Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari


Hisoblash jarayonlarini grafik tasvirlash



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə53/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

Hisoblash jarayonlarini grafik tasvirlash. Eng ko’p uchraydigan turlari bilan tanishamiz.
  • Algoritmning so’zlar orqali ifodalanishi. Bu usulda ijrochi uchun beriladigan har bir ko’rsatma jumlalar, so’zlar orqali buyruq shaklida beriladi.


  • Algoritmning formulalar bilan berilish usulidan matematika, fizika, kimyo kabi aniq fanlardagi formulalarni o’rganishda foydalaniladi. Bu usulni ba’zan analitik ifodalash deyiladi.


  • Algoritmlarning grafik shaklida tasvirlanishida algoritmlar maxsus geometrik figuralar yordamida tasvirlanadi va bu grafik ko’rinishi blok-sxema deyiladi.


  • Algoritmning jadval ko’rinishda berilishi. Algoritmning bu tarzda tasvirlanishdan ham ko’p foydalanamiz. Masalan, maktabda qo’llanib kelinayotgan to’rt xonali matematik jadvallar yoki turli xil lotereyalar jadvallari.


Funktsiyalarning grafiklarini chizishda ham algoritmlarning qiymatlari jadvali ko’rinishlaridan foydalanamiz. Bu kabi jadvallardan foydalanish algoritmlari sodda bo’lgan tufayli ularni o’zlashtirib olish oson. Algoritmning 5 ta asosiy xossasi bor:


  • Diskretlilik (Cheklilik). Bu xossaning mazmuni algoritmlarni doimo chekli qadamlardan iborat qilib bo’laklash imkoniyati mavjudligida. Ya’ni uni chekli sondagi oddiy ko’rsatmalar ketma-ketligi shaklida ifodalash mumkin. Agar kuzatilayotgan jarayonni chekli qadamlardan iborat qilib qo’llay olmasak, uni algoritm deb bo’lmaydi.


  • Tushunarlilik. Biz kundalik hayotimizda berilgan algoritmlar bilan ishlayotgan elektron soatlar, mashinalar, dastgohlar, kompyuterlar, turli avtomatik va mexanik qurilmalarni kuzatamiz.


Ijrochiga tavsiya etilayotgan ko’rsatmalar, uning uchun tushinarli mazmunda bo’lishi shart, aks holda ijrochi oddiygina amalni ham bajara olmaydi. Undan tashqari, ijrochi har qanday amalni bajara olmasligi ham mumkin.


Har bir ijrochining bajarishi mumkin bo’lgan ko’rsatmalar yoki buyruqlar majmuasi mavjud, u ijrochining ko’rsatmalar tizimi (sistemasi) deyiladi. Demak, ijrochi uchun berilayotgan har bir ko’rsatma ijrochining ko’rsatmalar tizimiga mansub bo’lishi lozim.
Ko’rsatmalarni ijrochining ko’rsatmalar tizimiga tegishli bo’ladigan qilib ifodalay bilishimiz muhim ahamiyatga ega. Masalan, quyi sinfning a’lochi o’quvchisi "son kvadratga oshirilsin" degan ko’rsatmani tushinmasligi natijasida bajara olmaydi, lekin "son o’zini o’ziga ko’paytirilsin" shaklidagi ko’rsatmani bemalol bajaradi, chunki u ko’rsatma mazmunidan ko’payirish amalini bajarish kerakligini anglaydi.
  • Aniqlik. Ijrochiga berilayotgan ko’rsatmalar aniq mazmunda bo’lishi zarur. Chunki ko’rsatmadagi noaniqliklar mo’ljaldagi maqsadga erishishga olib kelmaydi. Odam uchun tushinarli bo’lgan "3-4 marta silkitilsin", "5-10 daqiqa qizdirilsin", "1-2 qoshiq solinsin", "tenglamalardan biri yechilsin" kabi noaniq ko’rsatmalar robot yoki kompyuterni qiyin ahvolga solib qo’yadi.


Bundan tashqari, ko’rsatmalarning qaysi ketma-ketlikda bajarilishi ham muhim ahamiyatga ega. Demak, ko’rsatmalar aniq berilishi va faqat algoritmda ko’rsatilgan tartibda bajarilishi shart ekan.


  • Ommaviylik. Har bir algoritm mazmuniga ko’ra bir turdagi masalalarning barchasi uchun ham o’rinli bo’lishi kerak. Ya’ni masaladagi boshlang’ich ma’lumotlar qanday bo’lishidan qat’iy nazar algorim shu xildagi har qanday masalani echishga yaroqli bo’lishi kerak. Masalan, ikki oddiy kasrning umumiy mahrajini topish algoritmi, kasrlarni turlicha o’zgartirib bersangiz ham ularning umumiy mahrajlarini aniqlab beraveradi. YOki uchburchanning yuzini topish algoritmi, uchburchakning qanday bo’lishidan qat’iy nazar, uning yuzini hisoblab beraveradi.


  • Natijaviylik. Har bir algoritm chekli sondagi qadamlardan so’ng albatta natija berishi shart. Bajariladigan amallar ko’p bo’lsa ham baribir natijaga olib kelishi kerak. Chekli qadamdan so’ng qo’yilgan masala echimga ega emasligini aniqlash ham natija hisoblanadi. Agar ko’rilayotgan jarayon cheksiz davom etib natija bermasa, uni algoritm deb atay olmaymiz.





Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin