Kategoriyalar (yun. kategoria — mulohaza, fikr; belgi) (falsafada) — voqelikdagi hodisalar va bilishning muhim, umumiy xususiyat hamda munosabatlarini aks ettiruvchi eng umumiy va asosiy tushunchalar. Kategoriyalar bilish va ijtimoiy amaliyot tarixiy taraqqiyotining umumlashgan natijasi boʻlib vujudga kelgan.
Kategoriya haqidagi ilk taʼlimot qadimgi Hindistonning ayrim falsafiy maktablarida uchraydi. Yunon faylasufi Platon dunyodagi narsa va hodisalar tushunchalarning ifodasi shaklida hosil boʻladi deb hisoblaydi.

Aristotel oʻzining "Kategoriyalar" asarida Kategoriyani obyektiv reallikning inʼikosi hamda eng yuksak umumlashmasi deb talqin qiladi. U 10 ta kategoriya toʻgʻrisida maʼlumot beradi: mohiyat, miqdor, sifat, munosabat, joy, vaqt, qoida, holat, xatti-harakat va qiynalish
Aristotelning Kategoriya haqidagi taʼlimoti Kindiy, Forobiy, Ibn Sino tomonidan rivojlantirildi. Oʻrta asr sxolastikasi 6 ta kategoriyani bir-biridan farq qiladi: borliq (mohiyat), sifat, miqdor, harakat (oʻzgarish), munosabat, egalik. Dekart va Lokk 3 ta kategoriyani koʻrsatib oʻtadi: substansiya, holat (modus) va munosabat. I. Kant Kategoriyani aql-idrok shakllari deb tushunadi. Kategoriya haqida taʼlimotni ishlab chiqishda Gegelning ham xizmati katta. U Kategoriya haqidagi keng va murakkab taʼlimot tizimini yaratgan. Kategoriya. haqidagi taʼlimotga E. Gartman, A. Shopengauer, F. Nitsshe asarlarida ham keng oʻrin berilgan. Har bir inson oʻz faoliyatida oʻzigacha shakllangan Kategoriya yordamida ish tutadi.Metodologik va dunyoqarash mazmuniga ega boʻlib, insonga borliqning mohiyatini, insonning borliqda tutgan oʻrnini toʻgʻri bilib olishga yordam beradi.