Iqtisodiyotda information komunikatsion texnalogiyalar


Pulning miqdoriy nazariyasi



Yüklə 134,01 Kb.
səhifə4/5
tarix05.12.2023
ölçüsü134,01 Kb.
#172512
1   2   3   4   5
Tovar pul munosabatlari.

Pulning miqdoriy nazariyasi – bu muomaladagi pul miqdori, tovar narxlari darajasi hamda pullarning qiymati o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlikni izohlashga asoslangan iqtisodiy ta’limotdir. Uning mohiyati muomaladagi pul miqdori narxlar va pul qiymati darajasining mutanosib ravishda o‘zgarishining dastlabki sababidir, degan qoidadan iborat.
Pulning mohiyatini to‘laroq tushunish uchun uning quyidagi asosiy vazifalarini ko‘rib chiqamiz:
1) qiymat o‘lchovi;
2) muomala vositasi;
3) boylik to‘plash vositasi;
4) to‘lov vositasi.
Pulning qiymat o‘lchovi vazifasini ideal pul bajaradi. Tovar egasi yoki sotib oluvchi fikran ideal ravishda shu tovarning almashuv qiymatini pul bilan ifodalaydi. Tovarning narxi talab va taklif miqdori teng bo‘lgan taqdirdagina uning qiymatiga muvofiq keladi. Aks holda, narx qiymatdan farq qiladi. Tovar almashuv qiymatining pul bilan ifodalanishi uning narxini anglatadi. Tovarning almashuv qiymatini o‘lchash uchun muayyan miqdordagi pul materialini birlik qilib olish zarur. Bunday birlik narxlar o‘lchovi (masshtabi) deb ataladi. Bir tomondan narxlar o‘lchovi har qanday o‘lchov birligi kabi shartlidir. Ikkinchi tomondan esa, u muayyan mamlakatda hamma tomonidan e’tirof etilgan bo‘lishi kerak. SHuning uchun davlat pul birligi huquqini qonun bilan mustahkamlaydi, bu birlik shu tariqa rasmiy tan olinadi.
Tovar muomalasi jarayonida naqd pul bo‘lishi kerak, chunki tovarlarni oldi-sotdi paytida ularning ramziy narxlari real pulga aylanmog‘i lozim. Bu jarayonda pul muomala vositasi vazifasini bajaradi.
Pul muomaladan chiqarilganda boylik to‘plash vazifasini bajara boshlaydi. Natural xo‘jalik sharoitida boylik to‘plash, jamg‘arish mahsulot jamg‘arish shaklida amalga oshirilgan. Tovar xo‘jaligining rivojlanishi boylik to‘plashning pul jamg‘arish shaklini keltirib chiqaradi.
Tovarlar nasiyaga to‘lov muddati kechiktirib sotilganda, pul to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Xaridorlar tovarning pulini to‘lov muddati kelgandan keyingina to‘laydi. Pulning bu vazifasi tovar muomalasi doirasi bilan cheklanmay, pul qarz berilganda, renta va soliqlarni to‘lashda ham to‘lov vositasi vazifasini bajaradi. Qog‘oz pullar, veksel va banknotlar – pulning to‘lov vositasi sifatidagi vazifasidan kelib chiqqan.
Xulosa
Har qanday mamlakatdagi tovar-pul munosabatlarining to‘laqonli amal qilishi, eng avvalo, muayyan mamlakat milliy valyutasining mavjud bo‘lishi hamda barqaror amal qilishini taqozo etadi.
Mamlakatimizda milliy valyutaning ahamiyatiga katta e’tibor qaratilmoqda. Bu borada Prezidentimiz I.Karimovning: «Milliy valyuta – milliy iftixor, davlat mustaqilligining ramzi, suveren davlatga xos belgidir. Bu respublikaga tegishli umumiy boylik va mulkdir», degan so‘zlarini eslash o‘rinlidir. SHunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan so‘ng o‘z milliy valyutamizni muomalaga kiritish muhim va murakkab vazifalardan biri sifatida namoyon bo‘ldi. Bu borada hukumatimiz tomonidan har tomonlama asoslangan, izchil iqtisodiy siyosat amalga oshirildi. Unga binoan, respublikamiz o‘z mustaqilligini e’lon qilgan bo‘lsada, dastlabki yillarda sobiq Ittifoq pul birligi – rubl hududida amal qilish ob’ektiv zarurat sifatida tan olindi. Zero, ittifoqdosh respublikalarning siyosiy jihatdan mustaqillikka erishishlariga qaramay, ular iqtisodiyotining birdaniga, zudlik bilan rubl hududidan ajralib chiqishlari uchun iqtisodiy shart-sharoitlar mavjud emas edi. Bunday holat yagona pul makoni doirasida yuqori darajada muvofiqlashtirilgan iqtisodiy, birinchi navbatda, pul-kredit siyosatining amalga oshirilishini taqozo etar edi. SHunga ko‘ra, dastlabki pallada Rossiya Federatsiyasi Markaziy banki pul emissiyasi bo‘yicha monopolistik huquqni amalga oshirib, rubl amal qilgan barcha mamlakatlarning hududida pul barqarorligini ushlab turish bo‘yicha chora-tadbirlarni ko‘rish mas’uliyatini zimmasiga oldi. Biroq, bozor munosabatlarining shakllanishi bilan bog‘liq holda narxlarni erkinlashtirish jarayonlari respublikalararo savdo jarayonlarida nomutanosibliklarni keltirib chiqara boshladi. Respublikalar savdo balanslari taqchilligini eksport narxlarini o‘zgartirish, kredit emissiyasi hisobiga moliyalashtirishga majbur edilar. Bundan tashqari, davlat korxonalarini keng miqyosli subsidiyalash bo‘yicha tadbirlar ahamiyatli darajada Rossiya Davlat bankining imtiyozli kreditlari hisobiga moliyalashtirilar edi. Ko‘rsatib o‘tilgan omillar natijasida rubl hududidagi pul-kredit nazoratining bo‘shashib ketishi inflyasiya jarayonlarining kuchayishiga olib keldi.
O‘zbekistonning o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritishi zarurligi 1993 yilda dastlab Rossiyaning, keyinchalik MDH boshqa qator mamlakatlarining o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritishi bilan yanada kuchaydi. CHunki, O‘zbekistonga boshqa respubliklar hududida amal qilish huquqini yo‘qotgan eski rubl pul birliklari oqib kela boshladi. Qolaversa, rubl hududida O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mustaqil ravishda mamlakatdagi pul-kredit sohasining rivojlanishini to‘liq nazorat qila olmas edi. O‘zbekiston rubl hududidagi bunday ahvol natijasida juda mushkul va zararli holatga tushib qolgan edi. CHunki boshqa davlatlar to‘lov va hisob-kitoblarida foydalanilishi to‘xtatilgan 1961-1992 yillar namunasidagi qadrsizlangan rubllar evaziga O‘zbekistondan turli mahsulotlar olib chiqib ketila boshladi. O‘zbekistonga boshqa davlatlarda o‘z kuchini yo‘qotgan sovet pullari oqib kelishining oldini olish hamda respublika iste’mol bozorini himoya qilish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1993 yil 5 mayda «Pul muomalasini tartibga solish hamda respublika iste’mol bozorini himoyalashni kuchaytirish to‘g‘risida»gi qarorni qabul qildi. Ushbu qarorga binoan aholi tomonidan tovarlarni xarid qilish va depozit operatsiyalarini amalga oshirishda pasport hamda kupon tizimi tatbiq etildi. Xususan, qarorda: 1993 yilning 10 mayidan boshlab omonatlarga pullarning qo‘yilishi faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari tomonidan pasport asosida amalga oshirilishi; 25 ming rublgacha bo‘lgan qiymatdagi tovarlarni – cheklar, chek daftarchalari yoki omonatchilarning topshirig‘i bo‘yicha ularning bank muassasalaridagi shaxsiy hisob raqamlaridan naqd pulsiz o‘tkazish orqali sotilishi; cheklar va chek daftarchalarini faqat O‘zbekiston Respublikasi fuqarolariga berish va boshqa chora-tadbirlar belgilab berildi.
O‘zbekistonning o‘z milliy valyutasini muomalaga kiritish ikki bosqichda amalga oshirildi: birinchi bosqich 1993 yilning noyabr oyidan 1994 yilning iyunigacha bo‘lgan davrni, ikkinchi bosqich esa 1994 yilning iyun-iyul oylarini o‘z ichiga oldi.
Pul islohotini o‘tkazishda mamlakatimiz hukumati tomonidan aholini ijtimoiy himoya qilish, uning daromadlarining yo‘qotilishiga yo‘l qo‘ymaslik tamoyiliga katta e’tibor qaratildi. SHunga ko‘ra, muomaladagi eski pul birliklarining amal qilishini to‘xtatish ham sekin-asta, bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Jumladan:
- 1993 yilning 15 noyabridan boshlab 1992 yil namunasidagi 5000 va 10000 rubl qiymatdagi pul belgilarining amal qilishi to‘xtatildi;
- 1993 yilning 1 dekabridan boshlab SSSR Davlat bankining 1961-1992 yillardagi 200, 500 va 1000 rubl qiymatidagi pullarining barcha ko‘rinishdagi to‘lovlar sifatida qabul qilinishi to‘xtatildi;
- 1993 yilning 15 dekabridan boshlab 50 i 100 rubl qiymatdagi pul belgilarining amal qilishi to‘xtatildi;
- 1994 yilning 1 yanvaridan boshlab 1, 3, 5, 10 va 25 rubl qiymatdagi pul belgilari muomaladan chiqarildi;
- 1994 yilning 15 aprelidan boshlab O‘zbekistonning barcha hududida Rossiya Banki banknotlarining muomalada bo‘lishi to‘xtatildi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 30 noyabrdagi «O‘zbekiston Respublikasi hududida «so‘m-kupon»ning muomalada bo‘lish tartibini yanada takomillashtirish bo‘yicha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida 1993 yilning 6 dekabridan boshlab 1, 3, 5, 10, 25, 50, 100, 200, 500, 1000, 5000, 10000 so‘m qiymatidagi «so‘m-kuponlar» mamlakatimiz hududida qonuniy to‘lov vositasi sifatida tan olindi.
O‘zbekistonda milliy valyutani joriy etishda dastlab «so‘m-kupon»ning muomalaga kiritilishi quyidagilarga imkon yaratdi: birinchidan, milliy pul islohotining iqtisodiy, texnik va ijtimoiy tomonlarini optimallashtirish uchun respublika ichki iqtisodiyotidagi barcha real omillarni to‘la aniqlash va hisobga olish; ikkinchidan, mustaqil moliya-kredit va narx siyosatini yuritish bo‘yicha muayyan tajriba orttirish; uchinchidan, milliy pul birligini joriy etish strategiyasi va mexanizmini o‘rganish, inflyasiya jarayoniga qarshi kurash tadbirlari ishlab chiqish va sinovdan o‘tkazish, o‘zaro hisob-kitoblar mexanizmini yo‘lga qo‘yish va hokazo.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 122-moddasi hamda «O‘zbekiston Respublikasining Davlat mustaqilligi asoslari to‘g‘risida»gi Qonunning 111-moddasiga, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 1993 yil 3 sentyabrdagi 952-XII sonli qaroriga muvofiq, 1994 yilning 1 iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida milliy valyuta – «so‘m» muomalaga kiritildi. Milliy valyutaning joriy etilishi munosabati bilan O‘zbekiston Markaziy bankining kassa ishini tashkil etish to‘g‘risida, miliy valyutani muomalaga chiqarish va hisobga olish tartibi to‘g‘risidagi ko‘rsatmasi, shuningdek, qimmatliklarni qayta baholash hamda yuridik shaxslarning buxgalteriya hisobi va hisobotiga o‘zgartirishlar kiritish tartibi ishlab chiqildi. Bank muassasalari tomonidan 1994 yilning 1 iyuli holati bo‘yicha yuridik shaxslarning hisob va joriy raqamlaridagi barcha pul mablag‘larini va boshqa qimmatliklarni inventarizatsiya qilish va buxgalteriya hisobi ma’lumotlari asosida 1000 so‘m-kuponni 1 so‘m nisbatida qayta hisoblash ishlari amalga oshirildi.
Tovar-pul munosabatlarining samarali amal qilishi ko‘p jihatdan milliy valyutaning barqarorligiga ham bog‘liq. Bu borada Prezidentimiz I.A.Karimov: «Bugungi eng muhim vazifa – valyutamizni baquvvat, dunyoda obro‘li valyutaga aylantirishdir. U yuksak qiymatga va katta kuchga ega bo‘lishi lozim. So‘mning barqarorligini ta’minlash va qadrini oshirish – umummilliy vazifa», deya ta’kidlab, bunga erishish uchun aniq vazifalarni hal etishga qaratilgan to‘rtta alohida dasturlar to‘plamini ko‘rsatib berdi

Yüklə 134,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin