2. O‘zbekistonda mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish maqsadi, yo‘llari va usullari
Bozor munosabatlariga o‘tishning asosiy sharti ko‘p ukladli iqtisodiyotni va raqobat muhitini shakllantirish uchun shart-sharoitini vujudga keltirishdan iborat. Bunda asosiysi mulkchilik masalasini hal qilishdir. SHu sababli respublikamiz Prezidenti I.A. Karimov mulkchilik masalasini hal qilishni «...bozorni vujudga keltirishga qaratilgan butun tadbirlar tizimining tamal toshi bo‘lib xizmat qiladi» deb alohida ta’kidlab ko‘rsatadi.
Davlat mulkini xususiylashtirishning usullari
Davlat mulkini xususiylashtirish usullari
Mulkni sotish orqali xususiylashtirish
Mulkni bepul bo‘lib berish orqali xususiylashtirish
Mehnat jamoalariga sotish
Mehnat jamoalariga bepul topshirish
Barcha jamiyat aʼzolariga sotish
Barcha jamiyat aʼzolariga bepul bo‘lib berish
Kim ochdi savdosida fuqarolarga yoki yuridik shaxslarga sotish
Aholining ayrim ijtimoiy qatlamlariga bepul berish
Korxonalarni keyinchalik mehnat jamoalari tomonidan sotib olinishi sharti bilan ijaraga berish
Har bir jamiyat aʼzosining davlat mulkini hosil qilishdagi ishtiroki, yaʼni qo‘shgan hissasiga qarab bo‘lib berish
Chet el firmalari va fuqarolariga tashqi qarzni uzish evaziga berish yoki sotish
Foyda keltirmayotgan korxonani mehnat jamoasiga bo‘lib berish
Mulkni bepul bo‘lib berish hamda sotish usullarini uyg‘unlashtirish orqali xususiylashtirish
Dostları ilə paylaş: |