu 
esa 
mantiyani 
tashkil 
etadigan 
materialning 
mustahkamligidan dalolat beradi; bundan ham chuqurroqa zilzila oʻchoqlarining 
yoʻqligi bu yerda moddaning u qadar mustahkam emasligidan yoki yetarli darajada 
mexanik kuchlanish yoʻqligidan darak beradi. Substratning elektr oʻtkazuvchanligi 
juda sust; Gutenberg (astenosfera) qatlaminiki esa kuchli, bu temperaturaning yuqori 
boʻlishi bilan bogʻliq boʻlsa kerak deb hisoblaydilar, quyi mantiyaniki, ehtimol, 
bundan ham kuchliroq. Yer yadrosida oʻtkazuvchanlik juda kuchli, bu esa yadrodagi 
moddaning metallik xossalaridan darak beradi. 


Hoz. kosmogonik farazlar sayyoralar, ularning yoʻldoshlari va meteoritlarning 
kimyoviy tarkibi Quyosh tarkibiga yaqin boʻlishi kerakligini koʻrsatadi (qarang 
Geokimyo). 
Yer poʻstining deyarli yarmi kisloroddan, toʻrtdan biridan koʻprogi esa krem-niydan 
tarkib topgan. Alyuminiy, magniy, kalsiy, natriy va kaliy ham anchagina. Kislorod, 
kremniy, alyuminiy Yer poʻstida eng koʻp tarkalgan birikmalar — silikat angidrid 
(SiO2) va alyuminiy oksid (A12O3)ni hosil qilgan. 
Mantiya asosan magniy va temirga boy ogʻir minerallardan iborat. Ulardan SiO2 bilan 
birikmalar vujudga kelgan. Substratda, forsterit (Mg2Si04) eng koʻp, undan chuqurda 
fayalit (Fe2Si04) ulushi orta boradi. Quyi mantiyada yuqori bosim taʼsirida bu 
minerallar oksidlar (SiO2, MgO, GʻeO)ga parchalanib ketgan deb taxmin qilinadi. 
Yer ichki qismlaridagi moddalarning agregat holati Yer qaʼridagi yuksak temperatura 
va bosimga bogʻliq; agarda yuqori bosim boʻlmaganda mantiya erib ketardi, shu 
sababli butun mantiya qattiq kristall holatdadir; faqat Gutenberg qatlamida 
temperaturaning taʼsiri bosimdan kuchli boʻlganligi sababli uni amorf yoki qisman 
erigan xrlatda deb hisoblaydilar. Tashqi yadro suyuq (erigan) holatda boʻlsa kerak, 
chunki suyuklikda tarqala olmaydigan koʻndalang seysmik toʻlqinlar tashqi yadrodan 
oʻtmay qoladi. Yer magnit maydonining paydo boʻlishi suyuq tashqi yadro 
mavjudligiga bogʻliq deb faraz qilinadi. Subʼyadro har holda qattiq boʻlsa kerak 
(uzunasiga tarqaladigan toʻlqinlar subʼyadro chegarasiga yaqinlashganda unda 
koʻndalang toʻlqinlar hosil qiladi). 
Geodinamik jarayonlar. Yer geosferalarining moddasi doimiy harakatda va 
oʻzgarishda. Suyuq va gazsimon qobiqda bu jarayonlar tez oʻtadi. Ammo Yer 
kurrasining rivojlanish tarixining asosiy magʻzini deyarli qattiq moddadan tuzilgan 
ichki geosferalarning ancha sekin harakatlari tashkil etadi. Yer ichida va yuzasida 
sodir boʻlayotgan jarayonlar 2 asosiy guruhga ajratiladi: ichki energiya (asosan, 
radioaktiv par-chalanish) taʼsirida vujudga keladigan endogen jarayonlar va Yerga 
tushadigan quyosh nuri energiyasi vujudga keltiradigan ekzogen jarayonlar. Endogen 
jarayonlar, asosan, chuqur geosferalar uchun xos. Yer poʻstining quyi qismlarida, 
yuqori mantiya va yanada chuqurroqsa juda katta hajmdagi jismlarning koʻchishi, 
kengayishi, siqilishi, bir fazadan ikkinchi fazaga oʻtishi, kimyoviy elementlarning 
koʻchishi (migratsiyasi), issiqlik va elektr toklarining sirkulyasiyasi va b. sodir boʻlib 
turadi. Ana shu jarayonlar taʼsirida yengil komponentlar ustki geosferalarda, ogʻir 
komponentlar chuqur geosferalarda toʻplana borgan. Endogen jarayonlar Yer poʻstiga 
taʼsir etishi natijasida uning baʼzan qismlari vertikal hamda gorizontal yoʻnalishda 
siljiydi, Yer poʻstining ichki tuzilishi deformatsiyalanadi va oʻzgaradi. Bularning 
hammasi tektonik jarayonlar boʻlib, bu jarayonlar namoyon boʻlgan joy tektonosfera 


deb ataladi. Tektonik jarayonlar bilan oʻzaro bogʻlangan holda magmatik jarayonlar 
ham sodir boʻlib turadi, bu jarayonlar natijasida magma pastdan yuqoriga koʻtariladi 
va lava xrlatida yoriqlardan Yer yuzasiga oqib chiqadi (vulkanizm). Tektonik 
deformatsiyalar (dislokatsiyalar) va magmaning singishi natijasida togʻ jinslari 
metamorfizm jarayoniga uchraydi — yuqori bosim va temperatura taʼsirida mineral 
ochiq tarkibi va strukturasi oʻzgaradi. 
Yer yuzasi va poʻstining yuqori qatlamlariga ekzogen jarayonlar ham taʼsir etadi. Togʻ 
jinslarning nurashi, yemirilgan togʻ jinslarini shamol va oqar suvlar olib ketishi, yer 
yuzasining daryo-soylar, yer osti suvlari, muzliklar tomonidan oʻzgartirib yuborilishi, 
quruqlikdagi pastliklarda, dengiz va koʻllarda toʻplanib qolib, keyinchalik choʻkindi 
togʻ jinslariga aylanishi ekzogen jarayonlardir. 
Endogen va ekzogen jarayonlarning yer yuzasiga taʼsiri bir-biriga qarama-qarshi. 
Endogen jarayonlar (asosan, tektonik harakatlar) katta pastbalandliklar xrsil qiladi
ekzogen jarayonlar esa koʻtarilgan joylarni parchalaydi, boʻlib-boʻlib yuboradi, 
yemirilgan mahsulotlarni pastqam joylarga eltadi, yaʼni yer yuzasini tekislab, 
muvozanatni saqlashga intiladi. Ichki va tashqi jarayonlarning oʻzaro taʼsiri natijasida 
yer yuzasida turli xil notekisliklar paydo boʻladi, natijada yer yuzasining relyefi tarkib 
topadi. Ichki va tashqi kuchlar nisbatining turlicha boʻlishiga qarab togʻlar, adirlar yoki 
tekisliklar hosil boʻladi. 
Endogen jarayonlar taʼsirida Yer ichidagi jinslar uning yuzasiga chiqib qolib, 
denudatsiya va akkumulyasiyaga uchraydi va choʻkindi jinslar hosil qiladigan asosiy 
manbalardan biriga aylanadi. Yer poʻsti choʻkkanda choʻkindi jinslar Yer ichiga kirib, 
endogen jarayonlar taʼsiriga tortiladi, baʼzan erib magmaga aylanadi va yana tektonik 
harakatlar taʼsirida Yer yuzasiga chiqib qoladi. 
Yer poʻsti strukturasining asosiy xususiyatlari. Yer poʻsti — ichki geosferalar ichida 
bevosita oʻrganish imkoniyati boʻlgan yagona geosfera. Shuning uchun ham Yer 
poʻstining strukturasini oʻrganish faqat Yer poʻstini emas, balki umuman Yerning 
rivojlanishi tarixi toʻgʻrisida fikr yuritish uchun muhimdir. Yer poʻsti 2 asosiy qism — 
materik Yer poʻsti va okean osti Yer poʻstidan iborat, shulardan materiklar Yer poʻsti 
yaxshiroq oʻrganilgan. Materikdagi Yer poʻstining eng qad. tarkibiy unsurlari qad. 
(tokembriy) platformalar — tektonik jihatdan kam harakat qiladigan (barqaror) keng 
quruqliklardir. Platforma hududlarining anchagina qismi geologik tarix davomida 
deyarli gorizontal yotgan choʻkindi jinslar bilan qoplangan plitalarga aylangan. 
Ularning ostida qad. burmalangan fundament joylashgan. Bunday fundament 
choʻkindi jinslar boʻlmagan qalqonlarda yer yuzasiga chiqib qolgan va burmalangan 
metamorfik jinslardan tashkil topgan, bularni asosan granit tarkibli chuqur magmatik 
intruziyalar yorib chiqqan. Qad. platformalar bir-biridan faol geosinklinal mintaqalar 


bilan ajralgan; geosinklinal mintaqalar bir qancha geosinklinal sistemalardan iborat. 
Geosinklinal]] mintaqalar uzunasiga oʻnlarcha ming km ga choʻzilgan, ularda Yer 
poʻsti qalin, katta amplitudali vertikal qarakatlar sodir boʻlgan, togʻ jinslari kuchli 
burmalangan, vulkan harakatlari faollashgan va seysmik harakatlar shiddatli tus olgan. 
Okean osti Yer poʻsti kam oʻrganilgan va bu sohada koʻproq faraz qilinadi. Keng va 
nisbatan tekis boʻlgan okean tubida vulkanizm kam, seysmik harakatlar sust, Yer 
poʻstining vertikal harakatlari sekin oʻtadi. Bunday maydonlar okean platformalari deb 
ataladi. Ayni vaqtda okean ostida tektonik harakatlar boʻlib turadigan zonalar ham bor, 
ular okean rift mintaqalari deb ataladi va butun okeanlar boʻylab oʻrtaliq togʻ tizmalari 
shaklida choʻzilib yotadi. Ularda vulkanizm, kuchli seysmiklik va Yer qaʼridan 
keladigan issiklik oqimi katta. Tizmalari boʻylama ketgan yer yoriqlari bilan 
murakkablashgan shunday joylarda qator chuqur rift botiklari paydo boʻlgan. Materik 
va okean osti Yer poʻstlarining oʻzaro strukturaviy nisbatiga koʻra ularning bir-biridan 
prinsipal farq qiladigan 2 tipini ajratish mumkin. Atlantika tipi deb ataluvchi birinchisi, 
asosan Atlantika, Hind va Shimoliy Muz okeanlariga xos. Bu yerda materik va okean 
chegarasi materik poʻsti strukturalarini koʻndalangiga kesib oʻtadi, undan okean osti 
Yer poʻstiga oʻtishi esa keskin boʻlib „granit― qatlamini materik yon bagʻriga kirib 
yoʻqolishidan amalga oshadi. Ikkinchi, yoki tinch okean tipi Tinch okean chekkalari, 
Atlantika okeanining Karib dengizi va orollari, Janubiy Gebrid o.lari va Hind 
okeanining Indoneziya qirgʻoklariga tegishlidir. Bunga mezozoy va kaynozoy burmali 
sistemalari va hoz. zamon geosin-klinallarining kontinent chetiga parallel yotishi 
xosdir. Oʻtish zonasi tarkibida geoantiklinal koʻtarilmalar mavjud. Hoz. relyefda bular 
orollar yoyining togʻlik arxipelagi koʻrinishida namoyon boʻlgan. Bular bilan chekka 
dengizlarning chuqur suv osti botiklari va kambar uzun okean novlari koʻrinishidagi 
geosinklinal bukilmalar yonma yon joylashgan. 
Tinch okean qirgʻoklarining bunday xususiyatlarini koʻpincha uning kadimiyligidan 
deb izoxlaydilar. Ayni paytda atlantika tipidagi okeanlarning nisbatan yosh ekanligiga 
shubha yoʻq. Tarixiy geol. maʼlumotlariga koʻra paleozoy erasining oxirida Janubiy 
Amerika, Afrika, Avstraliya va Antarktida materiklari, Madagaskar o. va qad. Hind 
platformasi bilan birgalikda Gondvana deb atalmish yagona kontinental massivni 
tashkil etgan. Fakat mezozoy davomida u boʻlaklarga ajralgan, natijada xoz. Hind va 
Atlantika okeanlari botiklari paydo boʻlgan. Bu faktni hamma tomonidan yakdil tan 
olinishi uni turlicha talqin etilishini inkor qilmaydi. Baʼzi bir olimlar bu hodisani 
„okeanlanish― natijasi, yaʼni materik Yer poʻstini okean osti Yer poʻstiga aylanishi deb 
hisoblaydilar. Ayni vaqtda okeanlar materik Yer poʻsti bloklarining surilishi va tag 
substratning ochilib qolishidan hosil buladi degan fikrlar keng tarqalmoqda. Materiklar 
dreyfi toʻgʻrisidagi bunday fikrlar paleogeografiya maʼlumotlari asosida tasdiqlangan. 


20-asrning 60-y.larida olgʻa surilgan mobilistik gipotezalardan „yangi global 
tektonika― yoki „plitalar tektonikasi― deb atalmish gipoteza keng tar-qaldi. Bu 
gipotezalar okeanlarda olib borilgan geofizik tadqiqotlarga aoslangan. Unda okean osti 
Yer poʻstining okean oʻrtaliq tizmalaridan ikki tomonga qarab „oqishi― va buning 
natijasida okean choʻkmalarining kengayishi taxmin qilinadi. 
Yer relyefi. Yerning eng yirik (sayyoraviy koʻlamdagi) relyef shakllari Yer poʻstining 
eng ulkan strukturali unsurlariga muvofiq keladi. Ularning morfologik tafovutlari Yer 
poʻsti ayrim qismlarining tuzilishi va tarixidagi farqqa hamda tektonik harakatlarning 
yunalishiga qarab bel-gilanadi. Yer yuzi relyefining asosan ichki (endogen) jarayonlar 
taʼsirida paydo boʻladigan bu shakllari morfostrukturalar deb ataladi. 
Sayyora masshtabidagi morfostrukturalar nisbatan kichikroq, lekin bari bir yirik 
morfostrukturalar — ayrim qirlar, togʻ tizmalari, platolar, botiklar va b. relyef 
shakllariga ajraladi. Bu morfostrukturalar ustida morfoskulpturalar deb ataladigan va 
aksari tashqi kuchlar taʼsirida vujudga kelgan xilma-xil mayda relyef shakllari 
joylashgan. 
Morfostrukturalar Yer yuzasidagi yirik past-balandliklar, materik doʻngliklari va okean 
botiqlarini hosil qiladi. Quruqlik relyefining eng yirik unsurlari — tekislik-platforma 
va togʻ (orogen) oblastlari. 
Tekislik-platforma oblastlari kad. va yosh platformalarning tekislik qismlarini oʻz 
ichiga oladi va quruqlikning qariyb 64 %ini egallagan. Dastlabki tekislik yuzalari 
aksari maydonni egallagan, ular deyarli gorizontal yotuvchi choʻkindi jinslar 
qatlamlaridan iborat. Bu oblastlarning joylanishida simmetriyalik kuzatiladi: Shimoliy 
yarim sharda Shimoliy Amerika, Sharqiy Yevropa va Sibir tekisliklari, Janubiy yarim 
sharda Janubiy Amerika (Braziliya), AfrikaArabiston va Avstraliya tekisliklari 
joylashgan. Platforma tekisliklarida alohida pasttekisliklar va qirlar, plato, 
yassitogʻliklar va ancha baland togʻ massivlari bor. Tekislik-platforma oblastlari 
mutlak, bal. 100–300 m li past oblastlar (Sharqiy Yevropa, Gʻarbiy Sibir, Turon, 
Shimoliy Amerika) va Yer poʻstining eng yangi harakatlari natijasida koʻtarilgan 
(400–1000 m) baland oblastlarga (Oʻrta Sibir yassitogʻligi, Afrika-Arabiston, 
Hindiston tekisliklari hamda Avstraliya va Janubiy Amerika tekisliklarining ancha 
qismi) boʻlinadi. Quruklik relyefida baland tekisliklar aksariyatni tashkil etadi. 
Togʻli (orogen) oblastlar quruqlikning 36 % ga yaqinini egallaydi. Bular ikki tipga 
boʻlinadi: dastlab kaynozoy geosinklinal sistemalari rivojlanishining orogen 
bosqichida paydo boʻlgan yosh yoki epige-osinklinal (Yevrosiyo jan.dagi, Shimoliy va 
Janubiy Amerikaning gʻarbidagi) togʻlar va qaytadan vujudga kelgan yoki 
epiplatforma togʻlari; ular Yer poʻstidagi qad. burmali oblastlarning tekislangan yoki 


yarim yemirilgan joylarida keyingi harakatlar natijasida yosharishi va kaytadan paydo 
boʻlishidan bunyodga kelgan (mas, Tyanshan, Kunlun, Janubiy Sibir va Mongoliya 
shim.dagi togʻlar, Shimoliy Amerikadagi Qoyali togʻlar va b.). 
Okeanlarning tubi quyidagi qismlarga ajraladi: materiklarning suv osti chekkalari, orol 
yoylari zonasi (yoki oraliq zona), okean tubi va okean oʻrtaliq tizmalari. Materikning 
suv osti chekkasi (Yeryuzasining 14 % chasi) materik sayozligi mintaqasining tekis 
qismi (shelf), materik yon bagʻri va 2500 dan 6000 m gacha chuqurlikda joylashgan 
materik etaginsh oʻz ichiga oladi. Materik yon bagʻri va materik etagini okean qaʼri 
deb ataladigan okean tubining ayeosiy qismidan quruqlik va shelfdan tashkil topgan 
materik doʻngliklari ajratib turadi. 
Orollar yoyi zonasi. Okean qaʼri Yer kurrasining hamma oblastlarida ham materik 
etaklari bilan chegaradosh boʻlavermaydi. Geosinklinal]] rejimi ho-zirgacha saqlangan 
Tinch okean gʻarbiy chekkalari, Malay arxipelagi oblasti, Antil o.lari, Skosha dengizi 
va b. hududlarda materik bilan okean qaʼri oraligʻida oʻtuvchi zona joylashgan. Bu 
zona okean tubi qismlarining kengligi va koʻtarilgan hamda chuqur choʻkkan 
joylarining keskin almashishi bilan farq qiladi. Bu xududlarda orollar yoyi 
arxipelaglari, chekka dengizlar havzalari (mas, Bering, Oxota va b. dengizlar), ular 
hududida togʻlar va kutarilmalar, shuningdek, chuqur suv osti novlari joylashgan. 
Orollar yoylari (Kuril, Zond, Antil o.lari va b.) qator orollar koʻrinishida suv sathidan 
koʻtarilgan; chuqur suv osti novlari — okean tubining 7–11 km chuqurlikdagi uzun va 
kambar botiqlaridan iborat. 
Asl okean qaʼri ning koʻp qismi (Yer yuzasining 40 % gacha) okean platformalari 
(talassokraton)ga toʻgʻri keladigan chukur suv osti (oʻrtacha chuq. 3—4 ming m) 
tekisliklari bilan band. Yassi (subgorizontal), kiya va bal. 1000 m gacha boʻlgan doʻng 
tekisliklar mavjud. Okean qaʼridagi tekisliklar oralaridan alo-hida joylashgan koʻp 
sonli suv osti togʻliklari (vulkanlar) koʻtarilib turadi. 
Suv osti relyefining eng yirik unsuri okean oʻrtaliq tizmalari dir (Yer yuzasining 10 % 
gacha). Ularning umumiy uz. 60 ming km dan koʻproq. Ular nishabli balandliklar 
boʻlib, kengligi bir necha oʻn km dan ming km gacha, qoʻshni havzalar tubidan 2–3 
km koʻtarilib turadi. Tizmalarning ayrim choʻqqilari okean sathidan vulkan orollari 
shaklida koʻtarilgan (Tristan-da-Kunya, Buve, Santa-Yelena va b.). 
Yer yuzasining tuzilishida Yer poʻstini butunlay kesib oʻtadigan va koʻpincha 
mantiyagacha boradigan chuqur Yer yoriqlari muhim rol oʻynaydi. Ular Yer poʻstini 
relyefda yaxshi ifodalanib turadigan katta boʻlaklarga ajratib turadi. Yirik Yer yoriqlari 
okeanlar tubida kenglik va subkenglik boʻyicha 1000 km gacha choʻzilgan. Bunday Ye 
yoriqlari okean oʻrtaliq tizmalarini kesib oʻtgan, ularni biri ikkinchisiga nisbatan 10–


100 km ga siljigan segmentlarga ajratib yuborgan va relyefda tepalik, kambar botiqlar 
va ular ustidan koʻtarilgan togʻ tizmalari shaklida namoyon boʻlgan. 
Morfoskulpturalar. Morfoskulpturalarning shakllanishida dare va vaqtincha oqar 
suvlarning roli katta. Suv keng tarqalgan flyuvial (erozion va akkumulyativ) shakllarni 
(daryo vodiylari, soyliklar, jarlar va b.) hosil qilgan. Muzlik shakllari ham koʻp. Ular 
xoz. va kad. muzliklar faoliyati bilan bogʻliq. Osiyo va Shimoliy Amerikada koʻp-
yillik muzloq qatlamli jinslar tarqalgan joylarda turli shakldagi muzlagan yerlar 
(kriogen) relyefi rivojlangan. Choʻl va chala choʻl oʻlkalarda fizik nurash, shamol va 
vaq-tincha okar suv oqimlari tufayli yuzaga kelgan arid relyef shakllari keng tarqalgan. 
Biosfera]]. Tarkibi, tuzilishi, energetikasi tirik organizmlar faoliyati bilan chambarchas 
bogʻlangan biologik qobiq, yaʼni biosferaning mavjudligi Yerning sayyora sifatidagi 
oʻziga xos eng muhim xususiyatidir. Biosfera]]ga Yerning faqat hoz. hayot tarqalgan 
ustki qismigina emas, balki boshqa geosferalarning tirik modda kirib boradigan hamda 
uning faoliyati taʼsirida qachonlardir qaytadan oʻzgargan qismlari ham kiradi. Shu 
sababdan biosfera tirik organizmlarning faqat hoz. yashash muhitini emas, balki kad. 
muhitini ham oʻz ichiga oladi. Turli maʼlumotlarga koʻra, Yerda 2,5 million turga 
yaqin tirik organizmlar tarqalgan. Shundan faqat 1/5 qismini oʻsimliklar tashkil qiladi. 
Hayvonlar orasida turlar soni jihatidan boʻgʻimoyoqlilar birinchi (1500000 turdan 
ortiq), mollyuskalar — ikkinchi (130000 tur), xordalilar (40000 tur) uchinchi, 
oʻsimliklardan yopiq urugʻlilar birinchi (350000 tur), zamburugʻlar (100000 tur) 
ikkinchi oʻrinda turadi. Biroq turlar soni individlar soniga har doim mos kelavermaydi, 
chunki oʻsimlik va hayvonlar ayrim sistematik guruhlarining turlari kam boʻlgani 
holda individlar soni haddan tashqari koʻp bulishi mumkin. Shu sababdan oʻsimliklar 
va hayvonot dunyosini taʼriflashda biomassa va biologik mahsuldorlik 
tushunchalaridan foydalaniladi. Tarkibi jihatidan biosfera moddasi tirik (organizmlar), 
biogen (tirik organizmlar barpo etgan mahsulotlar), biokos (biologik va anorganik 
jarayonlarning birgalikdagi taʼsiri natijasida ham hosil boʻlgan) va kos (anorganik) 
moddalarga boʻlinadi (qarang Biosfera). 
Geografik qobiq (landshaft qobigʻi) qiyosan qalin boʻlmasa ham, Yerning oʻziga xos 
xususiyatlarini mujassamlashtirgan. Bu sferada 3 geosfera atmosferaning qismlari, 
gidrosfera va Yer poʻsti bir-biri bilan tutashadi va oʻzaro munosabatda boʻladi. 
Landshaft sferasi Quyosh nuri energiyasining asosiy qismini yutadi va b. kosmik 
taʼsirlarni qabul qiladi. Unda Yer ichidagi radioaktiv parchalanish va b. jarayonlar 
taʼsirida paydo boʻladigan tektonik harakatlar roʻy beradi, minerallar qayta 
kristallanadi va h. k. 
Turli xil manba (asosan, Quyosh) energiyalari landshaft sferasida issiqlik, molekulyar, 
kimyoviy, kinetik, potensial, elektr energiyaga aylanadi va natijada bu yerda 


Quyoshdan keladigan issiklik toʻplanib, tirik organizmlar uchun xilma-xil sharoit 
yaratiladi (qarang Geografik qobiq).
Geologik tarix va yerdagi hayot evolyusiyasi. Yerning geologik tarixi Yer poʻstining 
geologik tuzilishi va togʻ jinslari majmuasini oʻrganish asosida aniqlangan. Yerdagi 
eng qad. togʻ jinslarining mutlaq yoshi 4,5 milliard-yildan koʻproq, sayyora shaklidagi 
Yerning yoshi esa qariyb 4,7 milliard-yilga teng. Yerning paydo boʻlishi va dastlabki 
rivojlanishi uning geologik tarixidan oldinoq kechgan. Yerning geologik tarixi bir-
biriga teng boʻlmagan 2 bosqichga boʻlinadi: Yer tarixining taxminan 5/6 qismini oʻz 
ichiga olgan tokembriy (3 milliard-yildan ortiq) va soʻnggi 570 million-yilni oʻz ichiga 
olgan fanerozoy (qarang Fanerozoy eoni). Tokembriy arxey va proterozoyga boʻlinadi. 
Fanerozoy esa paleozoy, mezozoy va kaynozoy eralarini oʻz ichiga oladi (qarang 
Geoxronologiya). 
Yer poʻsti materik qismining tarixi yaxshiroq oʻrganilgan, ana shu qismda qad. 
(tokembriy) platformalar bundan 1500—1600 million-yilcha oldin tarkib topgan; bular 
Yevropadagi Sharqiy Yevropa, Sibir (Rossiya); Xitoy-Koreya, Janubiy Xitoy va 
Hindiston, Afrika, Avstraliya, Janubiy Amerika va Shimoliy Amerika (Kanada), 
shuningdek, Antarktida platformalaridir. Materiklar Yer poʻsti tarixi geosinklinal 
sistemalardan iborat geosinklinal mintaqalarning tarkib topish tarixidan iborat (qarang 
Geosinklinal]]). 
Fanerozoy geosinklinal sistemalarining koʻpchiligi tektonik sikllar davomida vujudga 
kelgan. Tektonik sikllardan har birining boshlanishi va oxiri turli hollarda oʻnlarcha 
million-yil farq qilsa ham, bu sikllar materik Yer poʻsti strukturasi umumiy 
evolyusiyasining tabiiy bosqichlari hisoblanadi. Bulardan ikkitasi — kaledon va gersin 
sikli paleozoy erasiga toʻgʻri keladi (bundan 570—248 million yil oldin oʻtgan). Mana 
shu sikllar oxirida tugagan kaledon va gersin burmalanishi eng katta epipaleozoy yosh 
platformalarining fundamentlarini hosil qilgan. Bundan keyingi tektonik tarix 
koʻpincha yagona alp sikli deb qaraladi (qarang Alp burmalanishi). Birok, bu sikl ham 
Yer sharining muayyan qismlari taraqqiyotida mustaqil ahamiyatga ega boʻlgan bir 
qancha kichik sikllarga ajraladi (mezozoy sikli, haqiqiy alp sikli, kaynozoy sikli). 
Butun tektonik sikl davomida vertikal harakatlarning davriy takrorlanib turishi (sikl 
boshida yerning koʻproq choʻkishi va sikl oxirida koʻproq koʻtarilishi) har safar Yer 
yuzasi relyefining oʻzgarishiga, transgressiya va regressiya boʻlib turishiga olib 
kelgan. Bu davriy harakatlar choʻkindi jinslar tabiatiga, shuningdek, iklimga taʼsir 
etgan, oqibatda iklim davriy ravishda oʻzgarib turgan. Paleozoyda Braziliya, Janubiy 


Afrika, Hindiston va Avstraliyani vaqti-vaqti bilan muz bosgan. Shimoliy yarim 
sharning bir qancha joylarini oxirgi marta antropogenda muz qoplagan. 
Har bir tektonik siklning birinchi yarmida materiklarni koʻproq dengiz bosgan — 
platformalar va geosin-klinallarning koʻproq qismi suv ostida qolgan. Dengizlarda 
dastlab koʻproq qumgillar choʻkkan, dengizlar maydoni kengaygan sari ohaktoshlar 
toʻplanishi koʻpaya borgan. Sikl oʻrtalariga kelib Yer poʻsti tobora koʻtarila borgach 
dengiz chekingan, quruqlik va geosinklinallarda togʻlar paydo boʻlgan. Tektonik sikl 
oxirlarida deyarli hamma joyda materiklar dengiz havzalaridan xoli boʻlgan. 
Botiklarda paydo boʻladigan choʻkindi jinslar ham oʻzgargan. Dastlab dengiz 
choʻkindilari qum, gillardan iborat boʻlgan, sayoz va berk dengiz havzalarida esa 
suvning bugʻlanib ketishidan xemogen laguna yotqiziqpari (tuz, gips) hosil boʻlgan. 
Choʻkindi hosil boʻlish sharoiti davriy oʻzgarib turganidan, turli tektonik sikllarning 
bir xil bosqichlarida hosil boʻlgan choʻkindi formatsiyalari bir-biriga oʻxshaydi. Bu esa 
bir qancha hollarda choʻkindi foydali qazilma konlarining hosil boʻlishiga olib kelgan. 
Mac, eng katta toshkoʻmir konlari gersin va alp sikllarining endigina Yer poʻsti 
koʻtarila boshlagan bosqichlarida vujudga kelgan. Tektonik sikllarinng oxirlarida osh 
va kaliy tuzining yirik konlari hosil boʻlgan.Platformalarda geologik tarix davomida 
tektonik harakatlar bir necha bor kuchaygan. Bu neogen oxirida ayniqsa yaqqol 
namoyon boʻlgan — kaledon yoki gersin sikllari oxirlarida paydo bulgan va tekislanib 
qolgan togʻlar (mas, Tyanshan, Oltoy, Sayan togʻlari va b.) bu paytda platformalarda 
yana baland koʻtarilib qolgan; xuddi ana shu davrda yirik grabenlar — rift sistemalari 
(Baykal riftlari, Sharqiy Afrika grabenlari) vujudga kelgan. 
Tashqi va ichki kuchlarning oʻzaro taʼsiridan Yer yuzasining tabiati butun geologik 
tarix davomida oʻzgarib turgan. Relyef, materik va okeanlarning qiyofasi, iqlimi, 
oʻsimlik va hayvonot dunyosi bir necha bor oʻzgargan. Organik dunyo taraqqiyoti Yer 
taraqqiyotining asosiy bosqichlari bilan chambarchas bogʻliqdir; ana shu bosqichlar 
orasida nisbatan tinch davom etgan uzok, davrlar bilan birga Yer poʻsti hamda 
yuzasidagi tabiiy sharoit qisqa vaqt davomida uzgarib ketgan davrlar ham boʻlgan. 
Organik dunyoning rivojlanish tarixi. Yerda hayotning paydo boʻlishi va uning 
dastlabki taraqqiyot davri toʻgʻrisida turli gipotezalar mavjud. koʻpchilik olimlarning 
fikriga koʻra, biologik evolyusiyadan oldin suv xavzalarida aminokislotalar, oqsillar va 
b. organik birikmalar paydo boʻlishi bilan bogʻliq, uzoq davom etgan kimyoviy 
evolyusiya boʻlib oʻtgan. Dastlabki atmosfera tarkibida kislorod boʻlmagan. 
Atmosfera, asosan, metan, karbonat angidrid, suv bugʻi va vodoroddan tashkil topgan 
boʻlib, kislorod birikkan holda boʻlgan. Evolyusiya tufayli dastlabki murakkab organik 
birikmalardan asta-sekin ibtidoiy organizmlar vujudga kelgan. Ular oqsil va nuklein 
kislotadan tarkib topgan va irsiy oʻzgarish qobiliyatiga ega boʻlgan (qarang 


Mutatsiya). Tabiiy tanlanish taʼsirida koʻproq takomillashgan va organik moddalar 
bilan oziqlangan ibtidoiy organizmlargina yashab qolgan (qarang Geterotrof 
organizmlar). Keyinroq anorganik moddalardan kimyoviy sintez va fotosintez yoʻli 
bilan organik moddalarni sintez qila oladigan organizmlar paydo boʻlgan (qarang 
Avtotrof organizmlar). Fotosintez tufayli hosil boʻladigan erkin kislorod atmosferada 
toʻplana borgan. Avtotrof organizmlar kelib chiqishi bilan oʻsimlik va hayvonlar 
evolyusiyasi uchun keng imkoniyat tugʻilgan. 
Hayot tarixi togʻ jinslarida saqlanib qolgan hayvon va oʻsimliklarning tosh qotgan 
qoldiqlari va ular faoliyatining izlariga qarab oʻrganiladi. Pekin bu maʼlumotlar toʻla 
emas, chunki koʻpgina organizmlar, xususan skeletsiz organizmlar butunlay yoʻqolib 
ketgan. 
Organizmlar hayot faoliyatining eng qad. izlari bundan 2,6—3,2 milliard-yil va undan 
ham oldinroq paydo boʻlgan arxey jinslarida saqlangan; ular bakteriya va koʻk-yashil 
suvoʻtlar qoldiqlaridan iborat. Proterozoy jinslarida to-pilgan organik moddalar ancha 
xilma-xildir. Quyi proterozoydan aksari suvutlar (stromatolitlar) va bakteriyalar 
(jumladan, temir rudasi konlari hosil qilgan temir bakteriyalari) hayot faoliyati 
mahsulotlari topilgan. Pro-terozoyda dastlabki koʻp hujayrali hayvonlar paydo bulgan, 
chunki proterozoy oxiridagi yotqiziklarda skeletsiz bir qancha hayvonlar — bulutlar, 
meduzalar, marjonlar, chuvalchang va b. baʼzi organizmlarning izlari va yadrolari 
aniqlangan. Meduzalar qoldigʻi koʻp topilganidan proterozoy oxirini „meduzalar asri― 
deb atashadi. Proterozoyda boshqa organizmlar ham boʻlgan, chunki ilk paleozoy 
yotqiziklaridan butun hayvonot olamining deyarli barcha tiplari vakillarining 
qoldiqlari va izlari topilgan. 
Ilk kembriy va fanerozoy chegarasida organik yoki mineral skeletli organizmlarning 
dunyoga kelishi organik dunyo taraqqiyotida juda muhim voqea boʻldi. Fanerozoy 
yotqiziklaridagi koʻpdan-koʻp organik qoldiqlar organik dunyo taraqqiyot tarixining 
qanday kechganini bilib olish bilan bir qatorda uni muayyan bosqichlarga (eralar, 
davrlar va b.) boʻlishga, paleogeografik rekonstruksiya qilishga (dengiz va 
kontinentlarning, iklim zonalarining chegaralarini aniqlashga, dengiz havzalari va 
materi klar tarixini bilib olishga, oʻtmishda organizmlarning qanday qilib va qaysi 
sharoitda yashaganini aniqlashga) imkon beradi 
Evolyusiya muhitga moslashish jarayoni tarzida borgan va irsiy oʻzgaruvchanlik, 
yashash uchun kurash, tabiiy tanlanish uning asosiy omili boʻlgan. Baʼ-zan 
organizmlar juda katta sifat uzgarishlariga uchragan (mas, issiq qonli organizmlar 
paydo boʻlgan). Evolyusiya, odatda, oddiy shakldan murakkab shaklga oʻtishdan 
iborat boʻlgan; bir xil organizmlarning rivojlanishi muhitga uncha moslashmagan 
ikkinchi bir xil organizmlarning xalok boʻlib yoʻq boʻlishiga olib kelgan. 


Organik dunyoga qarab aytiladigan boʻlsa, paleozoy erasi ikki bosqichga ajratiladi. 
Birinchi bosqich (kembriy, ordovik va silur)da dengiz organizmlari ustun turgan. 
Ordovikda dastlabki umurtqalilar paydo boʻlgan. Silur oxirida jagʻ suyakli chinakam 
baliklar vujudga kelgan. Ikkinchi bosqich — oʻrta paleozoyda quruqlikda yashaydigan 
oʻsimlik va hayvonlar paydo boʻlib, keng tarqalgan. Devon boshida birinchi 
hasharotlar va quruklikda yashaydigan xelitseralilar (chayonlar, urgimchaklar va 
kanalar) paydo boʻlgan. Devonda, ayniqsa, baliklar tez taraqqiy etgan, shuning uchun 
baʼzan devon davrini „baliklar asri― deb atashadi. 
Paleozoy oxirida (karbon va perm) turli organizmlar, avvalo usimliklar quruklikni ham 
egallay boshlagan. Daraxtlar paydo boʻlib koʻpaygan. Oʻrta va kechki karbonda 3 
botanik-geografik oblast: tropik, shim. (Angara) vajan. (Gondvana) oblastlari paydo 
boʻlgan. Oʻsimliklar bilan bir qatorda quruklikda yashaydigan koʻpgina hayvonlar, 
birinchi navbatda boʻgʻimoyoqlilar (hasharotlar) koʻpaygan, dastlabki sudraluvchilar 
vujudga kelgan. Perm davrining oʻrtalarida dengizlarning hajmi kichraygan, materiklar 
maydoni kengaygan. Ochiq urugʻlilar — ignabarglilar keng tarqalgan. 
Mezozoy erasining boshlarida suvda yashovchi sudraluvchilar — toshbaqalar, 
timsohlar, ixtiozavrlar; quruqlik hayvonlari — birinchi dinozavrlar, ibtidoiy sut 
emizuvchilar (trikonodontlar) paydo boʻlgan. Trias davri oxirida qirqquloklar, 
ignabarglilar va b. koʻpaygan. Yura davri oxirida sudraluvchilardan qad. qushlar 
(arxeopteriks) kelib chiqqan. 
Boʻr davrida tishli qushlar tarqalib, bahaybat dinozavrlar paydo boʻlgan. Boʻr davri 
oxirida koʻp organizm guruhlari qirilib ketgan va oʻzgargan. 
Kaynozoy erasining boshiga kelganda organik dunyo yanada murakkablashgan. Bir 
qancha qushlar va sut emizuvchilar paydo bulgan; miyasi murakkab issiq qonli qushlar 
tashqi muhitga nisbatan ancha mustaqil boʻlib, hayotga koʻproq moslashgan. Baʼzi sut 
emizuvchilar quruklikda, boshqalari dengizda yashashga, bir xillari uchishga 
moslashgan. Tropik, subtropik va muʼtadil botanik-geografik oblastlar yaqqol ajralgan; 
tropik va subtropik oblayetlarda doimiy yashil palma va daraxtsimon qirqquloq 
(paporotnik) koʻpchilikni tashkil etgan. Moʻʼtadil oblastda ignabargli va kengbargli 
oʻrmonlar tarqalgan. 
Paleogenning oxiri va neogenning boshida hoz. hayvonlarga oʻxshab ketadigan 
umurtqasizlar rivojlanishda davom etgan. Amfibiyalar va sudralib yuruvchilar yanada 
taraqqiy etgan; qushlar kengroq hududlarga tarqalgan. Neogen boshida uch panjali 
otlar, karkidonlar, mastodontlar, jirafalar, bugʻular, yirtqichlar (qilich tishli yoʻlbarslar, 
sirtlonlar), Gʻarbiy Yevropada tundra, tayga oʻsimliklari tarkib topgan. Yevropa va 
Shimoliy Amerikada oʻtloq oʻsimlikli tekisliklar paydo boʻlgan. Antropogen davrida 


hoz. flora va fauna rivojlanishda davom etgan. Shimoliy yarim sharning hayvonot va 
oʻsimlik dunyosi katta muzliklar bosgan davrda juda ham oʻzgarib ketgan. Oʻziga xos 
baʼzi hayvonlar (mamont, uzun junli karkidonlar) pay-do boʻlib, yana qirilib ketgan. 
Odamning paydo boʻlishi bu davrdagi eng muhim voqea edi. 
Inson va Yer. Maʼlumotlarga qaraganda, eng qad. odamlar bundan 2 million yil oldin 
(baʼzi olimlarning fikricha, 1 million yil oldin) paydo boʻlgan. Odamning paydo 
boʻlgan joyi haqidagi masala hali uzil-kesil hal etilmagan. Baʼzi olimlar odamning 
dastlabki makoni Afrika boʻlgan deyishsa, boshqalari — Yevrosiyoning jan. hududlari, 
uchinchilari — Oʻrta dengiz oʻlkalari deb hisoblashadi. Ilk paleolit davridayoq (yana 
q. Tout acpu) odam Markaziy va Janubiy Yevropa. Afrika va Osiyoning koʻpgina 
joylarida yashagan; yuqori paleolit davriga kelib jismoniy jihatdan hoz. zamon tipidagi 
odam (Homo Sapiens — „akdli odam―) shakllandi, shu davrning oʻzidayoq urugʻ 
jamoalari ham vujudga kelgan boʻlsa kerak (qarang Antropogenez, Ibtidoiy jamoa 
tuzumi). Yuqori paleolit davrida odamlar yana kengroq yerlarga tarqala boshlagan, 
jumladan Yevropa va Osiyoning muzdan boʻshagan kattakatta hududlariga 
oʻrnashgan; Osiyoning shim.-sharqiy chekkalariga yetib, Shimoliy Amerikaga qam 
kirib borgan. Janubiy Osiyodan Avstraliya va Yangi Gvineyaga odam oʻta boshlagan. 
Mezolit davrida Shotlandiya va Skandinaviya, Boltik, dengizi sohillari, Shimoliy Muz 
okeani sohillarining bir qismiga odam joylashgan. Neolit davrida Yaponiya orollari va 
Okeaniyaga oʻrnashgan. 
Ijtimoiy i. ch. jarayonida odam tevarak-atrofdagi muhitga taʼsir etadi, uni oʻzgartiradi. 
Kishining tabiatga taʼsir etish shakllari turlicha. Bu taʼsir natijasida suv resurslari qayta 
taqsimlanadi, mahalliy iqlim oʻzgaradi, re-lyefning baʼzi xususiyatlari boshqa qiyofaga 
kiradi. Inson taʼsirida geografik landshaft komponentlaridan birining oʻzgarishi boshqa 
komponentlarning ham oʻzgarishiga olib keladi. Tabiiy sharoit xoʻjalik faoliyati 
yoʻnalishiga va madaniyatning koʻpgina unsurlariga (uyjoy, kiyim-kechak, oziq-ovqat 
va b.) katta taʼsir koʻrsatadi, lekin bu taʼsir hal qiluvchi ahamiyatga ega boʻlmaydi. 
Tabiatdan oqilona, maqsadga muvofiq ravishda va vaqshiylarcha, ayovsiz foydalanish 
yoʻllari bor. Birinchi usulda tabiiy boyliklar muhofaza qilinadi, maqsadga muvofiq 
oʻzgartiriladi. Ikkinchi munosabat esa tabiatni qashshoqlashtiradi, fazilatini 
pasaytiradi. 
Ilmiy-texnika inqilobi natijasida tabiiy resurslardan foydalanish jadal surʼatda olib 
borildi. Tabiiy boyliklar tiklanmaydigan (mas, foydali qazilmalar) va yangilanadigan 
(mas, tuproq, oʻsimliklar, hayvonlar) resurslarga boʻlinadi. Shu sababli insoniyat 
oldida tabiiy muhitni yoʻq boʻlib ketishdan saklab qolishdek muhim vazifa turibdi.
Hoz. paytda tabiiy muhitni ifloslanishdan saqlash vazifasi muhim ahamiyat kasb etadi; 
tabiiy muhit, asosan, korxonalar, elektr st-yalar, avtotransport ajratib chiqaradigan 


chang, sulfit angidrid, karbon §-oksid, kul va shlak, metall birikmalari, ishlatilgan 
suvlar, tuproqqa haddan tashqari koʻp beriladigan zaharli dorilardan iflos boʻladi. 
Muhitning radioaktiv moddalardan zararlanishi ayniqsa xavfli. Tabiatni qoʻriklash va 
tabiat boyliklaridan oqilona foydalanish masalalari BMT va YUNESKO tomonidan 
chaqiriladigan xalqaro konferensiyalarda muhokama qilinadi. 
Oʻzbekistonda tabiatni muhofaza qilish va tiklash masalalariga muhim xalq xoʻjaligi 
ahamiyatiga ega boʻlgan ish deb qaraladi. Respublikada tabiatni qoʻriqlash toʻgʻrisida 
aholida qonunlar qabul qilingan (qarang Tabiat boyliklari va tabiatni qoʻriqlash). 
Aholi sonining oʻsishi bilan tabiiy resurslarning kamayib borishi insoniyat oldida 
turgan eng dolzarb masala hisoblanadi. Milod boshida yer yuzida 200 million kishi bor 
edi. 1000-yilda yer yuzidagi aholi 275 million, 17-asrda 500 million 1950-yilda 2,5 
milliard, 1970-yilda 3,6 milliard, 2000-yilda 6 milliardga yetdi. Osiyo, Afrika, Lotin 
Amerikasi mamlakatlarida aholi soni ayniqsa tez oʻsmoqda. Bu esa oʻsha mamlakatlar 
oldiga aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan taʼminlash masalasini qoʻymoqda. Aholini 
oziq-ovqat bilan toʻla taʼminlash uchun ekin maydonlarini kengaytirish, ayniqsa, 
hosildorlikni tobora oshirib borish, chorvachilik mahsulotlarini koʻpaytirish zarur. 
Dengiz va okean resurslari ham oziq-ovqat manbai boʻlishi mumkin. Shuning uchun 
suvlarni toza saqlash insoniyatni suv bilan taʼminlash masalasi qoz. dolzarb 
masalalardan biri hisoblanadi (qarang Suv resurslari). 
Yerning shakli 
Yer yuzasi meridian yoyining uzunligi ekvatorda qutb doirasiga nisbatan qisqaroqdir. 
Meridian yoyining bir gradus uzunligi ekvatorda 110,9 km, qutb doirasida 111,9 km. 
Yer qutblarida bir oz qisilgan boʻlib, qutb oʻqlari uzunligi 12714 km, ekvator boʻyicha 
diametr 12756 km, radiusi 6371,221 km teng. Demak, yerning siqiqligi 12 kilometrni 
tashkil etadi. Keyingi vaqtlarda olib boradigan aniq oʻlchash ishlari yerning ellipsoid 
shakliga yaqin ekanligini koʻrsatdi. Agar ekvatorial va qutbiy oʻqlarning uzunligidagi 
farqning kichik ekanligini xisobga olinsa, bunday elllipsoidni sferoid deb atash 
mumkin. Lekin yer yuzasi bizga maʼlum boʻlgan biror geometrik shakliga toʻgʻri 
kelmaydi. Himolay togʻidagi Jomolungma choʻqqisining balandligi okean yuzasida 
8848 m, Tinch okeaning eng chukur joyi 11521 m ekanligini va yer yuzasi relyefi 
oʻzgarishining qariyb 20 kilometrdan oshiqligi xisobga olinsa, u oʻziga xos geoid 
shakliga ega. Yer yuzasi 510 million kvadrat kilometr, xajmi 1,083*1012 km3, 
massasi 5,974*1027 gr., oʻrtacha zichligi 5,52g*sm3 ga tengdir. Yer ichki qismining 
tuzilishini va tarkibini tuzatish yoʻli bilan aniqlab boʻlmaydi, shuning uchun ham u 
bilvosita geofizik, seysmologik, graviymetrik va astronomik usullar yordamida 
aniqlanadi. Yer yuzasida tez-tez uchrab turadigan moddalarning oʻrtacha zichligi 2,7 
g*sm3, bu esa yerning oʻrtacha zichligidan kamroqdir. 


n-tartibli o‘zgarmas koeffitsientli chiziqli bir jinsii differensial tengiama 
+ a l_y*"'i! + ... + a„y = 0 (I) 
ko‘rinishga ega. Bu yerda barcha aiya2,...,an koeffitsientlar haqiqiy o‘zgarmas 
sonlardir. Bu holda xususiy yechim lam ing fundamental sistemasini, binobarin, 
umumiy yechimini izlash so f algebraik amallami bajarishga -и - darajali bitta 
algebraik tenglamani, ya‘ni ushbu 
r" + ar"~' +... + anAr + a„= 0 (2) 
xarakteristik tenglamani yechishgakeltiriladi. 
(2) tenglamaning har bir m >0 karrali haqiqiy ildiziga umumiy yechimdagi 
(c, + C2x + ... + Cmx ^ ) e " 
q o ‘shiluvchi mos keladi. 
(2) tenglamaning har bir m >0 karrali a ± jii qo‘shma kompleks ildizlar 
juftiga umumiy yechimda 
е ― ((л, + A2x +...+ dm_,xm ')cosfix + (в1 + Вгх +...+ Bm ,x" 1 )sin>®c) 
q o ‘shiluvchi mos keladi. 
Bir jinslimas 
/ я) + а,У"_1) + ...+ any = / ( x ) (3) 
tenglamaning у umumiy yechimini topish uchun, 2-§ dagi 2-teoremaga ко‘ra uning 
birorta xususiy yechimini bilish yetarlidir, bunda unga mos bir jinsii ( 1) tenglamaning 
umumiy yechimi yuqorida keltirilgan l ) v a 2) qoidalar bo‘yicha topiladi. 
Agar (3) ning o ‘ng tom onida ko‘rsatkichli funksiyalar, sinuslar, kosinuslar va 
ko‘phadlar yoki ulaming butun ratsional kombinatsiyalari turgan bo‘lsa, u holda 
uning xususiy yechimini topishda aniqmas koeffitsientlar usulini tatbiq qilish 
mumkin. Bu usul xususiy yechim ning shaklini bilishga asoslangan. Tabiiyki, xususiy 
yechim ning o ‘ng tom onning shakliga o ‘xshash shaklda izlash kerak. Biroq xususiy 


yechim ning shakli tenglamaning chap tom onigaham bog‘Iiq bo‘ladi. 
a va b lar o ‘zgarmas sonlar, P„(x) va Qm(x) mos ravishda darajalari n va m 
bo‘lgan ko‘phadlar bo‘lsin. (3) ning o‘ngtom oni 
f(x ) = e― (Pn(jc)cos bx + Qm (x)sin bx) (4) 
ko‘rinishda bo‘lsa, quyidagi hollar vujudga keladi: 
I -hoi. a±ib (2) ning ildizi bo‘lmaganda xususiy yechim 
>> = ( x ) ■ s i n fax + $ ( : < : ) • c o s fo e ) ( 5 ) 
ko‘rinishga ega, bu yerda Pi,Qi — /=m ax(«,m ) darajali ko‘phadlar. 
2-hol. a±ib (2) ning 5 karrali ildizi bo‘lganida xususiy yechim 
y = eax- xs(P,(x)-sinfax + 0 ,(x ) • cosbx'j (6) 
ko‘rinishga ega. 
Наг ikki holda ham P„Q, ko‘phadlaming koeffitsientlari aniqmas koeffitsentlar 
usuli yordamida topiladi. 
Misol. Quyidagi bir jinsli tenglamalarning umumiy yechimini toping. 
a) y"-5y'+(iy = 0. b) /" + 6 У + 1 )y'+6y = 0. 
c ) y ‖-10y+25y=0. d ) y ‖+2y+5y=0. 
Yechish. a) Bu tenglama uchun r 2 - 5r + 6 = 0 xarakteristik tenglama 
rx = 2, r2 = 3 ildizlarga ega, shuning uchun umumiy yechim ushbu ko‘rinishda 
bo‘ladi: у = Cte2x + С2егх 
b) Berilgan tenglama uchun xarakteristik tenglama: 
г1 + 6гг +1 \r + 6 = 0 ko‘rinishda bo‘ladi. Chap tomonini ko‘paytuvchilarga ajratib, 
(r + l)(r2 + 5r + б )= 0 ni hosil qilamiz, bu yerdan rx = —1, гг = -2 , r3 = -3 . 
Differensial tenglamaning umumiy yechimi: 
у = Cse 1 + С гc) у-Ю у+ 2 5 у = 0 tenglamaga mos xarakteristik tenglama r2 -10/- + 25 = 0 
ikki karrali r = 5 ildizga ega, binobarin, umumiy yechim quyidagicha bo‘ladi: 


у = (С] + С \х У ― 
d) y ‖+2y'+5y = 0 tenglamaga mos xarakteristik tenglama r 2 + 2r + 5 = 0 ning 
ildizlari rl2 = -l± 2 i demak, tenglamaning umumiy yechimi: 
у - e~x(Ct cos 2* + C2 sin 2x) 
Masala. 1 g massali zarra A nuqta tomon shu nuqtadan zarracha bo‘lgan qadar 
masofaga proporsional bo‘lgan tortish kuchi ta‘sirida to‘g ‘ri chiziqli harakat 
qilmoqda. 
1 sm masofada 0,1 Dina kuch ta‘sir etadi. M uxit qarshiligi harakat tezligiga 
proporsional va u tezlik 1 sm/s bo‘lganda 0,4 Dinaga teng. t=0 boshlang‘ich 
momentda zarra A nuqtadan 10 sm o‘ngroqda joylashgan va tezlik 0 ga teng. Yo‘lning 
vaqtga bog‘lanishini toping. 
Yechish. Zarraga ikkita kuch ta‘sir etadi: F. — kxx va F2 = k2 — , bu yerda x-t 
dt 
momentda o ‘tilgan yo‘I, -^-tezlik . k\ v a k2 lami 
A L = o,i= *, 
^ L = o ^ = *2 
shartlardan topamiz: kt = 0,1; k2 = 0,4. 
/•] -tortish kuchi sifatida manfiy bo‘ladi. U holda ushbu harakat tenglamasi: 
m^—%- = - F .- F 2 m=\ da 
dt2 ' 2 
~ т = -0,1л:- 0 , 4 — yoki + 0,4— + 0,1л = 0 ko‘rinishga ega bo‘ladi 
Bu tenglamaga mos xarakteristik tenglama r 2 +0,4/- + 0,1 = 0 b o ‘lib, uning 
ildizlari r, 2 = -0,2 + 0,245/ dan iborat. Demak, tenglamaning umumiy yechimi 
x = e 0,:!'(C | cos0,245f + C2 sin0,245<) bo‘ladi. 
dx 
*|,.° = 10, — 1,_0= 0 shartlar 


j C , = 1 0 , 
j - 0,2C, + 0,245C2 = 0 
tenglamalar sistemasiga olib keladi. Bu sistemadan C, = 10, C2 =8,16 lam i topamiz. 
Demak, izlangan yechim 
jc = e "2j (lOcos0,245; + 8,16 sin 0,245») 


Foydalanilgan adabiyotlar 
1. King L., Morfologiya zemli. Izucheniye i sintez svedeniy o relyefe Zemli, |per. s 
ang.1, M., 1967;
2. Leontyev O. K., Rinatov Geomorfologiya I ., Obщaya geomorfologiya, M., 1988;
3. Soatov A. A., Shermatov M . Sh ., Dare vodiylari va terrasalari, T., 1972.. 
4. F.H.Hikmatov, D.P.Aytbayev va 
G ‗.X.Yunusovlar tomonidan ―Gidrologiya va gidrometriya‖ 
(Toshkent, 2006) o‗quv qo‗llanmasi 
5. Monin A. S, Istoriya Zemli, L., 1977; Kulikov K. A., Sidorenkov N. S, Planeta 
Zemlya, M., 1977;
6. Byalko A. V., Nasha planeta — Zemlya, M., 1983;
7. Budiko M. IYo.U. Soatov. Oliy matematika. III tom, –T., «O‗zbekiston». 1992.
8. Х. Latipov, Sh.Tojiyev, R.Rustamov. Analitik geometriya va chiziqli algebra. –T., 
«O‗qituvchi», 1995.
9. F.R. Rajabov, A.N.Nurmetov. Analitik geometriya va chiziqli algebra. –T., 
«O‗qituvchi», 1990.
10. Sh.I.Tojiyev. Oliy matematikadan masalalar yechish. –T., «O‗zbekiston». 2002.., 
Evolyusiya biosferi, L.,1984; Gʻafurov A. T., Darvinizm, T., 1992. 
11. Sh.R. Xurramov. Oliy matematika (masalalar to‗plami, nazorat topshiriqlari). Oliy 
ta‘lim muassasalari uchun o‗quv qo‗llanma. 1-qism. –T.: «Fan va texnologiya», 2015, 



Yüklə 0,58 Mb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin