Ma’lumotlar bazasini boshqarish tizimlari. Ma’lumotlar bazasi deb, jadval ko’rinishida tashkil etilgan katta xajmdagi ma’lumotlar bazalariga aytiladi. Ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlarining asosiy funksiyalari quyidagilardir:
-ma’lumotlar bazasining bo’sh (to’ldirilmagan) tuzilishi (struktura)ni yaratish;
-ma’lumotlar bazasini to’ldirish yoki boshqa MBining jadvalidan jo’natish (import) vositalari bilan ta’minlash;
-ma’lumotlarga murojaat imkoniyati, va shu bilan birga qidiruv va filtrasiya vositalari bilan ta’minlash.
MB ining ko’p tizimlari, qo’shimcha ravishda ma’lumotlarga ishlov berish va ularni oddiy taxlil qilish imkoniga ega. Natijada, MB ining mavjud jadvallari asosida yangilarini yaratish mumkin. Tarmoq texnologiyalarining jad’al suratda rivojlanishi, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlariga, umumjahon kompyuter tarmoqlari serverlarida joylashgan taqsimlangan va masofadagi resurslar bilan ishlash imkoniyati talabi qo’yiladi.
Elektron jadvallar. Elektron jadvallar har xil tipdagi ma’lumotlarni saqlash va ularga ishlov berishning turli kompleks vositalariga ega. Ma’lum darajada elektron jadvallar, ma’lumotlar bazalarini boshqarish tizimlariga o’xshash, ammo ularda asosiy urg’u ma’lumotlarni saqlash va ularga murojaatni ta’minlashga emas, balki ma’lumotlarni ularning mazmuniga mos ravishda o’zgartirishga buriladi.
MB lari asosan ma’lumotlarning har xil tiplari (sonli va matnli ma’lumotlardan tortib to multimediali ma’lumotlargacha) bilan ishlaydi, elektron jadvallar esa ko’proq sonli ma’lumotlar bilan ishlaydi. Ammo shu bilan birga, elektron jadvallar sonli tipdagi ma’lumotlar bilan ishlashning bir qancha usullarini taqdim etadi.
Loyihalashning avtomatlashtirilgan tizimlari (SAD-tizimlar). Bu tizimlar loyiha va konstruktorlik ishlarini avtomatlashtirishga mo’ljallangan. Ular mashinasozlik, asbobsozlik va arxitekturada qo’lla-niladi. Chizma-grafik ishlardan tashqari bu tizimlar oddiy hisoblashlarni (m-n, detallar chidamliligini) bajaradi va keng ko’lamdagi ma’lumotlar bazalaridan tayyor konstruktiv elementlarni tanlaydi.
SAD-tizimlarning yana muhim xususiyati shundan iboratki, u loyiha-lashning hamma bosqichlarida, loyihani texnik shartlar, qoida va meyorlar bilan avtomatik tarzda ta’minlaydi, bu esa arxitektor va konstruktorlarni ijodiy xarakterga ega bo’lmagan ishlardan ozod qiladi. Masalan, mashinasozlik SAD-tizimlari umumiy chizma asosida, avtomatik tarzda alohida detallarning ishchi chizmasini va kerakli texnik xujjatlarni tayyorlaydi.