XUSUSIYLASHTIRISH - fuqarolarning va davlatga taalluqli
bo'lmagan yuridik shaxslarning davlat mulki ob'yektlarini yoki davlat
aksionerlik jamiyatlarining aksiyalarini davlatdan sotib olishdir.
XUSUSIY MULK - biror shaxs, oila, korxona, firma, tashkilot
mulki- yer, uy-joy, bino, inshootlar va ishlab chiqarish vositalari, pul,
qimmatbaho qog'ozlar. XM ishlab chiqarish yoki o'z qobiliyatini ishga
solishdagi tadbirkorlik, o'z xo'jaligini yuritish, daromadni turli
qimmatbaho qog'ozlarga joylashtirish natijasida, merosga qolgan mulk
va boshqa qonun yo'l qo'yadigan sohalar asosida yuzaga keladi va
ko'payib boradi.
Dostları ilə paylaş: |