Tushuncha – bu shunday bir fikrki, unda narsaning takrorlanuvchi xossalari, aloqalari va tomonlari aks etadi. Tilda tushuncha so’z bilan ifodalanadi. Masalan, «talaba», «universitet», «auditoriya» so’zlari ma’lum darajada umumiy, abstraktdir. Ammo shunday tushunchalar ham borki, ularda shunchaki umumiy emas, balki o’ta umumiy narsalar va hodisalar qayd etiladi. Bunday tushunchalar juda yuqori darajadagi mavhumlashtirish (muayyandan uzoqlashish) mahsuli hisoblanadi
Har qanday fan borliqning muayyan tomonlarini o’rganar ekan, albatta o’z kategoriyalar apparatini shakllantiradi. Matematika «son», «differensial», «integral» kabi kategoriyalar bilan bog’liq. Biologiyada «tur», «irsiyat», «o’zgaruvchanlik» kabi kategoriyalar mavjud. Ammo, muayyan fanlarning kategoriyalari ma’lum darajada umumiy bo’lsa-da, borliqning ayrim sohalaridagina qo’llaniladi va mazkur sohalarga xos bo’lgan aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi.

Xususiy ilmiy kategoriyalar alohida olingan xususiy ilmiy anlarda qo’llaniladigan, mohiyat nuqtai nazaridan boshqa fanlarda qo’llanilishi mumkin bo’lmagan kategoriyalardir. Masalan, fizika, kimyo geologiya, geografiya fanlari kategoriyalari xususiy xarakterga ega.