Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari


-rasm. Dasturiy ta’minotning tuzilishi



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə22/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

5.2-rasm. Dasturiy ta’minotning tuzilishi
Tizimli dasturiy ta’minot (System software)- Komputerning va komputer tarmoqlarining ishini ta’minlovchi dasturlar majmuasidir.

Amaliy dasturiy ta’minot (Aplication program paskage) – bu aniq bir predmet sohasi bo’yicha ma’lum bir masalalar sinfini yechishga mo’ljallangan dasturlar majmuasidir.


Dasturlash texnologiyasining uskunaviy vositalari – yangi dasturlarni ishlab chiqish jarayonida qo’llaniladigan maxsus dasturlar majmuasidan iborat vositalardir. Bu vositalar dasturchining uskunaviy vositalari bo’lib xizmat qiladi, ya’ni ular dasturlarni ishlab chiqish (shu jumladan avtomatik ravishda ham), saqlash va joriy etishga mo’ljallangan.
Tizimli dasturiy ta’minot (TDT) quyidagilarni bajarishga qaratilgan:
komputerning va komputerlar tarmog’ining ishonchli va samarali ishlashini ta’minlash;
komputer va komputerlar tarmog’i apparat qismining ishini tashkil qilish va profilaktika ishlarini bajarish
Tizimli dasturiy ta’minot ikkita tarkibiy qismdan asosiy (bazaviy) dasturiy
ta’minot va yordamchi ( xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotdan iborat.

5.3-rasm. Tizimli dasturiy ta’minotning tuzilishi
Asosiy dasturiy ta’minot kompyuter bilan birgalikda yetkazib berilsa, xizmat ko’rsatuvchi dasturiy ta’minot alohida, qo’shimcha tarzda yaratilishi mumkin.

Asosiy dasturiy ta’minot (base software) – kompyuter ishini ta’minlovchi dasturlarning minimal to’plami.


Ularga quyidagilar kiradi:
operatsion tizim (OT);
tarmoq tizimlari.
Yordamchi (xizmat ko’rsatuvchi) dasturiy ta’minotga asosiy dasturiy ta’minot imkoniyatlarini kengayturuvchi va foydalanuvchining ish muhitini (interfeysni) qulayroq tashkil etuvchi dasturlar kiradi. Bular tashxis qiluvchi, komputerning ishchanligini oshiruvchi, antivirus, tarmoq ishini ta’minlovchi va boshqa dasturlardir.
Asosiy dasturiy ta’minotni qo’shimcha ravishda o’rnatiladigan xizmat ko’rsatuvchi dasturlar to’plami to’ldirib turadi. Bunday dasturlarni ko’pincha utilitalar deb atashadi.
Utilitlar – ma’lumotlarni qayta ishlashda qo’shimcha operatsiyalarni bajarishga yoki komputerga xizmat ko’rsatishga (tashxis, apparat va dasturiy vositalarni testlash, diskdan foydalanishni optimallashtirish va boshqalar) mo’ljallangan dasturlardir.
Komputerning dasturiy ta’minoti orasida eng ko’p qo’llaniladigani amaliy dasturiy ta’minotdir (ADT). Bunga asosiy sabab – komputerlardan inson faoliyatining barcha sohalarida keng foydalanilishi, turli predmet sohalarida avtomatlashtirilgan tizimlarning yaratilishi va qo’llanishi. Amaliy dasturiy ta’minotni quyidagicha tasvirlash mumkin.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin