Umumiy maqsadliADT – soxa mutaxassisi bo’lgan foydalanuvchi axborot texnologiyasini qo’llaganda uning ishiga yordam beruvchi ko’plab dasturlarni o’z ichiga oladi. Bular:
komputerlarda ma’lumorlar bazasini tashkil etish va saqlashni ta’minlovchi ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari (MBBT);
matnli hujjatlarni avtomatik ravishda formatlashtiruvchi, ularni tegishli holatda rasmiylashtiruvchi va chop etuvchi matn muhharrirlari;
grafik muharrirlar;
hisoblashlar uchun qulay muhitni ta’minlochi elektron jadvallar;
taqdimot qilish vositalari, ya’ni tasvirlar hosil qilish, ularni ekranda namoyish etish, slaydlar, animatsiya, filmlar tayyorlashga mo’ljallangan maxsus dasturlar.
Ofis ADT - idora faoliyatini tashkiliy boshqarishni ta’minlovchi dasturlarni o’z ichiga oladi. Ularga quyidagilar kiradi:
rejalashtiruvchilar yoki organayzerlar, ya’ni ish vaqtini rejalashtiruvchi, uchrashuvlar bayonnomalarini, jadvallarni tuzuvchi, telefon va qaydnomalarni olib boruvchi dasturlar;
tarjimon dasturlar, ya’ni berilgan boshlang’ich matnni ko’rsatilgan tilga tarjima qilishga mo’ljallangan dasturlar;
skaner yordamida o’qilgan axborotni tanib oluvchi va matnli ifodaga o’zgartiruvchi dasturiy vositalar;
tarmoqdagi uzoq muloqotni tashkil etuvchi kommunikatsion dasturlar.
5.4-rasm. Amaliy dasturiy ta’minotining MS office ilovalari
5.5-rasm. Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari