Axborot texnologiyasi - axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish va uni tarqatish uchun foydalaniladigan jami uslublar, qurilmalar, usullar va jarayonlar;
Axborot tizimi - axborotni to`plash, saqlash, izlash, unga ishlov berish hamda undan foydalanish imkonini beradigan, tashkiliy jihatdan tartibga solingan jami axborot resurslari, axborot texnologiyalari va aloqa vositalari.
Axborot tizimi- boshqarish funksiyasini amalga oshirish uchun xodimlarni turli xil axborotlar bilan ta’minlovchi obyekt haqidagi axborotlarni yig`ish, qayta ishlash, uzatish va saqlash bo`yicha ma’lumotlar va kommunikatsiyaviy tizimni o`zida namoyon etadi.

Iqtisodiyotda axborot tizimlari
Qo`llanish sohasiga qarab, axborot tizimlarini quyidagi sinflarga ajratish mumkin:
- sanoat korxonalari va tashkilotlarning axborot tizimlari (ahamiyati va tarqalganligi bo`yicha ularda buxgalterlik axborot tizimlari alohida o`rin tutadi);
- statistika axborot tizimlari va boshqalar.
Axborot tizimi quyidagi xususiyatlariga ko`ra belgilanadi:
a) har qanday axborot tizimi tahlil qilinishi, tizim tuzilishining umumiy tamoyillari asosida qurilishi va boshqarilishi mumkin;