Iqtisodiyotda axborot komplekslari va texnologiyalari” 1-mavzu. -hozir.org
1C kompaniyasining dasturiy mahsulotlari."1C" kompaniyasi sug'urta kompaniyalari uchun quyidagi echimlar taklif qiladi:
Zamonaviy bozorda axborot texnologiyalari sug'urtasi sug'urta kompaniyalari borgan sari talabchan mijozlar bilan muvaffaqiyatli muloqot qilish imkonini beradigan asosiy omil hisoblanadi. Iste'molchilar, texnologik yangilik yaxshi tushunish , faol xizmat va sug'urtachilar tegishli texnologik darajasini kutayotgan, kundalik hayotda ularni foydalanish uchun kerak.
Sug‘urta kompaniyasi axborot tizimi virtual ofis va kompaniya veb sayti orqali ishlovchi virtual sug‘urta agentlarini o‘z ichiga olgan hamda tashqi axborot tizimlari bilan integratsiya qilish imkoniyati mavjud avtomatlashtirilgan axborot tizimi shaklida qo’llaniladi (20.3-rasm). Ushbu axborot tizimida kompaniya bo‘limlari tomonidan foydalaniluvchi barcha dasturiy ta’minotlar yagona platformaga joylashtirildi va kompaniya veb sayti hamda mobil ilovasi bilan o‘zaro axborot almashishni yo‘lga qo‘yish uchun optimallashtirilgan ma’lumotlar bazasi asosida virtual ofis xizmati ishga tushiriladi.
Sug‘urta kompaniyasida axborotlarni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish sug‘urta qildiruvchilar va sug‘urta qiluvchilar harakatlarini hujjat ko‘rinishda rasmiylashtirish uchun qo‘llaniladigan hujjatlar shakllarining sezilarli miqdori bilan o‘zaro bog‘liq bo‘lmoqda. Bu hujjatlar qo‘lda yoki texnik vositalardan foydalangan holda to‘ldiriladigan hujjat shakllari an’anaviy ko‘rinishga ega bo‘lib, birlamchi hujjatlarning axborotlari mashina tashuvchisida yig‘ilishi va ro‘yxatdan o‘tkazilishi talab etilmoqda.
Ma’lumotlarni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish bosqichi birlamchi hujjatlarning sug‘urta kompaniyasi bo‘linmalari va xizmatlaridagi hujjatlarda ro‘yxatdan o‘tkazilishi hamda mashina tashuvchilarida birlamchi ma’lumotlarni tayyorlashni ta’minlaydi.
Axborotlarni yig‘ish va ro‘yxatdan o‘tkazish ko‘p mehnat talab qiluvchi bosqich bo‘lib, MBning sifat darajasiga ta’sir etadi va sug‘urta kompaniyasi axborot tizimining o‘tkazish qobiliyati ana shu bosqichning mahsuldorligiga bog‘liq bo‘ladi. Bunda asosiy muammo mashina tashuvchilariga har qanday ATning asosi bo‘lgan katta miqdordagi meyoriy- ma’lumotli axborotlar, shuningdek birlamchi hujjatlardagi ma’lumotlarning o‘tkazilishi hisoblanadi. Bu katta mehnat xarajatlarini va axborotlarning past sifatini ta’minlaydi hamda foydalanuvchilarning qaytadan o‘qitilishini talab etadi.
Hozirgi vaqtda axborot jommunikatsiya texnologiyalari (AKT)ning rivojlanishi va iqtisodiyot tarmoqlariga jadallik bilan kirib borishi sug‘urta kompaniyalari sug‘urta polislarini tuzishda an’anaviy usul, ya’ni sug‘urta agentlaridan foydalanish bilan birga elektron shakldagi AKT vositalaridan foydalanish imkoniyatini bermoqda. Sug‘urta faoliyatini yanada rivojlantirish uchun, avvalo, innovatsion texnologiyalarga asoslangan elektron sug‘urta polislarini sug‘urta tizimiga joriy etish yo’lga qo’yilgan. Chunki elektron sug‘urta polisini joriy etish orqali sug‘urtalash jarayyoni kompleks avtomatlashtiriladi, sug‘urtalanuvchining sug‘urtalash jarayyonlariga sarflanuvchi vaqti tejaladi.
Elektron sug‘urta polisini shakllantirish jarayonlari 4-rasmda tasvirlangan. Undan ko‘rinib turibdiki, barcha ishlar avtomatlashtirilgan tarzda amalga oshiriladi va mijoz polisni olish uchun kompaniyaga borishi yoki sug‘urta agentini chaqirishi shart emas. Mijoz sug‘urta kompaniyasi veb saytidagi shaxsiy xona orqali sug‘urta mahsulotini tanlaydi va elektron sug‘urta polisi uchun buyurtma beradi. Shundan so‘ng sug‘urta kompaniyasi axborot tizimi tomonidan barcha ma’lumotlar to‘g‘ri ekanligi tekshiriladi va mijozdan elektron to‘lov tizimlari orqali sug‘urta mukofotini qabul qilib olgach, sug‘urta mukofoti to‘langanligi hamda yangi elektron sug‘urta polisi tuzilganligi haqida tegishli bo‘limlarga va mijozga SMS yoi e-pochta orqali xabar yuboriladi.
Milliy sug‘urta bozoriga elektron polislarning joriy etilishidagi afzalliklar quyidagilarda namoyon bo‘ladi:
sug‘urta shartnomalarini tuzishda hujjat aylanishining soddalashishi va sug‘urta mahsulotlarini sotish xarajatlarining qisqarishiga olib keladi, chunki elektron polislar sug‘urta kompaniyasi tomonidan bir marta beriladi va polisning muddati uzaytirilganda faqat ma’lumotlar bazasidagi ma’lumotlar o‘zgaradi, elektron polisni ishlab chiqish xarajati qayta talab etilmaydi;
sug‘urta vositachi va sotuvchilari ustidan nazoratni yo‘lga qo‘yish osonlashadi, ya’ni elektron ko‘rinishda shartnomaning tuzilganlik faktini nazorat qilish osonroq bo‘ladi va sug‘urta polislariga sarflanuvchi xarajatlarini tejab qolish imkonini beradi;
sug‘urta shartnomasining tuzilganligi to‘g‘risida tezkor axborotlar olish mumkin. Bugungi kunda ba’zan tuzilgan sug‘urta shartnomasi to‘g‘risidagi axborotlar sug‘urta kompaniyasigacha etib kelishi yarim yil va hatto undan ko‘p vaqt o‘tgach amalga oshishi mumkin. Elektron polislarning joriy etilishi sug‘urta kompaniyasiga tuzilgan har bir polis haqida tezkor ma’lumotlar olish, muddati o‘tgan polislarni nazorat qilish imkonini beradi;
Sug’urta kompaniyasining bevosita mijozlarga xizmat ko’rsatish tizimi