F
FERMER XO'JALIGI - mustaqil xo'jalik yuritish sub'yekti.
Alohida shaxs, oila yoki bir guruh fuqarolar tomonidan yerdan
foydalanib, qishloq xo'jalik mahsulotlarini yetishtirish, ularni qayta
ishlash va sotishga asoslanadi. F.X. erkin tadbirkorlikning bir ko'rinishi
bo'lib, daromad olish maqsadida tuziladi.
FERMER - qishloq xo'jalik korxonasining egasi. Mustaqil ish
yurituvchi -tadbirkor.
FIRMA - inglizcha (firm , firm’s Ftrade name) so'zlaridan
olingan bo'lib, tijorat maqsadlarini ko'zlovchi korxona, kompaniya va
boshqa xo'jalik tashkiloti degan ma'noni anglatadi.
FOYDA - 1) biror kimsa yoki narsa uchun bo'ladigan naf, manfaat;
2) daromadning xarajatga nisbatan farqidan tashkil topgan summa,
mablag' , daromad; 3) qarzga berilgan puldan foydalanilganligi uchun
qarzdordan qarz beruvchi (kreditor) oladigan qo'shimcha pul, haq.
FOND - davlat, korxona, firmalarning biror-bir maqsad uchun
mo'ljallangan pul vositalari yoki moddiy boyligi, mablag'lari.
FOND BIRJASI - qimmatbaho qog'ozlar bilan savdo-sotiq
qilish maqsadida tuzilgan, doimo faoliyat ko'rsatib turuvchi birja. F.B.
ning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat : vaqtincha bo'sh
mablag'larga qimmatbaho qog'ozlar sotib olib, ularni muomalaga kiritish,
qimmatbaho qog'ozlarning bozor narxini aniqlash; turli tarmoqlar,
korxonalar o'rtasidagi kapitalning aylanishini ta'minlash va boshqalar.
FRANCHAYZA - foydalanish uchun tayyor korxona, firma yoki
mashhur firma mahsulotining savdo markasidan foydalanilgan holda
amalga oshiriluvchi biznes yuritish usuli.
|