ELEKTRON PUL - hisob-kitoblarni elektron hisoblash
mashinalari yordamida amalga oshirish uchun qo'llaniladigan elektron
kartochka, uning xotirasiga pul egasining joriy hisobidagi pul summasi
yozilgan bo'ladi.
EMBARGO - chet el tovarlarini kiritish yoki chiqarish, olib chiqib
ketishni davlat tomonidan ta'qiqlash yoki chet davlatga qarashli mulkni
vaqtincha to'xtatib turish, ta'qiqlash.
EMISSIYA - muomalaga bank biletlari, pul va qimmatbaho
qog'ozlarni chiqarish, davlatning emissiya banklari tomonidan amalga
oshiriladi. E. asosan davlat byudjetidagi kamomadni to'ldirish, izdan
chiqqan pul muomalasini tiklash maqsadida o'tkaziladi.
|