v) axborot tizimini tuzishda tizimli yondoshuvdan foydalanish zarur;
g) axborot tizimining chiqarish mahsuloti asosida qarorlar qabul qilinadi;
d) axborot tizimida axborotni qayta ishlashning "inson-kompyuter" tizimi sifatida qabul qilish lozim.
Axborot tizimlarining tarkibiy qismlari
Axborot tizimining dasturiy ta’minoti.
Axborot tizimining dasturiy ta’minoti deganda, kompyuter texnikasi vositalari bilan ma’lumotlarni qayta ishlash tizimini yaratish va ulardan foydalanish uchun dasturiy va hujjatli vositalarni jamlash tushuniladi.
Dasturiy ta’minotni bajaradigan funksiyalariga bog`liq holda uchta sinfga ajratish mumkin:
tizimli dasturiy ta’minot,
tadbiqiy dasturiy ta’minot va
dasturlash tizimlari
Avtomatlashtirilgan axborot tizimi (AAT) - axborotlar, axborotlarni ishlab chiqishda qo`llaniladigan iqtisodiy-matematik usullar va modellar hamda boshqaruv qarorlarini qabul qilishga mo`ljallangan texnik, dasturiy, texnologik vositalar va mutaxassislarning majmuidi

Raqamli iqtisodiyot - AKTga asoslangan iqtisodiyot bo‘lib, uni ba’zan onlayn iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot deb ham atashadi.
Raqamli iqtisodiyot - AKTga asoslangan iqtisodiyot bo‘lib, uni ba’zan onlayn iqtisodiyot yoki veb-iqtisodiyot deb ham atashadi.
Texnik xususiyatlariga yuzlanadigan bo‘lsak, raqamli iqtisodiyot quyidagi asosiy tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi:
texnologik infratuzilma – apparat ta’minot, dasturiy ta’minot va aloqa tarmoqlari;
raqamli jarayonlar – biznes va boshqa turdagi faoliyatni muvaffaqiyatli ta’minlaydigan jarayonlar;
elektron tijorat - Internet orqali maxsulotlar va tovarlarni sotish.