Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari


-mavzu. Iqtisodiyotda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari



Yüklə 0,64 Mb.
səhifə64/119
tarix21.10.2023
ölçüsü0,64 Mb.
#158773
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119
Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org

15-mavzu. Iqtisodiyotda avtomatlashtirilgan axborot tizimlari
Reja:
1. Axborot tizimi haqida tushuncha.
2. Tashkilotda axborot tizimlarining o‘rni va vazifalari
3. Axborot tizimlarining tarkibiy qismlari
4. Axborot tizimlarida axborot ta’minoti. Axborot tizimlarining tasnifi


Tayanch so’z va iboralar: Axborot tizimi, ob’ektlar, matematik o’zgaruvchan tenglamalar, parametrlar, axborot texnologiyasi, iqtisodiy ob’ekt, sun’iy tizimlar, tabiiy tizimlar, aralash tizimlar, ergonomik tizimlar, biotexnik tizimlar, tashkiliy tizimlar.


1. Avtomatlashtirilgan axborot tizimlari haqida asosiy tushunchalar
Axborot tizimini ishlab chiqishdan maqsad – tashkiliy loyihalashtirish, texnologik va hokazo jihatlarini hisobga olgan holda tizim faoliyatining samaradorligini oshirishdir.
Organilayotgan fan sohasini aks ettiruvchi ham umumiy, ham ayrim xususiyatlarga ega bo’lgan tizimning ko’plab tushuncha va ta’riflari mavjud.
Umumiy holatda tizim, deganda ular orasidagi va ularning xususiyatlari o’rtasidagi aloqalar majmuiga ega bo’lgan, ya’ni bir-biriga chambarchas bog’langan qismlardan iborat butun bir ob’ektlar majmuasi tushuniladi. Bunday ta’rifdagi tizimga quyidagilarni misol qilib keltirish mumkin: detallar va tutashtiruvchi qurilmalardan yig’ilgan mashina; xujayralarning butun majmuini tashkil etuvchi tirik organizm; turli resurslar, bir-biri bilan bog’langan ko’plab ishlab chiqarish jarayonlari va kishilar jamoalari yaxlitligida yuzaga kelgan korxonalar va hokazo. Bunday hollarda ob’ektlar(qismlar) yagona tizim sifatida ishlaydi, ya’ni har bir ob’ekt, kenja tizimlar, umumiy tizim oldidagi yagona maqsad uchun harakat qiladi.
«Tizim»ni aniqlashga quyidagi atamalar kiradi: «ob’ektlar», «alo-qalar», «xususiyatlar».
Ob’ektlar – tizimning bir bo’lagi yoki komponentlari bo’lib, jismoniy, matematik o’zgaruvchan tenglamalar, qoida va qonunlar, texnologik jarayonlar, axborot jarayonlari, ishlab chiqarish bo’linmalari kabi ko’plab cheklanmagan qismlarga ega.

Yüklə 0,64 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   119




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin