Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari


MBBT ikki tartibda: interpretator va kompilyator tartibda ishlashi mumkin. Interpretator tartibda



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə46/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

MBBT ikki tartibda: interpretator va kompilyator tartibda ishlashi mumkin.
Interpretator tartibda dasturlarning buyruqlari bosqichma-bosqich, birin-ketin bajariladi. Unda har bir buyruq nazorat qilinadi, so‘ngra mashina tiliga aylantirib, bajariladi. Tegishli amallar bajarilgandan keyin, ular xotiradan o‘chiriladi, tizim qayta ishlash bosqichiga o‘tadi va keyingi buyruqni bajarishga kirishadi, interpritator tartibida «Exe» kengaytirmali fayl hosil qilinmaydi. Bunday faylini hosil qilish uchun kapilyator tartibida foydalaniladi.
Kompilyator tartibida buyruqlar bevosita bajarilmaydi, balki ular «exe» faylga yoziladi. Exe faylni hosil qilish jarayoni ikki bosqichdan iborat bo‘ladi: boshlang‘ich dasturni nazorat qilish va uni obj turga aylantirish; matn muharriri yordamida dasturni exe faylga aylantirish. Exe faylning bajarilishi uchun MBBT ning mavjud bo‘lishi shart emas, Interpretator tartibida ishlaydigan MBBT ga dBase III Plus, FoxBase va Karat kiradi, kompilyator tartibida Clipper, panel tartibida esa Clario ishlaydi.
MBBT foydalanuvchi bilan ma’lumotlar bazasi o‘rtasidagi aloqani ta’minlovchi dastur sifatida ishtirok etadi. Uning funksiyalari menyu va dasturlar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi.
Menyu tartibid MBBTning funksiyalari ekranda tasvirlanadi. Foydalanuvchi kursorni harakatlantirish orqali tegishli funksiyani aniqlashi va bajarishga chaqirishi lozim. Tizim aniqlangan funksiyalarni bajarib bo‘lgandan so‘ng yana menyu holatiga qaytadi.
Dasturiy tartibda tegishli buyruqlar kiritiladi, dasturlar qayta ishlanadi va bajarishga chaqiriladi. Bu holda MBBT interpritator tartibida ishlaydi va foydalanuvchidan dasturlash tillarini bilish talab qilinadi.
MBBT da foydalaniladigan dasturlash tillariga umumiy talablar bilan bir qatorda quyidagilar ham qo‘yiladi:
- tilning to‘liq bo‘lishi;
- vazifalarni bajarish uchun tegishli vositalarning bo‘lishi;
- aniqlangan ma’lumotlarni to‘liq qayta ishlash va boshqalar.
Dasturlash tillari bir qator belgilarga ko‘ra turkumlarga ajratiladi.
  • o‘zgaruvchanlik;


  • jarayonlilik;


  • foydalanilayotgan matematik apparat va boshqalar


MBBT dagi dasturlar tegishli bo‘yruqlarning to‘plamidan tashkil topadi. Echilayotgan masalalarning qiyinligiga qarab, dasturlar oddiy yoki murakkab tuzilishiga ega bo‘ladi. Oddiy tuzilishga ega bo‘lgan dasturlarda buyruqlar ketma-ket joylashadi. Murakkab tuzilishli dasturlarda esa buyruqlar modullar holatida, ya’ni asosiy modul va quyi dasturlar to‘plamidan iborat bo‘ladi. Ma’lumotlar bazasini hosil qilishda modullik tamoyilidan foydalanish qulay va samaralidir.





Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin