Har qaysi fanning oʻz Kategoriyasi boʻlib, shu fanning xususiyatlarini koʻrsatib turadi. Falsafiy Kategoriya . fan Kategoriyasidan farq qilib aniq fanlar rivoji natijalarini umumlashtirib, ilmiy bilishdagi metodologik va dunyoqarash ahamiyatiga ega boʻlgan tomonlarini taʼriflab beradi. Falsafaning turli K.i mavjud: borliq, ong , harakat, rivojlanish, fazo, vaqt, inʼikos, bilish, haqiqat, sababiyat, struktura, tizim, mazmun, shakl, imkoniyat, voqelik, hodisa, moxiyat va boshqalar kiradi.

Tushunchalar yordamida biz voqyea va hodisalar ma’nosini anglaymiz, ularning o’zimiz uchun ahamiyatini aniqlaymiz. Tushuncha va tushunish o’zakdosh so’zlardir, shu sababli bizning dunyoni tushunishimiz, dunyoga ongli munosabatimiz inson ixtiyorida mavjud bo’lgan tushunchalar apparati bilan belgilanadi. Biz o’z fikrlarimizni so’zlar yordamida ifodalaymiz. So’z – fikr va dunyo o’rtasidagi vositachi. U fikrlash omili, fikrni ifodalash, uni boshqalarga yetkazish vositasi hisoblanadi. So’z boyligimiz qancha katta bo’lsa, bizning dunyoni anglash borasidagi imkoniyatlarimiz shuncha keng bo’ladi. Obyektiv borliqni aniqroq va teranroq aks ettirish uchun inson fikrlash mantiqiy vositalarining muayyan majmuini, tushunchalarning muayyan doirasini yaratadi